IV BOB. ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI
BOSHQARISH VA REJALASHTIRISH
4.1. ISHLAB CHIQARISH JARAYONINI TAYYORLASH
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish firma (korxona)
daro-
madlarining asosiy manbai bo‘lib, uning dastlabki tayyorgarligi
sifatida namoyon bo‘ladi. O 'z navbatida ishlab chiqarishni tayyorlash
bir necha xususiy jarayonlardan tashkil topadi, unda menejerlaming
qatnashishi o‘z navbatida:
- ishlab chiqarish maqsadini aniqlash va ushbu maqsadga
erishishga xodimlaming mo‘ljal olishi;
- firma xodimlari
faoliyati turlarini belgilash, shakllangan maq
sadga erishish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarishni kompleks
tayyorlashga taalluqli korxona bo‘limlarini har bir faoliyat turi
bo'yicha mustahkamlash;
- yangi tovarlami yaratish ishlarini tashkil qilish;
- jami ishlami amalga oshirish uchun ishlovchilar mehnatini
oqilona tashkil etish.
Ishlab chiqarish jarayonini tayyorlashning eng muhim elementi
konkret sharoitlarda tashkilot maqsadini aniqlash hisoblanadi.
Yangi tovarlami yaratish bo'yicha
ishlami tashkil qilish, ishlami
bajarishning taqvim rejalarini tuzish, pul mablag'larini aniqlash ulami
amalga oshirish uchun zamr bo'lgan, shuningdek talab etiladigan
mehnat va moddiy resurslar shaklida namoyon bo'ladi.
Mehnatni oqilona tashkil etishning asosiy vazifalari quyida
gilardir:
- yangi tovarlar ishlab chiqarishni o'zlashtirish va loyihalash
bo'yicha barcha ishlami o'zaro bog'lash;
- ayrim ishlar bosqichlarining o'z vaqtida bajarilishini kelishish,
ketma-ketligini va ulaming bajarilishini ta’minlash;
- zarur bo‘ladigan resurslar
va ishlaming umumiy hajmini
aniqlash;
- korxona bo‘limlari orasidagi resurslami va ishlaming umumiy
hajmini belgilash;
- zarur resurslardan samarali foydalanishga erishish.
Ishlab chiqarishni tayyorlashning taqvim grafigi har bir tovar
bo'yicha ishlab chiqiladi. Grafik har bir ishlab chiqarishning
boshlanish, tugallanish muddatlarini bajaruvchilaming ishni bajarish
uchun taalluqli bo'lgan ishlar ro'yxatini o'z ichiga oladi (4.1-rasm).
Bajaruvchilar tarkibi
mahsulotning murakkabligiga, ish vaqti
fondiga va belgilangan yangi tovarlami tayyorlash muddatiga bog'liq
bo'ladi.
Ishlab chiqarishni tayyorlash va amalga oshirishda mehnatni
oqilona tashkil etish, odatda to'rsimon modelli grafik tuzish yo'li
bilan amalga oshiriladi.
To'rsimon modelda hodisalar aylana,
doira shaklida, ishlar
(operatsiya) strelka bilan ifodalanadi. Tuzilgan grafikda bitta
boshlang'ich va bitta yakuniy jarayon bo'lishi lozim. Jarayon-bu,
bitta yoki bir necha ishlaming oraliq yoki yakuniy natijasidir. U vaqt
bo'yicha davomiylikka ega bo'lmaydi,
balki qandaydir ishlaming
boshlanishini va boshqa ishlaming ma’lum vaqtda tugashini
ko'rsatadi.
Operatsiya (ishlar) uch turga bo'linadi:
• haqiqiy operatsiyalar (grafikda strelkali qalin chiziq bilan:
ifodalanadi)-bu vaqt va resurslar sarfini talab etuvchi loyihani
ishlab chiqish, materiallami tashish, montaj ishlarini bajarish
va boshqalar;
• operatsiya-kutish (grafikda strelkali shtirix punktir chiziq bilan
ifodalanadi) faqat vaqt sarfini talab etuvchi (betonning qotishi,
oqlash ishlari boshlangunga qadar, suvoqlaming tabiiy qurishi,
o'simliklaming o'sishi va hokazo) jarayondir;
• soxta operatsiyalar yoki mantiqiy aloqa (grafikda strelkali
punktir chiziq bilan ifodalanadi)
bir necha operatsiyalarni
51
bajarish jarayonidagi texnologik yoki resurs bog‘liqlikni aks
etttiradi. Ishlab chiqarish davomiyligi vaqt birligida, zaruri
bo‘lganda ushbu ishga sarfi xarajati to‘rsimon grafigi ustki
burchagiga qo‘yiladi.
Jarayonlaming boshlanishini va yakunlanishini bog‘lovchi har
qanday ishlaming ketma ketligi yo‘l deb ataladi. Uzoqroq davom
etadigan yo‘l
Do'stlaringiz bilan baham: