R. I. G im u s h, F. M. M a t m u r o d o V


Xorijda innovatsion menejmentning tashkil etilishi



Download 4,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/86
Sana03.12.2022
Hajmi4,17 Mb.
#878336
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86
Bog'liq
Innovatsion menejment. Gimush R.I.

1.4.2. Xorijda innovatsion menejmentning tashkil etilishi
Xorijda innovatsion jarayonni boshqarishga bag‘ishlangan ancha ilm ­
iy va amaliy adabiyotlar mavjud. U larda innovatsiyalarni turli jihatlari 
y o ritilg a n . S h u la rd a n b iri V .M . A nshin va b o sh q a la r to m o n id a n
«И нновационный менеджмент» nomli o ‘quv q o‘llanmasida innnovat- 
sion faoliyat m odellari, moliyaviy tavakkalchilik, jah o n innovatsion- 
texnologik taraqqiyoti kabi savollar keltirilgan. A .G . Porshnevning 
«Управление инновациями в условиях переходного периода к рынку» 
mavzusidagi qo'llanm asida o‘tish iqtisodiyoti davrida innovatsiyani jalb 
qilish va samarali boshqarish yo'llari hikoya qilingan. Shu va boshqa soha 
adabiyotlarida milliy iqtisodiyotimiz muammolari va muhiti e’tiborga olib 
yoritilmagan. Faqat ularning nazariy ishlanmalaridan va amaliy saboqli 
tajribasidan foydalanishimiz mumkin.
TAD1 tom onidan J.P. Narziev muallifligida «Innovatsion menejment» 
fanidan m a’ruzalar matni to‘plami nashr qilingan. M atn to ‘plamida inno­
vatsion menejment asoslari, bashorati, yangiliklarni kiritish kabi mavzular 
bayon etilgan. Yana TD IU , TM I va boshqa oliy ta ’iim maskanlarida ham 
innovatsion jarayonni turli jihatlari rang-barang hikoya qilingan.
Xorijda va respublikada innovatsion m enejment mavzusida bir necha 
adabiyotlardan ushbu o ‘quv q o llanm a quyidagi yangi mavzular keltirilgan- 
ligi bilan farqlanadi: innovatsion loyihalarni baholash va innovatsion jara- 
yon; tadqiqotlar dasturlari, innovatsiya ishlari dasturini shakllantirish va 
innovatsion loyihalarga talablar; ilmiy muassasa va obyektlarni «Davlat
42


noyob ilmiy obyektlar ro ‘yxati»ga kiritish va m onitoringini olib borish; 
ilmiy va ishlab chiqarish korxonalarining nazariy va amaliy innovatsiya 
faoliyati; innovatsion texnologiya-elektron im zo va uni ro‘yxatga olish 
m arkazlari faoliyatini huquqiy tartibi; respublika innovatsion amaliyot 
jarayoni holati.
Yapon innovatsion m enejm enti usullari Evropa va Amerika usullari- 
dan keskin farq qiladi (1.8-jadval). Bu bilan yaponlar unumliroq boshqaradi, 
deb bo‘lmaydi. Yevropa va Yaponiyaning usullari faqat boshqa tekislik- 
larda yotadi va ularning bir-biri bilan kesishishi juda kam ro ‘y beradi.
U n in g asosiy farqi nim a? A w a la m b o r bu boshqaruvning nim aga 
yo‘naltirilganligiga bog'liq. M asalan, Yaponiyada boshqaruv m arkazida 
m ehnat resurslari yotadi. Yapon boshqaruvchisi korxona samaradorligini 
oshirish uchun m ehnat unumdorligini oshirishga harakat qiladi. Yevropa 
va Amerikada esa asosiy maqsad kam ish va harakat qilib, ko‘p darom adga 
erishish yotadi. M enejm ent b o ‘yicha yapon mutaxassisi Xideki Iosixara 
yapon boshqaruvini 6 ta xususiyatini ko‘rsatib o ‘tgan.
1. D oim iy bandlik kafolati va o ‘zaro ishonch sharoitini mavjudligi, 
b u n day kafolatlar kadrlar qo'n im sizlig in i kam aytiradi va xodim larni 
barqaror faoliyat ko‘rsatishlari uchun ishonch tug'diradi. Bu esa xodim ­
larni keyinchalik vertikal (lavozim ) zinapoya b o ‘yicha ko‘tarila olishi 
mumkinligiga ishontiradi va korxonada jam oat b o ‘lib ishlashga undaydi.
2. Korparatsiyaning birdamligi va u uchun qimm atli deb hisoblangan 
narsalarning mavjudligi. Agarda barcha ishchilar va boshqaruvchilar kor­
xona siyosati haqida axborot beruvchi bitta axborot bazasidan m a’lumot 
olishadigan bo'lsa, bu barcha xodimni bir bo'lib harakat qilishga undaydi.
3. Axborotga asoslangan boshqaruv televizorlar ishlab chiqaruvchi fir- 
m alarda ko'pincha axborot yig'ib olish sistemasidan foydalanishadi.
4. Sifatga qaratilgan boshqaruvda ko‘pincha yapon firmalaming boshqa- 
ruvchilari sifatni nazorat qilishga katta ahamiyat berishadi. Ishlab chiqarish jara­
yonida ularning asosiy masalasi sifat haqidagi aniq ma’lumotlami olishdir.
5. Ishlab chiqarishda boshqaruvning doimiy mavjudligi. Qiyinchilik- 
larni va m uam m olarni joriy hal qilish uchun yaponlar boshqaruv perso- 
nalini ishlab chiqarish majmualarida joylashtiradi. Bu m uam m o tez hal 
b o‘lishiga xizmat qiladi. Yangiliklarni rivojlantirish uchun yangiliklar tak- 
lif qilish sistemasi va sifat to ‘garaklari keng q o ‘llaniladi.
6. Tozalik va tartibni ushlab turish. Yapon m ahsulotlarining yuqori 
sifati ishlab chiqarishda tozalik va tartibga rioya qilish orqali kelib chiqa- 
di. Yapon boshqaruvchilari shunday tartib o ‘rnatishga harakat qiladiki, bu 
tartib ham yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga undasin, tozalik va 
tartibga rioya qilishga chaqirsin.
U m um an olganda yapon boqaruvi insonlarga xos tuyg‘ular va xususi- 
yatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Bular kelishilganlik, guruhli m o‘ljal olish,
43


xodim larni aqliy xususiyatlari, bandlik barqarorligi va boshqaruvchilar 
ham da xodimlar o'rtasida birdam lak aloqalaridir.

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish