R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov ishlab chiqarish


 ISHLAB CHIQARISH VA ISHLAB CHIQARISH



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/54
Sana20.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#566662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
61b18469cfd4a2.60709070

1.2. ISHLAB CHIQARISH VA ISHLAB CHIQARISH
JARAYONLARINI BOSHQARISH MOHIYATI
«Ishlab chiqarish» tushunchasi iqtisodiyot va boshqaruvning 
asosiy tushunchalari orasida keng tarqalgan. «Ishlab chiqarish» 
atamasining mohiyati tushunarli va qo‘shimcha izohlashga zarurat 
yo‘qligi sababli iqtisodiyot va boshqaruv bo'yicha lug'atlarda va 
hattoki ilmiy va o‘quv adabiyotlarida izohlanmaydi yoki juda sodda 
tarzda izohlanadi. Ma’lumki, «ishlab chiqarish» yetarli darajada 
murakkab, dinamik va bir xil izohlanmaydigan tushunchadir.
Keng ma’noda ishlab chiqarish so‘zining ma’nosi insonlarga 
kerakli bo‘lgan ma’lum bir turdagi mehnat mahsulotini yaratish 
maqsadida olib borilgan faoliyatni anglatadi.
Ishlab chiqarish to‘g‘risidagi tarixiy taassurotlar asosan 
moddiy ishlab chiqarish tarzida namoyon bo‘lgan, ya’ni mehnat 
mahsulotlarini moddiy-ashyoviy shaklda, moddiy buyumlami va 
predmetlami yaratish shaklida shakllangan. Bunday tasavvur yetarli 
darajada yashovchan bo‘lib hozirgacha ham ba’zi bir kishilarda 
saqlanib qolgan. Keyingi yillarda «ishlab chiqarish» tushunchasini 
ishlatish ma’naviy, madaniy xizmat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ilm- 
fan va boshqarish sohalarida ham keng qo‘llanilmoqda. Ilmiy sohada 
«ishlab chiqarish bilimlari», «ilmiy-texnik mahsulotlami ishlab 
chiqarish», «filmlami ishlab chiqarish», va hattoki «sog‘liqni ishlab 
chiqarish» kabi so‘z birikmalari paydo bo‘lmoqda.
Shunday qilib, «ishlab chiqarish» tushunchasi yaratiladigan fao- 
liyatning deyarli barcha turlarida qo‘llaniladigan bo‘ldi.
Ishlab chiqarish jarayonining mohiyati boshlang‘ich resurslami 
qayta ishlashdan iborat boiib-xomashyo, materiallar, energiya, 
chalatayyor mahsulotlar, axborotlar-turli xildagi ishlab chiqarish 
faoliyatining yakunida mehnatdan bir vaqtda foydalanishda namoyon 
bo‘ladi. Ishlab chiqarishning borishida ishlab chiqarish omillari va 
shu asosda ishlab chiqarilgan mahsulot yaratilishining qo'shilishi 
sodir bo'ladi.


Umumiy tarzda ishlab chiqarishning natijasini mahsulot deb 
atash qabul qilingan. Mahsulot deb odatda, moddiy ishlab chiqarish 
jarayonida yaratilgan moddiy-ashyoviy ne’matga aytiladi. Zamonaviy 
iqtisodiyot va boshqaruv nazariyasida «mahsulot» tushunchasi kam 
ishlatilgani holda, ishlab chiqarish natijasida yaratilgan mahsulotlarini 
esa ish, tovarlar, xizmatlar deb ataladi.
Ish ishlab chiqarish faoliyatining sezilarli natijasi bo‘lib, faoliyat- 
ning hajmi va ko'lami, miq’yosi sifatida olingan mahsulot yakuni 
hisoblanadi. Ish ishlab chiqarish elementi va uning natijasi sifatida 
o‘zida mahsulotlar, tovarlar va yanada ko‘proq tarzda xizmatlaming 
belgilarini mujassamlashtiradi. Ishning natijasini o‘lchasa bo‘ladi, 
mehnatga haq to‘lash esa butun ish va operatsiyalar bo‘yicha amalga 
oshiriladi. Tovarlar va xizmatlami ishlab chiqarish ma’lum bir turdagi 
ishlami bajarish bilan organik bog‘liqdir.
Tovar ishlab chiqarish faoliyatining mahsuloti tarzida ishlab 
chiqarilgandan keyingi sotuvchi va xaridorlar orasidagi bozor muno- 
sabatlarining obyekti tarzida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarilgan 
mahsulot tovar bo'lishi uchun o‘zining qo‘llanuvchanlik va foydalilik 
sifatlariga ega bo‘lishi kerak. Bu shuni anglatadiki, tovar uni sotib 
oluvchi xaridor va iste’molchining ma’lum bir ehtiyojini qondirishi 
lozim. Iqtisodiyotda tovarlami har xil belgilari bo‘yicha farqlash qabul 
qilingan. Ular ichida keng tarqalganlari quyidagi tovarlar guruhidir:
• ishlab chiqarishga mo‘ljallangan;
• iste’mol uchun;
• yakuniy va oraliq iste’mol uchun;
• uzoq va qisqa muddatli foydalanishga;
• kundalik talabga;
• mavsumiy;
• ajoyib va ommaviy yoyilgan;
• asosiy va yordamchi;
• xom ashyo va tayyor buyumlar;
• ko‘ruvchi va ko‘chmas;


• moddiy-ashyoviy tovarlar, axborot mahsulotlari, ma’naviy 
boyliklar.
Tovarlar iste’mol qiymatida nafligi bilan, almashuvchan qiymatida 
esa bahosi bilan tavsiflanadi.
Xizmatlar bajarish jarayonida avval yaratilgan mahsulot 
sifatida yoki yangi moddiy-ashyoviy mahsulotni yaratishni talab 
etmaydigan shaxsning ehtiyojini qondiradigan faoliyat ko‘rinishida 
mehnatning maxsus mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Yoki bo'lmasa 
xizm atlar-bu insonlarga sotiladigan tayyor narsa ko‘rinishida emas, 
balki insonlar ehtiyoj sezadigan harakatlami amalga oshirish shaklida 
taqdim etiladigan nafdir. Xizmatlarga ta’lim olish, davolanish, 
maishiy xizmat, transport xizmati, ma’naviy-tarbiyaviy ishlar, bolalar 
va qariyalarga qarash, maslahat faoliyatlari, ma’lumotlami taqdim 
etish, ishbilarmonlik operatsiyalarini o‘tkazishga ko‘maklashish va 
hokazolar taalluqlidir.
Ishlab chiqarish menejmentining ko‘p sonli fimksiyalari quyidagi 
tarzda mujassamlanadi:
• tashkilotning xo‘jalik faoliyatini tahlil etish;
• ishlab chiqarish rivojlanishini bashorat etish;
• ishlab chiqarish dasturlarini va rejalarini, biznes-rejalami ishlab 
chiqish;
• ishlab chiqarishni operativ tartibga solish;
• ishlab chiqarish xodimlarini boshqarish;
• tashkiliy-boshqaruv tadbirlarini o‘tkazish;
• ishlab chiqarishning borishi, mahsulot, tovar, xizmat sifatini 
nazorat etish, xarajat va natijalami hisob-kitob qilish;
• marketing faoliyati.
Ushbu vazifalami bajarish quyidagi chora-tadbirlami va ishlab 
chiqarish menejmentining maqsadli vazifalarini ta’minlaydi:
1) ishlab chiqarishning yutuqqa erishish strategiyasini, mahsulot 
sifatini, samaradorligi va raqobatbardoshligini asoslash, ishlab 
chiqarishning barqaror faoliyat yuritishini qo‘llab-quwatlash 
dasturini ishlab chiqish;


2) ishlab chiqarishni tizimli tashkil etish darajasiga erishish, uning 
texnologik va resurs ta’minotini yaxshilash, malakali kadrlar 
salohiyatini oshirib borish;
3) vatanimiz va xorijdagi ilg‘or tajribalami hisobga olgan holda, 
zamonaviy innovatsiyalar asosida mahsulotlar, texnologik 
jarayonlar, jihozlar, asbob-uskunalar turlarini ishlab chiqish va 
doimiy takomillashtirish;
4) buyurtmalar, shartnomalar, bitimlar tizimini boshqarish, bozor 
savdolarida qatnashish, yangi segmentlami egallash va mustah- 
kamlash, ishlab chiqarishni reklama qilish;
5) xodimlaming ish sharoitlarini va mehnatga haq to‘lashni yax­
shilash, ularning ijtimoiy muammolarini yechishda ishtiroq 
etish, ishlab chiqarishda, tashkilotda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy 
muhitni qo‘llab-quvvatlash.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish