I bob. ISHLAB CHIQARISH MENEJMENTINING
METODOLOGIK ASOSLARI
1.1.
ISHLAB CHIQARISH MENEJMENTI
FAN1NING MOHIYATI, VAZIFALARI VA MAZMUNI
Hozirgi paytda respublikamiz korxonalarining iqtisodiy rivojlanish
yo'llaridan biri-bu zamonaviy menejment nazariyasi va amaliyoti
yutuqlaridan samarali foydalanish, tashkilotda vatanimiz va xorijiy
tajribalardan oqilona foydalanishni ta’minlash, ishlab chiqarishni
rejalashtirish va boshqarishdir.
Bozor ishlab chiqarishdan moslashuvchanlikni, fan-texnika taraq-
qiyoti yutuqlariga hozirjavoblikni, ishlab chiqarish menejmentini
tashkil qilishda ilmiy tadqiqot va ishlovlami rivojlantirishni talab
qiladi. Bozor iqtisodiyotida katta va kichik biznesni to‘g‘ri boshqara
bilish ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lish, demak yashab
qolishni anglatadi. Bunga esa faqat boshqaruv san’ati, ya’ni samarali
boshqarish orqali erishish mumkin.
«Ishlab chiqarish menejmenti fani» bu ishlab chiqarish boshqaruvini
takomillashtirish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlovlar demakdir.
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish tizimlari ishlab chiqarish
menejmentining obyekti hisoblanadi. Ishlab chiqarish menej-
mentida «Ishlab chiqarish» tushunchasi ishlab chiqarishni tashkil
etish bo‘yicha adabiyotlardagi tushunchalardan kengroqdir. Ishlab
chiqarish deganda biror foydali narsani yaratish bo‘yicha maqsadga
yo‘naltirilgan faoliyat tushuniladi.
«Ishlab chiqarish menejmenti» fanining maqsadi - talaba-
menejerlami korxona (firma)da ishlab chiqarishni boshqarish va
tashkil etish bo‘yicha funksional majburiyatlarga tayyorlashdan
iborat.
Fanning mazmun va mohiyatini o‘rganish natijasida talaba quyi-
dagilami bilishi kerak:
- ishlab chiqarish menejmentining mazmuni, mohiyati, funksiyasi
va tamoyillarini;
- sanoat ishlab chiqarishining oqilona tashkil etilishini;
- tashkiliy tuzilish, iqtisodiy ishlab chiqarish tizimlarining
ierarxiya va funksiyalarini;
- ishlab chiqarish jarayoni tuzilmasini va undagi texnik jarayon-
laming 6‘mi va rolini;
- ishlab chiqarish (texnologik) jarayonining iqtisodiy samara-
dorligini baholashning asosiy usullarini;
- ishlab chiqarishni tayyorlashning umumiy tartiblarini;
- turli xildagi ishlab chiqarishda operativ taqvimli rejalashtirish
usullarini;
- ishlab chiqarishni tezkor boshqarish tizimini;
- ishlab chiqarish zaxiralarini boshqarish usullarini.
Quyidagilami uddalay olishi kerak:
- ishlab chiqarish davrining davomiyligini hisoblay olishni;
- korxona, firma va uning bo‘linmalarining ishlab chiqarish das-
turlarini aniqlashni;
- texnologik jarayonning iqtisodiy samaradarligini baholashni
amalga oshirishni;
- ishlab chiqarishning taqvimli va smeta rejalarini ishlab chiqishni;
- ishlab chiqarish zaxiralarining optimal darajasini aniqlashni;
- korxonaning sernatija portfelini shakllantirishni;
- strategik xo‘jalik zonalarining faoliyatini baholashni.
Ushbu tasawurga ega bo‘lishi kerak:
- ishlab chiqarishni strategik rejalashtirish to‘g‘risida;
- ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning xorijiy tajribasi
to‘g‘risida;
- noaniqlik sharoitida zaxiralami boshqarish to‘g‘risida;
- texnologiyaning asosiy sohalarining mohiyati to‘g‘risida.
«Ishlab chiqarish menejmenti» fani «Menejment nazariyasi»,
«Iqtisodiy nazariya», «Marketing», «Personalni boshqarish», «Bozor
nazariyasi», «Mikro-makroiqtisodiyot», «Statistika», «Ekonometrika»
va boshqa tarmoq fanlari bilan aloqadordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |