R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov ishlab chiqarish



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/54
Sana20.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#566662
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Bog'liq
61b18469cfd4a2.60709070

NAZORAT SAVOLLARI
1. Ishlab chiqarish obyekti bo'lib nimalar hisoblanadi?
2. «Ishlab chiqarish menejmenti» fanining maqsadi nimadan iborat?
3. «Ishlab chiqarish» tushunchasining mohiyatini tushuntirib bering.
4. Ishlab chiqarish menejmentining ko'p sonli funksiyalarini sanab 
o'ting.
5. Ishlab chiqarishni boshqarishga tizimli yondashuvning mohiyatini 
tushuntirib bering.
6. «Operatsiya» va «ishlab chiqarish» atamalarining mohiyatini tu­
shuntirib bering.
7. Operatsiyalar samaradorligi qanday aniqlanadi?
8. Mehnat resurslari funksiyasi deganda nimani tushunasiz?
9. An’analarga ko'ra g'arb biznesida menejment nechta sohada 
to'plangan?
10. Ishlab chiqarish menejmentida necha xil faoliyat turi bo'lishi mumkin?


II bob. ISHLAB CHIQARISH TIZIMINI
BOSHQARISH
2.1. ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISHGA TIZIMLI
YONDASHISH
Tizimli yondashuv- har xil turdagi komplekslami ko‘rib chiqishga, 
ularning mohiyatini (struktura, tashkil etish va boshqa xususiyatlari) 
hamda shunday komplekslaming rivojlanishiga, ulaming boshqarish 
tizimiga ta’sir etuvchi optimal yo‘llarini va usullarini chuqurroq 
fikrlashga imkon beradigan uslubiyatdir.
Tizimli yondashuv matematik usullardan foydalanishning zaruriy 
sharti hisoblanadi, ammo uning ahamiyati ushbu doiradan tashqariga 
ham chiqib ketadi. Tizimli yondashuv keng qamrovli yondashuvdir. 
U obyektning barcha tomonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning 
tuzilmasini aniqlovchi hamda shunga muvofiq uning tashkil etilishini 
hisobga oladigan yondashuv hisoblanadi.
Ishlab chiqarish obyektlari o'zaro aloqada va o‘zaro bog‘liq 
bo‘lgan tizimosti: korxona, sex, ishlab chiqarish uchastkasi, uchastka 
«odam-mashina» tarzida tarkib topgan murakkab ierarxik tizim 
majmualaridan iboratdir.
Ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish bo‘yicha ishlar 
tizimlami loyihalashdan va ularning amal qilishini ta’minlashdan 
iborat bo‘lib, ular o‘zida quyidagilami aks ettiradi:
- tizim doirasida amalga oshiriladigan tizim elementlari (tizi- 
mosti)ning va kanallarining o‘zaro aloqalari tasnifini o‘rnatish;
- kelishilgan tizim elementlari rivojlanishi va amalga oshi- 
rilishi uchun mo‘ljallangan maqsadlarga muvofiq sharoit 
yaratish;
- ushbu kelishuvni ta’minlovchi mexanizmni yaratish;
- boshqarish organlarining tashkiliy tuzilishini, tizimni boshqarish 
usullari va uslublari.


Ishlab chiqarishni boshqarishda tizimli yondashuv AQShda keng 
tarqalgan, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida foydalaniladi. 
U firmani murakkab har xil tizim osti (ishlab chiqarish bo‘limlari, 
korxonalar)dan tashkil topgan va har bir tizim ostining oldida turgan 
maqsad va vazifalariga bog‘liq bo'lgan funksiyalar sifatida qaraydi. 
Bu firmaning tashkiliy strukturasini yoki ishlab chiqarish strukturasini 
tashkil etuvchi tizimostilarining tasnifini anglatadi.
«Tizim» tushunchasi uning tarkibiga kiruvchi barcha tizim osti 
clementlarining o'zaro bir-biri bilan mustahkam bog'liqligi va tashqi 
muhit bilan ko‘p tomonlama munosabati sifatida namoyon bo'ladi.
Tizimning mohiyatini ifodalash uchun har xil vositalardan: 
grafik, matrisali, matematik, «yechimlar daraxti» va hokazalardan 
foydalaniladi. Ushbu vositalar elementlarining o‘zaro aloqadorligi 
sababli yakka holda tizimning butun mohiyatini to‘la ochib bera 
olmaydi.
Tizimli yondashuv asosida kompyuter texnikasidan foydalanish 
ishlab chiqarishni boshqarish tuzilmasi va usullarini takomillash- 
tirishga olib keladi.
Boshqarishga tizimli yondashuv uni boshqarish qarorlarini qabul 
qilish jarayoni shaklida ko‘rishga olib keladi.
Boshqarish qarorlarini qabul qilish. Boshqarish qarorlarini 
qabul qilish-m avjud muqobil variantlardan bittasini tanlashdir. 
Boshqarish qarori deganda rahbarning kamida ikkita variantdan 
optimalini tanlash maqsadidagi faoliyati tushuniladi. Qarorni 
tanlashning murakkabligi imkoniyat darajasidagi variantlar 
miqdorini ko'paytiradi. Qarorni qabul qilishning zarurligi firmaning 
tijorat va ishlab chiqarishdagi muammolarining mavjudligi bilan 
belgilanadi.
Boshqarish qarorlarini qabul qilish jarayoni quyidagi bosqichlami 
o'z ichiga oladi:
- variantlar tahlili;
- har bir variant bo'yicha yutuqlar va yo'qotishlami baholash;
- amalga oshirilgan qarorlaming haqiqiy natijalarini baholash.


Har qanday boshqarish qarorini qabul qilishda variantlami o‘rga- 
nishga yo‘naltirilgan iqtisodiy tahlildan foydalaniladi. Qarorni qabul 
qilish mezoni samaraliroq bo‘lgan variantni tanlashdir.
Qarorni qabul qilishda iqtisodiy tahlil rolining oshishi tizimli 
tahlildan foydalanishga va bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni 
boshqarishda tub o'zgarishga olib kelgan holda, asosan quyidagilarda 
namoyon bo‘ladi:
- jarayonlami joriy boshqarishdan strategik, istiqbolli bosh- 
qarishga o‘tish;
- alohida xususiy tizim ostilaridan kompleks tizimga o'tish;
- yangi mahsulotlami, bozorlami va jarayonlami o‘rganish 
bo‘yicha tezkorlikning va moslashuvchanlikning oshishi;
- alohida hodisalar tahlilidan qarorlar variantlarining tizimli tah- 
liliga o‘tish;
- samaradorlikning alohida elementlarini hisoblashdan barcha 
omillami kompleks baholashga o‘tish;
- joriy nazoratni hisoblash texnikasi va iqtisodiy-matematik 
usullardan foydalanish asosida qo‘llash hisobi.
Boshqarishda iqtisodiy tahlil asosida kompyuter texnikasidan 
foydalangan holda ratsional qarorlami tayyorlash va qabul qilish 
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tizimli yondashuv kibemetika, tizimli tahlil, operatsiyalarni 
tadqiq qilish, qarorlar nazariyasi kabi fanlaming rivojlanishi bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Ulami oddiy elementlar yig'indisidan iborat 
bo‘lgan tizimlar va obyekt tushunchasi emas, balki butun rivojlanuvchi 
yagona uslubiyat birlashtiradi.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish