4.6. LOK-BO‘YOQ QOPLAMALAR ISHLAB CHIQARISH
TEXNOLOGIYASI
Emulsion bo‘yoq ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan
jihozning modellashtirilgan shakli 46, 47-rasmlarda tasvir-
langan.
46-rаsm. Dissоlvеrning ichki
ko‘rinishi.
47-rаsm. Dissоlvеrning umumiy
ko‘rinishi.
160
Kerakli komponentlar: suv, bo‘r, titan oksidi, kaliy karbonat
eritmasi, sirt faol modda, akril emulsiyasi, dibutilftalat, natriy
karboksimetilselluloza, talk, natriy polifosfat, monoetanolamin
va bura.
100 g suvli-dispersion bo‘yoq tayyorlash uchun kerak
bo‘ladigan moddalar ulushlari:
1. Suv – 23,1%;
2. Bo‘r – 53,3%;
3. Titan oksidi – 5–12%;
4. Kaliy karbonat – 0,13% (25% li eritma);
5. Sirt faol modda – 0,37%;
6. Akril emulsiyasi – 12,77%;
7. Dibutilftalat – 0,81%;
8. Natriy karboksimetilselluloza (NaKMS) – 0,42%;
9. Talk – 1,16%;
10. Natriy polifosfat (kolgen) – 0,32%;
11. Monoetanolamin – 0,18%;
12. Bura – 0,025%.
Komponentlarni tortishdan avval ularni yaxshilab mayda-
lanadi. Maydalanish jarayonini osonlashtirish uchun mod-
dalarni yaxshilab quritib olinadi.
Birinchi navbatda kukun holidagi xomashyolarni oftobda
havo harorati 35
o
C bo‘lgan sharoitda quritib olinadi. So‘ngra bu
moddalar hovonchada maydalanib, yirikligi 1 mm li elakdan
o‘tkaziladi. Keyin yana maydalanib 0,26 mm li yiriklikdagi
elakdan o‘tkaziladi.
Elakning o‘lchami Mir-2 mikroskopida yorug‘lik yaxshi
tushadigan joyga shtativni vertikal holatda joylashtirilib o‘lchab
olinadi. O‘lchami katta bo‘lgan elak 1,2 mm, kichigi esa 0,26
mm ekanligi aniqlanadi.
161
Barcha maydalash ishlarini sirlangan chinni kosa va
nikel qoshiq yordamida amalga oshiriladi. Emulsion bo‘yoq
tayyorlash jarayonida komponentlarni aralashtirish ishlari
shisha tayoqcha yordamida amalga oshirildi.
Emulsion bo‘yoqlar uchun to‘ldiruvchilar sifatida bo‘r, talk,
natriy polifosfat, oksidlar va boshqalar ishlatilishi mumkin.
To‘ldiruvchi qo‘shish pigment kam sarf bo‘lishini, mahsulot
narxining arzonlashishini, pigmentning asosga yaxshi shimi-
lishini, tishlashishini, ya’ni asosga mahkam ushlanib turish
xususiyatini, lok-bo‘yoq pardalarining mustahkamligi, chidam-
liligini oshiradi, ularni suv, o‘t (yuqori harorat), kislotalar,
ishqorlar hamda atmosfera ta’siriga chidamli qiladi, bo‘yoq
pardalarning yaltiroqligi yoki xiraligini ta’minlaydi, qurishini
tezlashtiradi. Tiksotroplik xossasini oshirish uchun poliefir lok-
bo‘yoq materiallari tarkibiga qo‘shilgan bunday to‘ldiruvchilar
bir marta surkashdayoq kerakli qalinlikdagi parda qatlamni
hosil qilish imkonini beradi. Xuddi shuningdek, diatomitli
qum
tuproqlar parda qatlamning metall bilan adgeziyasini
(yopi shuv chanligini) oshirish uchun xizmat qiladi. Tabiiy qum-
tuproqlar (kvars, diatomit) metall buyumlarni ta’mirlash uchun
g‘ovak to‘ldiruvchilar tayyorlashda, lok-bo‘yoq materiallarda
bo‘lsa oraliq qatlamlar sifatida surkashda, qatlamlar orasida
adgeziyani oshirish maqsadida ishlatiladi.
Natriy karboksimetilsellulozaning eruvchanligi alohida
tajribalar yo‘li bilan aniqlanadi. Eruvchanligi bevosita erituv-
chiga va haroratga bog‘liq ekanligi aniqlanadi.
Titan oksidini maydalab elakdan o‘tkazib akril emulsiyasiga
solinganda yaxshi erishi, kristallanib qolmasligi aniqlanadi.
Bo‘rning ham dispersligi yuqori bo‘lishi muhim ahamiyatga
ega. Chunki, dispersligi yuqori bo‘lgan bo‘r akril emulsiyasida
11—
162
yaxshi eriydi va titan oksidi kabi bu ham kristallanib qolmasligi
aniqlandi. Emulsion bo‘yoq tarkibidagi komponentlarning
eruvchanligi va dispersligi yuqori bo‘lsa cho‘kmaga tushmasligi
ma’lum bo‘ladi. Bundan tashqari, cho‘kmaga tushmasligini sirt
faol moddalar ham ta’minlashi aniqlandi.
Turli yuqori sifatli qurilish materiallari olish uchun xom-
ashyo aralashmasini g‘ovaklashtirish muhim. Bunga yuqorida
aytib o‘tilgan usullar yordamida aralashmaga texnik usulda
olingan ko‘pik yoki ko‘pik hosil qiluvchi qo‘shish bilan va uni
intensiv aralashtirgan holda disperslangan havo pufakchalarini
hosil qilib erishish mumkin.
Xomashyolarni quyosh nurida quritishdan maqsad shuki,
xomashyo qanchalik quruq bo‘lsa uni elakdan o‘tkazish oson
bo‘ladi va tarkibidagi namlik maksimal quriydi. Namlik tayyor-
lanadigan bo‘yoqning sifatiga va xossalariga yomon ta’sir etadi.
Bu xomashyolarga talk, bo‘r, natriy karboksimetilselluloza va
titan oksidi kiradi.
Kerakli xomashyolarni dastlab yirik elakdan o‘tkazilsa,
so‘ng mayin elakdan o‘tkazish oson bo‘ladi. Elaklashdan maq-
sad xomashyoning yuqori dispersligini ta’minlashdir. Yuqori
disperslikka ega bo‘lgan xomashyo erituvchida yaxshi eriydi
va bir jinsli aralashma hosil qilishga osonlik bilan erishiladi.
Disperslik darajasi muhim bo‘lgan komponentlardan biri pig-
ment kukunidir. Uning yordamida tayyorlangan emulsion bo‘-
yoq
lar devorlarga surtilganda devor yuzasi notekis bo‘ladi
ham da qora nuqtalar paydo bo‘ladi. Bu qora nuqtalar pigment-
ning erimay qolgan yirik zarralaridir. Mazkur qora nuqtalar
mahsulotning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari,
zarrachalar dispersligining kattaligi qorishmaning g‘ovaklik
darajasi yuqori bo‘lishiga olib keladi.
163
Shu bilan birgalikda pigmentning disperslilik darajasi
ular ning qoplovchanlik darajasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Pig-
mentning maydalilik darajasi qanchalik kichik (mayin) bo‘l sa,
ular pardozlanayotgan devorlarni shunchalik yaxshi qoplay di.
Bo‘yash jarayonlarida purkaydigan mexanizmlardan foydala-
nilganda bu katta ahamiyatga ega.
Tarkibiy qismlarni tortishda elektron tarozidan foydala-
niladi. Tortishda tortish qoidalariga amal qilinishi shart. Eri-
tuv chilarni tortish ishlari og‘zi zich berkiladigan idishlarda
olib boriladi. Bundan tashqari, emulsion bo‘yoq tayyorlash
jarayonida komponentlarini aralashtirishga ham alohida e’tibor
berish talab etiladi. Chunki, komponentlar yaxshi aralashmasa
mahsulot sifati buziladi.
Barcha ishlar chinni idishda bajarilishiga sabab ishlatiladigan
xomashyolar chinni bilan kimyoviy ta’sirga kirishmaydi, ara-
lashtirgich sifatida esa xomashyo bilan kimyoviy ta’sirga
kirishmaydigan nikel qoshiqdan foydalaniladi.
Sanoat korxonalarining ish sur’atlari hamda atrof-muhit-
ga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori oshgan hozir
gi
vaqtda lok-bo‘yoq ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarila-
yotgan mahsulotga ana shunday salbiy holatlarga javob bera-
digan, arzon va mahalliy xomashyolar asosida bo‘yoqlar va
loklar ishlab chiqarish ayni vaqtda juda muhimdir. Bunday
mahsulotlarga yupqa qavatli plyonka hosil qiluvchi suv asosi-
dagi sistemalar kiradi. Hozirgi vaqtda suv asosidagi lok-bo‘yoq
materiallarining ulushi rivojlangan mamlakatlarda qariyb 20–
30% ni tashkil qiladi. Ilk suv tarkibli plyonka hosil qiluvchi
qoplamalarni – suvemulsion bo‘yoqlarni tabiiy va sintetik
lateks asosida olingan.
164
Kolloid kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan plyonka qavat
hosil qiluvchi polimer dispers sistemalari olish sohasidagi
yutuqlar suvemulsiyasidan iborat lok-bo‘yoq materiallar turla-
rini ko‘paytirish imkonini berdi. Bunday materiallarni ishlab
chiqarish texnologiyasida vinilasetatning gomo- va sopoli-
merlari, vinilxlorid, etilen, akrilatlar, stirol va boshqa bir qan-
cha monomerlar latekslari ishlatiladi. Shuningdek, bu kabi
materiallarning sun’iylari ham mavjud bo‘lib, ular oligomer-
larning yumshash haroratlaridan yuqoriroq harorat larda yoki
oligomer va polimerlarning eritmalarini (ba’zi hollarda erit-
masini haydash bilan) yuqori haroratlarda emulgirlanishidan
olinadi. Bu sistemalarda plyonka hosil qiluvchi moddalar –
yuqorida sanab o‘tilgan oligomerlar va polimerlar, alkidlar,
epoksidlar, poliuretanlar, bitumlar, quriydigan moylar va h.k.lar
bo‘lishi mumkin.
Lok-bo‘yoq ishlab chiqarish sanoatining asosiy tovar mah-
suloti pigmentli lok-bo‘yoq materiallardir. Bular quyidagi
sohalarda ko‘plab ishlatiladi: mashinasozlik, radioelektronika,
aviatsiya va kemasozlik, sanoat va uy-joy qurilishi, kosmik
tex
nika va xalq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va
boshqalar.
Lok-bo‘yoq materiallarining qaysi qavatiga pigmentlangan
materiallar kerakligiga qarab ularni emallarga va bo‘yoqlarga
(shuningdek, suvemulsiyali, kukunli), gruntovkalar va h.k.larga
bo‘linadi.
Pigmentli lok-bo‘yoq materiallari tarkibi ko‘p komponentli
murakkab kompozitsiyali sistemadir. Ularning tarkiblariga qu-
yi dagi ingridiyentlar kiradi: oligomerlar (polimerlar), pig ment-
lar va to‘ldirgichlar, erituvchilar va suyultirgichlar, shuning-
dek, maxsus holatlar uchun qo‘shimchalar (sikkativlar, plas-
165
tifikatorlar, SFM lar va h.k.). Pigmentli bo‘yoq va qoplama
materiallar xossasi, asosan, oligomerlar pigmentlarning xossalari
bilan hamda ularning ta’sirlashishining fizik-kimyoviy holati
bilan aniqlanadi. Uning tarkibidagi boshqa komponentlari ham
materialning reologik xossalariga, qotish jarayoniga (qoplama
hosil bo‘lishiga) va qoplamaning ekspluatatsion tasnifiga sezi-
larli ta’sir qiladi.
Pigmentli lok-bo‘yoq materiallarini tarkibining asosi bo‘l-
gan oilgomerning turi bo‘yicha sinflash qabul qilingan.
Masalan, gliftal (GF), pentaftal (PF), epoksid (EP), poliuretan
(UR), kremniyorganik (KO) va boshqa materiallar.
Pigmentli materiallarni bir fazali va ikki fazali suyuq
plyonka hosil qiluvchi sistemalar asosida tayyorlanadi. Bir
fazali sistemalarga organik erituvchilardagi oligomerlarning
erit malari, oliflar va tabiiy birikmalarning eritmalari kiradi.
Ikki fazali sistemalarga suvli va organodispersli polimer
sistemalar kiradi.
Quyida misol tariqasida biz emallar, aniqrog‘i suvemulsiyasi
bo‘yog‘ini ishlab chiqarish bilan tanishamiz.
Har bir pigmentni biserli dispergatorlar (1–3) da alohida
holatlarda dispersiyalanadi. Texnologik sxemada (48-rasm)
ular ning uchtasi keltirilgan. Jarayonda pigmentlar soniga qarab
ular ko‘p bo‘lishi mumkin. Pigmentli pastani tayyorlash ishini
navbat bilan ishlovchi tezyurar aralashtirgichlarda (disolverlar –
Do'stlaringiz bilan baham: |