R espublikasi s og'liqni saqlash vazirligi Toshkent farm atsevtika instituti



Download 6,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/195
Sana23.06.2022
Hajmi6,44 Mb.
#693956
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   195
Bog'liq
5 к ДВИТУ-ФИ мажмуа

Additivlik qonuni q o ‘llanilishi
1. 
Agar ikki eritma aralashmasi molekulalararo kuchlarni o‘zgartirmasa, kimyoviy reaksiya 
hosil qilmasa va muvozanatni siljitmasa monoxromatik nurlarni qo‘llashda bu qonun o‘z kuchiga 
ega.
37


2. 
Polixromatik nurlarni qo‘llashda 2 ta modda eritmasidan bittasi albatta Ber qonuniga 
bo‘ysunishi kerak. Agar aniqlashda n modda eritmasi ishtirok etsa, u xolda bu qonunga bo‘ysunish 
uchun n-1 moddalar Ber qonuniga bo‘ysunishi kerak.
Nur yutish spektri. Moddaning nur yutishi bilan to‘lqin uzunligi orasidagi bog‘lanish shu moddaning 
nur yutishi (absorbsiya) egri chizig‘i (spektri) bilan ifodalanadi. Nur yutish spektri chizma xolida 
firdalanadi. Bunda absiss o‘qiga to‘lqin uzunligi (A
1
nm yoki m.km) yoki to‘lqin uzunligi qiymatlari 
(to‘lqin uzunligiga teskari qiymatlari sm
-1
) qo‘yiladi. Ordinat o‘qida optik zichlik, zichlik logorifmi 
D
1
E 1. E bo‘ladi. Nur yutish spektri undagi ma’lum chiziqlar miqdori bilan xarakterlanadi. Har bir 
chiziq ham o‘z navbatida maksimum xolati bilan ifodalanadi va shunga munosib to‘lqin uzunligi X 
yoki uning balandligi, h yoki yarim eni, ^ ya’ni to‘lqin uzunliklari maksimumi o‘rtasidagi masofa 
bilan ifodalanadi.
Nur yutish spektri har bir moddaning o‘ziga xos xarakteristikasi hisoblanadi. Nur yutish spektrini 
o‘rganish nur yutuvchi moddani sifatini tahlil qilish, bundan tashqari organik moddalarni ko‘pgina 
funksional guruxlarni aniqlashga asoslangan.
Modda eritmasi orqali nur yutishni miqdorini aniqlash Buger-Lamber-Ber qonuniga asoslangan. 
Moddalarni nur yutishi bo‘yicha miqdorini aniqlash - fotometriya deb yuritiladi va quyidagi 
usullarga bo‘linadi.
1. 
Kolorimetriya
2. 
Fotokolorimetriya
3. 
Spektrofotometriya.
Kolorimetriya - asosan biron - bir rangli eritmani oddiy ko‘rish bilan yoki ma’lum moslama 
yordamida solishtirilib aniqlashga asoslangan.
Fotokolorimetriya - moddani polixromatik nurlanishda spektrning ko‘rinadigan qismida o‘lchab 
tahlil qilishga asoslangan.
Spektrofotometriya - monoxromatik nurlarni ko‘rinadigan hamda spektrning unga yondoshgan 
ultrabinafsha va infraqizil qismida aniqlashga asoslangan.
Spektrofotometrik aniqlash fotokolorimetrik usuldan farqli xolda to‘lqin uzunliklarining keng 
diapazonida aniqlash hamda monoxromatik nurlanishni qo‘llashda katta aniqlik bilan ishlashning 
imkonini beradi.
Fotometriya usulida to ‘lqin uzunligini va svetofiltr tanlash.
Fotometrik usul bilan aniqlashda spektrning shunday qismi tanlanadiki, bunda modda miqdorini 
aniqlashda yuqori sezgirlik va aniqlikka erishiladi. O‘lchash uchun to‘lqin uzunligida quyidagi bir 
qancha talablarga rioya qilishi kerak.
1.Tanlangan to‘lqin uzunligiga fotoelement retseptorlarining sezgirligi yuqori bo‘lishi kerak.
2.Yutilayotgan nur to‘lqin uzunligini biroz siljishida olinayotgan natijalarni qayta tekshirilganda bir- 
biriga yaqin natijalar olish.
3.Fotometriyaning asosiy qonuniga bo‘ysunish kerak. Optik zichlikni o‘lchash sharoiti Xmax, Xopt, 
Xizob nuqtalarga bog‘liq.
1. Agar faqat tekshiriluvchi rangli eritma nur yutsa bunda boshlang‘ich komponentlar - nur 
yutmaydi, u xolda eritmaning optik zichligi D maksimum to‘lqin uzunligida o‘lchanadi va bunda 
tekshiriluvchi modda eritmasining maksimal nur yutishi kuzatiladi.
Tenglikni differensiallasak D = E . l . S
dD 
AD
Emakc _ 
Emakc
dC 
AC
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, eritmaning konsentratsiyasi tekshiriluvchi eritmaning molyar nur 
yutish koeffitsentiga qaraganda qancha ko‘p o‘zgarsa, eritmaning optik zichligi D ham shunday 
o‘zgaradi. Maksimal nur yutish to‘lqin uzunligida E har doim katta bo‘ladi. Eritmaning optik zichligi 
D gi bir xil o‘zgarganda D 
X
max qaraganda biroz yuqori bo‘ladi, ya’ni optik zichlikni aniqlash
38


darajasi nur yutish X max , 
X
max ga qanchalik yaqin bo‘lsa, uni alohida darajasi, shunchalik yuqori 
bo‘ladi.
Xmax to‘lqin uzunligida modda eritmasining optik zichligini D o‘lchamning sezgirligini ko‘tarish 
imkonini beradi.
Bu esa Xmax ning yuqori qiymatlarida aniqlash E qiymatlarining sezgirligini oshiradi.
Xmax bilan birga monoxromatik nur monoxromatorlar yordamida ajratiladi. Fotokolorimetrik usulda 
aniqlash modda eritmalarining nur yutish maksimumi kerakli svetofiltri yordamida amalga oshiriladi.
Fotom etrik oMcliaslilarning optimal sharoitini tanlash
Buger-Lamber-Ber qonuniga asosan, optik ko‘rsatkich tekshiriladigan modda eritmasining molyar 
yutish koeffitsenti, eritmaning konsentratsiyasi va yutish qatlamining qalinligiga bog‘liq. Nazariy 
hisoblashlar va tajribalar fotometrik aniqlashlarda xatoning minimal qiymti optik ko‘rsatkichning
0,2-1 qiymatlariga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. SHundan kelib chiqib, aniqlashlarning optimal sharoiti 
tanlanishi kerak. Ko‘pchilik moddalarning molyar yutish koeffitsenti birning ulushlaridan 10
5
gacha 
bo‘lgan oraliqda o‘zgaradi. Yuqorida yutish qatlamining 1 sm qalinligini maqsadga muvofiligi 
ko‘rsatilgan edi, agar l =1cm bo‘lsa, optimal hisoblanadigan optik ko‘rsatkich qiymatini 0,5 deb 
olinsa, molyar yutish koeffitsenti 100 bo‘lgan eritma uchun konsentratsiyasi Sx=0,5/100=0,005 
bo‘lishi kuzatiladi.
Agar moddaning molyar yutish koeffitsenti 1000 bo‘lsa, optik ko‘rsatkichning 0,5 bo‘lgan qiymati 
uchun konsentratsiyasi 
Sx=0,5/1000=0,0005 bo‘ladi.
Tekshirish uchun olingan modda eritmasining optik ko‘rsatkichi katta bo‘lsa, optimal sharoit tanlash 
uchun eritmaning konsentratsiyasini yoki yutish qatlamining qalinligini kamaytirish zarur. Optik 
ko‘rsatkich juda kichik bo‘lganda yutish qatlamining qalinligini oshirish orqali optimal sharoitni 
tanlanishi mumkin. Bunday o‘lchashlar eritmadan o‘tayotgan nurning to‘lqin uzunligi optik 
ko‘rsatkichning eng katta qiymatiga mos keladigan soxasida amalga oshirilishi kerak. Bu soxada 
yutish eng katta qiymatga ega bo‘ladi. Agar tekshiriladigan modda bir nechta yutish yo‘laklariga ega 
bo‘lsa, yutish koeffitsenti eng katta bo‘lgan yo‘lak (optik ko‘rsatkichning eng katta qiymatiga to‘g‘ri 
keladigan uchinchi soxasini) tanlanadi.
Svetofiltr shunday tanlanadiki, tekshiriluvchi moddaning nur yutish spektriga asoslangan xolda rangli 
eritmaning maksimal nur yutish spektri va svetofiltrning, ya’ni eritmaning nur yutish maksimumi 
svetofilrning nur o‘tkazish maksimuminiga (nur yutish minimumi) to‘g‘ri kelishi kerak.
Agar svetofiltrning yoki tekshiriluvchi eritaning nur yutish spektri xarakteristikasi ma’lum bo‘lmasa, 
svetofiltr eritmaning rangiga moslab tanlanadi.
Rangli eritmalar va ularga xos svetofiltrlar.
Eritma rangi
Xmax
Svetofiltr rangi
Sariq-yashil
400-450
Qizil- binafsha
Sariq
450-480
Zangori
Sariq-qo‘ng‘ir qizil
480-490
YAshil-zangori
Qizil
490-500
Zangori-yashil
Qizil alvon
500-560
YAshil
Binafsha
560-575
Sariq-yashil
Zangori
575-590
Sariq
YAshil-zangori
590-625
Binafsha
Zangori-yashil
625-700
Qizil
Agar eritmaning nur yutish to‘lqin uzunligi maksimumi Xmax ishlatilayotgan fotoelementning 
sezgirlik maksimumiga to‘g‘ri kelmasa, u xolda svetofiltr tajriba yo‘li bilan tanlanadi, buning uchun 
har gal svetofiltrlar bilan eritmaning optik zichligi D o‘lchanadi. Berilgan rangli eritmaning qaysi
39


svetofiltrdagi optik zichlik qiymati eng yuqori bo‘lsa, shu svetofiltr fotometriya usulida aniqlash 
uchun to‘g‘ri keladi
2. Agar tekshiriluvchi eritmaning rangi bilan tekshirish uchun tanlangan reaktivi (R) rangi bir xil 
bo‘lsa va nur yutish spektri bir xil bo‘lsa, u xolda eritma optik zichligi D maksimal nur yutish 
oralig‘ idan emas, balki optimal nur yutish (Xopt) oralig‘ida o‘lchanadi, yani tekshiriluvchi eritma 
bilan reaktivning shunday to‘lqin uzunligida (yoki spetrning o‘sha qismida) o‘lchanadiki, bunda 
tekshiriluvchi eritma va reaktivning optik zichliklari orasidagi o‘zgarish D yuqori qiymatga ega 
bo‘ladi. Bu xolda fotometriya usulida eritmani tekshirish uchun Xopt da maksimal nur o‘tkazuvchi 
svetofiltr qo‘llaniladi.
Svetofiltrning berilgan to‘plamida va uning spektral xarakteristikasi bo‘lmasa tekshiriluvchi 
moddaning optik zichligini D va xuddi shu konsentratsiyada reaktivning optik zichligini o‘lchash 
uchun setofiltr tajriba yo‘li bilan tanlanadi va shu berilgan ham ma svetofilrlarda optik zichlik 
o‘lchanadi.
Tekshiriluvchi eritma bilan reaktiv optik zichliklari qiymatlari orasidagi o‘zgarish qaysi svetofiltrni 
ishlatilganda eng yuqori qiymatga ega bo‘lsa o‘sha svetofiltr tekshiriluvchi moddani fotometrik 
usulda aniqlashda mos keladi.
3. Tarkibi jihatdan bir-biriga yaqin rangli eritmalarning bir xil bo‘lib, faqat maksimal nur yutish 
xolati bilan farq qilsa, u xolda eritmani fotometrik usulda aniqlash izobestik nuqtaga (spektr chiziqlar 
kesishgan nuqta) ega bo‘lgan to‘lqin uzunligida olib boriladi.
Izobestik nuqtada ikki modda aralashmasi 
eritmasi rangli moddalarning aralashmasida 
aniqlanayotgan bir xilda nur yutishga ega bo‘ladiki, shuning uchun tekshiriluvchi eritmani 
muvozanat saqlovchi rangli eritma formasi ishtirokida tekshirish natijalariga ta’sir ko‘rsatadi. 
Fotometriyada rangli eritmalar uchun qo‘llaniladigan svetofiltrlar to‘plami quyidagi talablarga rioya 
qilish kerak: a) svetofiltoning maksimum nur o‘tkazish spektr bo‘yicha filtrdan-filtrga, spektrning bir 
xil qismlarini o‘z ichiga olib siljishi kerak. b) svetofiltr. UB va infroqizil nurni to‘liq yutishi kerak. v) 
svetofiltr yuqori qiymatli o‘tkazish koeffitsentiga ega bo‘lgan xolda qisqa intervaldagi to‘lqin 
uzunligini o‘tkazishi kerak.
Spektrofotom etriya va fotokolorimetriya 
usullarining sezgirligi.
Fotometrik tahlil usulning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri uning sezgirligidir. Usulning sezgirligi 
yordamida modda tarkibidagi kichik miqdordagi qoldig‘ini (sledov) aniqlashda, sanoatda ishlab 
chiqarayotgan maxsulotlarni, ayniqsa yarim o‘tkazgich materiallarnini tarkibi nazorat qilishda keng 
qo‘llaniladi. Usulga qo‘yiladigan talablar taqqoslovchi kolorimetrik hamda fotokolorimetrik va 
spektrofotometrik usullar uchun har xildir.
Taqqoslovchi (vizual) kolorimetrik usulda tekshiriluvchi rangli eritmani, taqqoslovchi moddaning 
rangiga solishtirib miqdorini aniqlashga asoslanadi.
Fotoelektrokolorimetrik usulda, usulning sezgirligiga asosan izlanuvchi va taqqoslovchi 
eritmalarning optik ko‘rsatkichini taqqoslash yuqori sezgirlikda amalga oshiriladi. Bunda asosan 
tahlil jarayonida o‘zgarmas to‘lqin uzunligida kyuvetaning bir xil hajmida olib borish bir xil 
natijalarni aniqlikda olishga asos bo‘ladi. YAna boshqa xatoliklarga olib keladigan sabablardan 
dastlabki moddaning eritmasini tayyorlash, hamda halaqit beradigan moddalardan tozalash 
jarayonida bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun fotometrik usulning sezgirligini xususiyati fotometrik reaksiyalarni hosil bo‘lishi va 
fotometrik usulning o‘zini moddaga nisbatan va uning tarkibidagi moddalarni xolatiga bog‘liqdir. 
Fotometrik usulda uning sezgirligiga ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlarda quyidagilar 
inobatga olinadi:
1. 
Fotometrik reaksiya asosida izlanuvchi va taqqoslovchi modda eritmalarni nur yutish 
xususiyatini aniqlashda molyar 
nur yutish koeffitsenti (s) yordamida amalga oshirish yaxshi 
natijalarga olib keladi.
40


Fotokolorim etrik usulni amalga oshirishda optimal konsentratsiyadagi eritm ani tanlash
M a’lumki moddalarning konsentratsiyasi bilan yutilgan nurning intensivligi orasida miqdoriy 
bog‘lanish mavjud.
D
S = -------;
£•1
Aniq to‘lqin uzunlikda (Я) va kyuvetaning qalanligida (l) tajribaning nisbiy xatoligini qiymati 
o‘zgarmasdir.
SHunga qaramay 
olib borilayotgan tahlilni sezgirligii oshirish mumkin, agarda differensial 
fotokolorimetriya usulida amalga oshirilsa. Bunda tekshiriluvchi eritmaning optik ko‘rsatkichini 
aniqlashda erituvchi bilan emas, balki aniq miqdor saqlagan moddaning eritmasi yordamida 
taqqoslash maqsadga muvofiqdir.
Taqqoslovchi 
eritmaning 
konsentratsiyasini 
(Sk) 
bu 
xolatda 
aniqlanuvchi 
moddaning 
konsentratsiyasidan (Sx) kichikroq miqdorda olinishi tavsiya etiladi. (Sk < Sx)
Differensial fotokolorimetriyaning xatoligini kamaytirish uchun quyidagilarni inobatga olish kerak:
1. 
Erituvchining optik ko‘rsatkichiga nisbatan tekshiriluvchi moddaning optik ko‘rsatkichi 
yuqori bo‘lishi (D>0,43).
2. 
Taqqoslanayotgan eritmaning optik ko‘rsatkichi umuman (Dx=O) qiymatga ega bo‘lishi 
maqsadga muvofiq.
3. 
Nur tushirayotganda modda eritmalarning konsentratsiyasini nur o‘tkazishi, standart 
eritmaning nur o‘tkazishidan kam bo‘lishi kerak
4. 
Qo‘llanilayotgan kyuvetalarning uzunligida farqi bo‘lmasligi.
5. 
Tekshirilayotgan eritmaning konsentratsiyasini yuqori bo‘lishi.
Fotometrik apparatlarni qo‘llanishi bilan eritmalarni nur yutish xususiyatini har xil usullar asosida 
olib boriladi. Unda standart va tekshiriluvchi eritmalarning optik ko‘rsatkichini bir xil sharoitda olib 
boriladi.
Taqqoslash usulidagi kolorim etriya
1. 
Standart eritmalar yordamida. Buning uchun bir xil kolorimetrik probirkalarga aniq hajmdagi 
tekshiriluvchi va standart eritmalarning rangini taqqoslash asosida amalga oshiriladi. Unda izlanuvchi 
eritmaning rangini standart eritma rangiga to ‘g‘ri kelishi uning miqdorini tasdiqlaydi.
2. 
Kolorimetrik titrlash usulida. Ikkita bir xil hajmdagi probirkaga biriga rangli izlanuvchi 
eritmadan, ikkinchisiga tozalangan suvdan solinadi. So‘ngra tozalangan suv solingan probirkaga 
byuretka orqali rangli standart eritmadan asta-sekin qo‘shib, birinchi probirkadagi eritmani rangiga 
tenglashtirilguncha qo‘shiladi. Aniqlanuvchi eritmadagi modda miqdorini
tozalangan suvga 
qo‘shilgan eritmaning miqdori bilan aniqlab olinadi.
3. 
Tenglashtirish usulida. Eritmadagi moddani miqdorini aniqlashda tekshiriluvchi va standart 
eritmalarning rangini tenglashtirish yordamida amalga oshiriladi.
A) Solishtirish usulida. Ikkita bir xil hajmdagi probirkaga standart va tekshiriluvchi rangli 
eritmalaridan solib, so‘ngra rangi to‘q bo‘lgan probirkadagi eritmani tozalangan suv yordamida 
ikkinchi probirkani rangigachan tenglashtiriladi. Izlanuvchi eritmadagi moddaning miqdorini 
quyidagi tenglama asosida hisoblab olinadi.
Vx 
hx
qx = qst ------- yoki qx = qst --------
Vst 
hst
qst - standart eritmadagi moddaning miqdori
Vx , Vst _ izlanuvchi va standart eritmalarning hajmi yoki
hx va hst - probirkadagi izlanuvchi va standart eritmalarning hajmini balandligi.
41


Spektrofotometriya va fotokolorometriya usullarida moddalar miqdorini aniqlash uchun shu 
moddalarni eng kam miqdori bilan rangli eritma hosil 
qilishi uchun qo‘llaniladigan kimyoviy 
reaksiyalarni ob’ektiv baholash lozim bo‘ladi. Buning uchun molyar nur yutish ko‘rsatkichlarini Emax 
aniqlanadi va shu qiymatlardan foydalaniladi.
Dmin
Smin
Emax • X max
Shu formula asosida Emax (molyar konsentratsiyadamida spektrofotometriya usulida qo‘llash uchun 
moddaning eng kichik miqdorini aniqlash mumkin.
Agar D = 0,001, l=1sm, Emax=100000 deb qabul qilinsa u xolda
1
.
10-3
S = -----------= 1.10
-8
mol/l bo‘ladi.
1
.
105
Agar l ni 
10
sm gacha oshirsak sezgirlikni 
10
marta oshirish mumkin, demak 
Smin = 
1
.
10-9
mol/l 
bo‘ladi.
Hozirgi zamon fotokolorimetriyalarida aniqlash aniqlik darajasi Dmin - 0,01 ga yaqin qiymatga ega. 
Rangli eritmalarda molyar yutish koeffitsenti (E) ning qiymati 50000 dan oshmaydi va shunga ko‘ra 
Smin qiymati 1.10
-7
mol/l gacha (l=1 sm bo‘lganda) kamayadi.
Reaksiya sezgirligi 
faqat minimal konsentratsiyanm emas, balki 
aniqlash minimumini 
xarakterlaydi, yani ma’lum bir sharoitda moddani reaktivlar bilan hosil 
qiladigan reaksiya 
mahsulotlarni aniqlash uchun ketgan eng kam miqdoriga aytiladi. L.B.Ginzbur va YU.Lure, hamda 
Sendal shuni ko‘rsatkdilardi, rangli reaksiya sezgirligi optik zichligi D=0,01 ga teng bo‘lgan 1sm

ko‘ndalang kesimli eritmaning rangli eritmaga aylantirilgan tekshiriluvchi eritma mikrogramm 
(mkg=
1
.
10
-
6
g) qiymati bilan ifodalangan (rangli reaksiyaning shartli sezgirligi).
Ko‘pgina rangli reatsiyalarning minimum sezgirligi spektrofotometrik va fotometrik usullarni 
aniqlashda 
0
.
01
-
0,001
mkg/sm
2
oralig‘ida bajariladi.
Moddalar eritmasini nur yutish xususiyatini tahlil qilishda quyidagi xatoliklar uchrashi mumkin.
1. 
Ayrim xolatlarda rangli eritmalar dissotsiatsiyaga yoki polimerlanishga, erituvchilar bilan 
birikishi yoki tarkibidagi mavjud boshqa moddalar bilan (masalan: tuzlar, kislotalar va asoslar), 
natijada rangli eritmalarni nur yutish xususiyati o‘zgarishi mumkin.
2. 
Natijada izlanuvchi moddaning optik ko‘rsatkichi o‘zgrishi, hamda optik ko‘rsatkichni 
modda eritmasining 
konsentratsiyasiga bog‘liq xolati, ya’ni Buger-Lambert-Ber qonuniga 
bo‘ysinmasligi kuzatiladi.
3. 
Kolorimetrik tahlil uchun hosil qilingan rangli eritma ma’lum rn sharoitda, aniq rang hosil 
qiluvchi reaktiv miqdorida va hosil bo‘lish oralig‘i, hamda aniq xarorat jarayonida olib borishni talab 
etiladi. Masalan: ayrim modda eritmalar turg‘un emas, havodagi kislotrod ta’sirida oksidlanishi, 
yorug‘lik ta’sirida parchalanishi, yoki kogulyasiyaga uchrashi mumkin. Bunday xolatlarda yangi 
tayyorlangan reaktiv eritmalardan, hamda eritmadagi moddani turg‘unligini oshirish uchun 
stabilizatorlardan foydalanishni talab etadi yoki himoyachi kolloidlardan jelatina, kraxmallardan 
foydalaniladi.
4. 
Ko‘proq kolorimetrik tahlilni olib borishda begona moddalar rang hosil qilishda xalaqit 
qilishi mumkin. Bunday xolatlarda niqoblash usullaridan foydalaniladi. Ular oksidlanish-qaytarish, 
kompleks birikma hosil 
qilish yoki ekstraksiya jarayonlari asosida amalga oshiriladi. Ayrim 
xolatlarda nur yutish oralig‘ini o‘zgartirish asosida, ya’ni xalaqit qiladigan moddani nur yutmaydigan 
oralig‘ida aniqlashni olib borish tavsiya etiladi.
Fotometriya usulining oddiyligi, universalligi va tez olib borilishida nur yutishiga asoslanib moddani 
hamda tarkibidagi chiqindi moddalarni qoldig‘ini (
10
-6%) gacha aniqlashni olib borilishi mumkin.
42


Ayniqsa sanoatda po‘latni, ayrim rangli qotishmalarni va qora metallarni, yarim-o‘tkazgichlarni, har 
xil modda eritmalarini, suv xavzalaridagi suvlarni sifatini aniqlashda keng qo‘llanilmoqda.
7-MA'RUZA. SPEKTROFOTOM ETRIYA. SPEK TRO FO TO M ETRIK USULDA 
Q O ‘LLANILADIGAN SPEKTROFOTOM ETRLA R VA KYUVETALAR HAQIDA 
MA’LUMOT. NUR YUTISH SPEKTRI HAQIDA MA’LUMOT.
M a'ruza rejasi:
1Spektrofotometriya usulining nazariy asoslari.
2.Spektrofotometr qurilmasining tuzilish sxemasi.
3.Detektorlar,nur manbai,kyuvetalar, svetofiltr haqida ma’lumot
4.Nur yutish spektri.
Tayanch so'z va iboralar: 

Download 6,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish