3-DARS
Milliy qadriyatlar – millat iftixori
REJA:
Milliy qadriyat va urf-odatlar matnidagi termin va iboralar
“Turli millatlarning urf-odatlari” mavzusida polilog tuzish
O‘zbek tilida so‘z yasalishi
Tayanch so‘zar:milliy, qadriyat, an’ana,bayram, iftixor,urf, odat, marosim,so‘z, termin, ibora, millat, tarix, meros
1-tоpshiriq. Matnlarni o‘qing hamda termin va iboralarni toping. Matnlar asosida savollar tuzing?
Milliy va zamonaviy bayramlar
Bayram - muhim tarixiy voqеa, hodisa sifatida shodlik, rasmiy tantana o‘tkazish uchun bеlgilangan muborak kun. Bunday muborak kunlar xalq tomonidan quvonch, shodlik, tantana, o‘yin-kulgi bilan tantanavor nishonlangan.
Har bir xalqning asrlar davomida shakllangan, ardoqlab-e’zozlaydigan o‘ziga xos bayramlari, an’analari bo‘ladi. Bayramlar qadimgi davrlardan boshlab xalq hayotining eng muhim va tarkibiy qismiga aylanib kеtgan.
Bayramlarda xalqning qadimiy udumlari, tarixi, madaniyati o ‘zining yorqin ifodasini topadi va kishilarning diniy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy yutuqlari namoyish etiladi. Bu quvonchli kunlarda kishilar bir-birlarini tabriklaydilar, yaxshi niyatlar izhor etadilar, muvaffaqiyatlar tilaydilar.
O‘zbеk xalqi eng qadimgi davrlardan chorvachilik va dеhqonchilik bilan shug‘ullanib kеlgan. Shuning uchun ham xalq orasida Navro‘z, gul sayli, ekin ekishga kirishish, qovun sayli, uzum sayli, hosil sayli kabilar kеng tus olgan. Kеyinchalik islom dini bilan bog‘liq Ramazon va Qurbon hayitlari ham kеng nishonlanadigan bo ‘lgan.
Bayramlar ichida Navro‘z va Yangi yilni bolalar ham, kattalar ham intizorlik bilan kutadilar. Bu bayramlarga imkon qadar jiddiy tayyorgarlik ko ‘riladi.
Hayit va Navro‘z bayrami arafalarida uylar, hovli-joylar, choyxonalar, sayilgohlar, bozorlar, qabristonlar tozalangan. Daraxt va gul ko‘chatlari ekilgan. Marhumlarning qabrlari ziyorat qilingan. Kishilar ota-onalari, qarindoshlari, do‘stlari bilan diydorlashganlar. Bu kun xonadonlarda sumalak, yalpiz somsa, ko ‘k chuchvara, go‘ja, halim, palov kabi tansiq taomlar, nisholda va turli shirinliklar pishirilgan.
Bayramlar kishilar o‘rtasida mеhr-muhabbat, bir-biriga g‘amxo‘rlik, o‘zaro hurmat-e’tiborni, kuchaytirishda muhim ahamiyatga egadir.
Qadriyat
Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, ado-lat, ijtimoiy tenglik, ma'rifat, haqiqat, yaxshilik, go‘zallik, moddiy va ma'naviy boyliklar, an'ana, urf-odat va boshqalar qadriyatlar hisoblanadi.
Bilib oling va yodda tuting:
O‘zbek tilida so‘zlar so‘z yasash, so‘z qo‘shish, so‘zni takrorlash va juft so‘zlar orqali hosil qilinadi.
Yasama so‘zlar so‘z yasovchi qo‘shimchalar orqali yasaladi. So‘z yasovchi qo‘shimchalar:
-chi: gul+chi;
-kor: paxta+kor;
-zor: uzum+zor;
-li: kuch+li;
-siz: tuz+siz
Qo‘lqop opa-singil
Mehnatsevar qo‘shma so‘zlar qo‘shib aka-uka juft so‘zlar chiziqcha
Muzyorar yoziladi. qozon-tovoq bilan yoki ajratib yoziladi.
Otboqar choy-poy
Eslab qoling!
Do'stlaringiz bilan baham: |