4, 5, 6) bajariladi. Disolverlarning bu tartibda ishlashi biser
tegirmonining to‘xtovsiz ishlashini ta’minlaydi. Disolverlarga
pigmentlarni bunkerlar (7, 6 va 9) dan shnekli dozatorlar (10–
12) yordamida uzatiladi.
Erituvchi bilan lok disolverlarga dozalovchi agregatlar (13,
14, 15) orqali beriladi. Tayyor bo‘lgan pasta massasini yig‘gich-
166
larda (16–18) yig‘iladi. Biserli dispergatorlarga pastani nasos (19)
yordamida uzatiladi. Emalni tayyorlash ishini esa aralashtirgich
(20) da bajariladi. Emalning alohida komponentlari dozalanadi
va dozalovchi agregat (21) yordamida arlashtirgichga uzatiladi.
Emalni standartlash ishini ham aralashtirgichda bajariladi.
Tayyor bo‘lgan emalni filtrlarda (22) tozalanadi va nasos (23)
yordamida qadoqlash agregatiga (fasovka) uzatiladi.
48-rаsm. Bir pigmеnt tаrkibli pаstа usulidа rаngli emаllаrni to‘хtоvsiz
ishlаb chiqаrishning tехnоlоgik sхеmаsi: 1–3 – bisеrli dispеrgаtоrlаr;
4–6 – disоlvеrlаr; 7–9 – bunkеrlаr; 10–12 – shnеkli dоzаtоrlаr; 13–15,
21 – dоzаlоvchi аgrеgаtlаr; 16–18 – yig‘gichlаr; 20 – аrаlаshtirgich; 19,
23 – nаsоslаr; 22 – filtr.
1
9
2
3
4
5
6
7
I
II
10
13
19
19
16
14
19
19
19
19
18
15
Lok
Lok
Lok
Suv
Suv
Suv
Lok
Lok
Erituvchi
Erituvchi
Pigment
Pigment
Erituvchi
Fasofkaga
Erituvchi
12
17
21
21
20
22
22
23
23
11
8
167
Emallarni ishlab chiqarish texnologik jarayonining asosiy
operatsiyasi quyidagilardir: oligomer (polimer) eritmasi bilan
pigment (to‘ldirgich)larni aralashtirish, ya’ni pigment pastasini
tayyorlash; pigment pastasini dispersiyalash (kukun holatiga
keltirish); emalni tayyorlash; emalni tozalash va qadoqlash.
Pigmentli pastalarni odatda maxsus aralashtirgichlarda
tayyorlanadi, ularning konstruksiyalarini tanlash esa dispers-
lash operatsiyasini shakllantiruvchi apparatga bog‘liq. Agarda
disperslashni valikli bo‘yoq sidiruvchi mashinalarda bajarilsa
pastani tayyorlashda Z-simon aralashtirgich yoki planetar ara-
lashtirgichlardan foydalaniladi. Disperslashni biserli mashi na-
larda bajarilgan taqdirda pastani tez harakatlanuvchi disktishli
aralashtirgichli (disolver) qorishtirgichlarda bajariladi.
Dispergator sifatida sharikli tegirmon ishlatiladigan bo‘lsa
pastani tayyorlash uchun maxsus aralashtirgichlarni ishlatish-
ga zarurat qolmaydi: uni to‘g‘ridan to‘g’ri sharli tegirmonda
tayyorlanadi.
Pigmentli pastalar tayyorlashda retseptda hisoblangan barcha
to‘ldirgichlar va pigmentlarning miqdoridan foydalaniladi.
Plyonka hosil qiluvchi materiallarni esa qisman ishlatiladi.
Disperslashdan so‘ng, pigmentli pastaga plyonka hosil
qiluvchi moddaning qolgan qismi va maxsus qo‘shimchalari
(sikkativlar, plastifikatorlar va boshq.) qo‘shiladi. Bu operatsiya
amalda emalni tayyorlash jarayoni hisoblanadi. Keyin esa
emalni qovushqoqligi va rangi bo‘yicha maxsus erituvchilar va
rang beruvchi pastalar qo‘shib (ishlab chiqarishda buni «turiga
ko‘ra moslashtirish» deb nomlanadi) standartlashtiriladi.
Lok-bo‘yoq materiallari chiroyli qoplamalar hosil qilishi va
tashqi ko‘rinishi yaxshi bo‘lishi uchun ular tarkibida bir dona
ham yirik pigment, hatto begona aralashmalar ham (chang,
168
tolalar va boshq.) bo‘lmasligi kerak. Bu kabi aralashmalarning
qoplamaga tushib ketishi uning himoya xossasini kamaytiradi,
shuning uchun emallarni maxsus filtrlarda va sentrifugalarda
yaxshilab tozalanadi.
Emallarni ishlab chiqarishdagi texnologik operatsiyalar bir
xildagi asosiy operatsiyalarni tashkil etsa ham bu jarayonni
turli usullarda bajarish kerak bo‘ladi.
Oxirgi vaqtlarda emallarni tayyorlashning yana bir usuli
keng tarqalgan, bu usul oppoq bazaviy emallar asosida tay-
yorlash usulidir. Bu usulga ko‘ra, avval bir xil rangdagi oq emal
tayyorlanadi («bazaviy») keyin esa uning asosida rang beruvchi
pastalar ishtirokida (konsentrlangan yoki suyultirilgan) ara-
lashtirish usulida turli ranglardagi emallar tayyorlanadi.
Pigmentlar va to‘ldirgichlarni plyonka hosil qilgichlarda
yoki ularning eritmalarida disperslashda mashinalarning o‘ziga
xos tomoni ularda ishchi jismlarning qattiq yoki erkin hara-
katlanishidir (8-jadval). Birinchi holatda ishchi jismlarning
harakat tezligi dispergatsiyalanuvchi pasta yoki suspenziya ning
qovushqoqligiga bog‘liq bo‘lmaydi, ikkinchi holatda (erkin
harakatlanish) esa ularning harakatining to‘xtashiga bog‘liq.
Barcha holatlarda mashinalarda olib boriladigan jarayonlar
disperslash deb ataladi.
Hozirgi vaqtda tez harakatlanadigan biser mashinalari
emallarni tayyorlashda ishlatiladigan mashinalarning ichida
keng tarqalganidir. Ular, asosan, biser mashinasining qismla ri ni
yemiradigan maydalanmagan tabiiy pigmentlarni va to‘ldirgich-
larni maydalovchi sharli tegirmonlarni siqib chiqargan.
Biser mashinalari yengil uchuvchan suspenziyalarni dis-
perslash uchun mo‘ljallangan.
169
8-jаdvаl
Do'stlaringiz bilan baham: |