NAZORA T SA VOLT A RT: 11.
YMR tahlil usuli haqida ma’lumot bering.
12.
YMR ning tarkibiy qismlari va ularning funksiyalari haqida ma’lumot bering.
13.
YMR usulilda dori moddalarining konsentratsiyasi qanday topiladi.
14.
YMR usul bilan eritma muhitini aniqlash tartibi qanday?
15.
YMR usulda dori moddalar chinligi qanday aniqlanadi?
15- LABORATORIYA M A SH G U LO T I. -FLYUORIM ETRIK USULNI DORI VOSITALARI
TAHLILIDA Q O ‘LLANILISHI.
L aboratoriya m ashg‘ulotining rejasi
3) Lyuminessent tahlil, nazariy asoslari va zaharli moddalar tahlilida qo‘llash.
4) Fluorimetrlar va ularning tuzilishi
5) Sifat lyuminessent tahli
6) Miqdoriy lyuminessent tahlil
M ashg’ulot maqsadi: flyuorimetrik tahlil usulini dori moddalar tahlilida qo'llanilishi bilan
talabalarni tanishtirish.
L aboratoriya mashg’ulotini bajarish davrida kutilayotgan natijalar:
Laboratoriya mashg’ulotini bajarish davrida talabalar zamonaviy tahlil usullarini o’zlashtiradilar.
L aboratoriya m ashg'ulotlarini o'tkazish uchun z a ru r asbob-uskunalar: flyuorimetr, probirkalar,
ajratgich voronkalar, reaktivlar, ko‘rgazmali materiallarlar.
L aboratoriya jihozlari : Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona
Lyuminessent tahlil, nazariy asoslari va zaharli m oddalar tahlilida qo‘llash.
Nazariy asoslari. Bir xil tur moddalar xona haroratida qizdirilmasa ham o‘zlaridan yorug‘lik
tarqatadilar. Bu xodisa sovuq nur sochish yoki
lyuminessensiya deb ataladi. Lyuminessensiya
lotincha
lumen — nur va -escent — kuchsiz ta’sir ma’nolarini anglatadi. Atomlar va molekulalarning
yorug‘lik energiyasini yutish xususiyatiga ko‘ra, ular yorug‘lik energiyasini o‘zlarida yig‘adilar. Bu
atomning qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi. Qo‘zg‘algan atom yoki molekulalar o‘zlarining ortiqcha
energiyalarini yoki shu energiyaning bir qismini yorug‘lik ko‘rinishida nurlantirishlari mumkin.
Ortiqcha energiyaning boshqa qismi moddadagi elektronlarni uzishga - moddani ionlashtirishga,
fotokimyoviy reaksiyalarga, moddani qizdirishga sarflanishi mumkin. Lyuminessent nurlanish
yorug‘lik ta’siri to ‘xtagandan keyin nisbatan uzoq vaqt davom etishi mumkin. Nurlanish davomiyligi
turli lyuminessent moddalar uchun turlichadir: soniyaning milliardlar ulushidan (alohida atom va
molekulalar uchun) to soatlar va hattoki bir necha sutkagacha (kristallofosforlar uchun) davom etishi
mumkin.
Lyuminessent tahlil usuli jarayon holatidan kelib chiqib, qo‘yidagicha sinflanadi.