R. I. Ismailov, M. A. Eshmuhamedov polimerlarni qayta ishlash jarayoni



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/71
Sana12.08.2021
Hajmi6,54 Mb.
#145762
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
Bog'liq
polimerlarni qayta ishlash jarayoni (2)

Polietilen quyi va yuqori zichliklarga ega bo‘lib, bu qiymat 
910–970 kg/m
3
, yumshash harorati 105–130°C bo‘lgan termo-
plastik polimerdir. Shuning uchun xossalari va ishlatilish joyiga 
qarab u bir-biridan zichligi, suyuqlanmasining oquv chanlik 
ko‘rsatkichi, barqarorlovchi qo‘shilgan va qo‘shilmaganligi bilan 


40
farqlanuvchi turli rusumlar ostida chiqariladi. Doimiy og‘irlik-
ning uzoq ta’siri natijasida polietilen deformatsiyalanadi. Quyi 
zichlikli polietilenning uzoq vaqtli mustahkamlik chegarasi 
2,45 MPa, yuqoqi zichlikli polietilenniki esa 4,9 MPa ga teng.
Uzoq vaqt ishlatiladigan polietilen mahsulotlarining yorilish 
ehtimoli bor. Polietilen –70°C da mo‘rt bo‘ladi va shuning 
uchun undan olingan mahsulotlar qattiq sovuq sharoitlarda 
ham bemalol ishlatilishi mumkin.
U, shuningdek, suvga yuqori chidamlilik xossalarini ham 
namoyon etadi.
Sanoatda  yuqori bosimli polietilen 200–280°C da 150–
300 MPa bosim ostida kondensirlangan gaz fazasida radikal 
polimerlanish initsiatorlari ishtirokida polimerlab olinadi. 
Olingan polimer 920–930 kg/m
3
 zichlikka, 80000–500000 
o‘rtacha massaviy molekular og‘irlikka va 50–65% kristallik 
darajasiga ega bo‘ladi. 
Sanoatda yuqori bosimli polietilenni ishlab chiqarish uchun 
bir-biridan konstruksiyalari bilan farqlanuvchi ikki xil reaktor 
qo‘llaniladi. Bulardan biri ideal siqib chiqarish prinsipida 
ishlovchi quvur ko‘rinishidagi apparat bo‘lsa, ikkinchisi 
aralashtirgich li  vertikal  silindr  apparati  –  ideаl  aralashtirish 
prinsipida ishlovchi, aralashtirgichli avtoklavlardir.
Quvur ko‘rinishidagi apparatda yuqori bosimli polietilen 
ishlab chiqarish sanoatda ishlatiladigan quvurli polimerlovchi 
reaktorlar, qu 
vur ichida quvur tipidagi ketma-ket ulangan 
issiqlik almashgich lardan iborat. 8-rasmda quvurli reaktorda 
yuqori bosimli polietilenni uz luksiz usulda olishning umumiy 
sxemasi keltirilgan.
Reaktor quvurlari o‘zgaruvchan diametrli bo‘ladi (50–75 
mm). Quvurlarning bir xil bo‘limlari retubrent yoki kalach deb 


41
nomlanuvchi massiv ichi bo‘sh plitalar yordamida biriktiriladi. 
Quvur va kalachlar bir-biri bilan ketma-ket biriktirilgan qobiq 
bilan o‘ralgan. Etilenni qizdirish hamda ajralib chiqayotgan 
issiqlikning ortiqcha qismini reaksiya muhitidan olib chiqib 
ketish uchun issiqlik tashuvchi sifatida 190–230°C li o‘ta 
qizdirilgan suv ishla tiladi. O‘sha qizdirilgan suv quvurli reaktor 
qobig‘iga reaksiya mas sasi hamda etilen harakatiga qarama-
qarshi tomondan yuboriladi. Yuqori haroratli o‘ta qizdirilgan 
suv quvur devorlarida polimer pardasi hosil bo‘lishining oldini 
olish maqsadida ishlatiladi.
Gazlarni ajratish sexidan yangi etilen 0,8–1,1 MPa bosim 
osti 
da kollektorga (1) va undan keyin aralashtirgichga (2
kelib tushadi. Bu yerda u past bosimli qaytma etilen bilan 
ara 
lashtiriladi. Bu ara 
lashmaga kislorod qo‘shilib birinchi 
kaskaddagi uch pog‘onali kompres sorga uzatiladi va bu yerda 
25 MPa bosimgacha siqiladi. Etilen har pog‘onada siqilganidan 
keyin sovitgichlarda sovitilib, separatorlarda yog‘dan ajratiladi 
va undan keyin aralashtirgichga (4) uzatiladi. Bu yerda u 
ajratgichdan (7) kelayotgan yuqori bosimdagi qaytma etilen 
bilan aralashtiriladi. Keyin aralashma ikkinchi kaskaddagi 
ikki pog‘onali kompressorga (5) uzatiladi va bu yerda u 
245 MPa bosimgacha siqiladi. Birinchi siqilgan etilen sovit-
gichlarda sovitilib, separatorlarda yog‘lardan tozalansa, ik-
kinchi pog‘onada (bosqichda) siqilganidan keyin 70°C da 
(sovitilmasdan) polimerlash uchun quvurli reaktorning (6
uchta bo‘limiga uzatiladi.
Polimerlovchi-reaktor uch bo‘linmadan tashkil topgan bo‘lib, 
har bir bo‘linmadan oldin ishlatilayotgan initsiator turiga qarab 
gaz va reaksion aralashmani 120–190°C gacha isitish uchun 
issiqlik almashgich 
lar o‘rnatilgan. Uchinchi bo‘lim oxirida 


42
sovitgich o‘rnatilgan bo‘lib, unda reaksiya massasi 200–250°C 
gacha sovitiladi (sxemada issiqlik almashgichlar va sovitgich 
ko‘rsatilmagan).
Quvurli reaktorda etilenning polimerlanishi quyidagi sha-
roitlar da olib boriladi (1-jadval).
1-jadval 

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish