R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


-§. Hokim - mahalliy ijroiya va vakillik



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

3-§. Hokim - mahalliy ijroiya va vakillik
hokimiyatining rahbari sifatida
Hokim institutining joriy etilishi o ‘zbek milliy davlatchiligi 
a n ’analari va tarixiy tajribalarning qaytadan tiklanishining 
tarixiy tajriba va a n ’analarga asoslanadi. Iskandar davrida 
mahalliy aholi vakillaridan Artaboz - Baqtriyada, Oksiart va 
X oriyon - S o‘g ‘diyona viloy atlarid a hokim lik qilganlar. 
Xususan, Amir Temur va temuriylar davlatchiligida davlat 
boshqaruvi oliy darajadagi am aldorlardan tashkil topgan 
m arkaziy boshqaruv va viloyat hokim lari q o iid a mahalliy 
boshqaruv asosiy o ‘rin tutib, ular m am lakatning amaldagi 
haqiqiy egalari edilar. M ustaqillikning ilk kun larid an o q , 
mahalliy hokimiyat organlari faoliyatida yakkaboshchilikni 
kuchaytirish maqsadida hokim lavozimi ta ’sis etildi va 1991- 
yil dekabr oyida Toshkent shahri aholisi tom onidan ilk bor 
shahar hokimi saylandi. Oliy Kengash tomonidan 1992-yil 4- 
yanvarda qabul qilingan « 0 ‘zbekiston Respublikasi mahalliy 
hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to ‘g‘risida»gi qonun 
hokim institutining asosiy vazifalarini belgirlab bergan b o isa, 
«Mahalliy davlat hokimiyati. to ‘g‘risida»gi 1993-yil 2-sentabr 
qonuni hokim instituti faoliyatining tashkil etilishini qonuniy- 
lashtirdi.
Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shahar- 
ning oliy m ansabdor shaxsi b o iib , ayni bir vaqtda tegishli 
hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. 
«Kuchli ijroiya hokimiyati b o im a sa , hatto eng dem okratik 
y o ‘1 b ilan q ab u l qilin g an q a ro rla r ham b a jarilm aslig i 
mumkin»,113 — deydi 0 ‘zbekiston Prezidenti.
113 Karimov I.A. O'zbekistonning o ‘z istiqlol va taraqqiyot y o ii. — Т.:
1992, 16-bet.
261


Hokimlik lavozimi ijro hokimiyatini kuchaytirish maqsadida 
vujudga keltirilgan. Hokim nafaqat joylarda ijro hokimiyatini 
boshqaradi, balki vakillik organlarini ham boshqaradi.
Hokimlar vakillik organlaridan farq qilib, tayinlash y o ii 
bilan ta ’sis etiladi. Viloyat hokim lari va Toshkent shahar 
hokim i 0 ‘zbek iston R esp ublikasi P rezidenti to m o n id an
tayinlanib, lavozimidan ozod qilinadi, tayinlash va ozod qilish 
viloyat va Toshkent shahar Kengashlari sessiyasida tasdiqlanadi. 
Bu viloyat va Toshkent shahar hokimlari 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Prezidentining shu joylardagi vakili ekanligini ko‘rsatadi. 
Natijada markaziy va mahalliy ijro organi o ‘rtasida mustahkam 
aloqa vujudga keladi. Viloyat T oshkent shahar hokim lari 
hokimlik tizmining yuqori b o ‘g‘inini tashkil etadi.
H okim lik tizim ining keyingi b o ‘g ‘ini tum an va shahar 
hokim laridir. U lar ham ikki guruhga b o ‘linadi. Birinchisi, 
viloyat tarkibidagi tumanlar va viloyatga bo‘ysunuvchi shahar­
larning hokim lari. Bu hokim lar viloyat hokimi tom onidan 
lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi ham da 
tegishli hudud xalq deputatlari Kengashida tasdiqlanadi.
Shahardagi tumanlaming hokimlari, shahar hokimi tomonidan 
lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Shahar 
tarkibidagi tum anlarda vakillik hokimiyati organlari b o ‘lma- 
ganligi uchun, hokimlami lavozimga tayinlash yoki lavozimidan 
ozod qilish shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Tum anga b o ‘ysunuvchi shaharlarning hokim lari, tum an 
hokimi tom onidan lavozimga tayinlanadi yoki lavozimidan 
ozod qilinadi. Tumanga b o ‘ysunuvchi shaharlarda ham vakil­
lik organi b o ‘lmaganligi uchun hokimni lavozimga tayinlash 
va lavozimidan ozod qilish masalasi tum an xalq deputatlari 
Kengashlarida tasdiqlanadi.
Hokimlami lavozimga tayinlashda bir tomondan Prezident va 
yuqori hokimlar, ikkinchi tomondan tegishli vakillik organlari- 
ning ishtirok etishi, hokimlarning yuqori va mahalliy vakillik 
organlari oldida, xalq vakillari oldida mas’uliyatni kuchaytiradi.
«Mahalliy davlat hokimiyati to ‘g‘risida»gi qonunning 21- 
moddasiga ko‘ra, viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyatiga 
hokim boshchilik qiladi. Hokim 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazir­
lar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi o ‘rinbosar va 
o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi. Viloyat va Toshkent shahar hokimi- 
ning birinchi o ‘rinbosari hamda o ‘rinbosarlari hokim tomonidan 
0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishilgan holda 
lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda
262


qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari Kengashining 
tasdig‘iga kiritiladi. Tuman, shahar hokimining o‘rinbosarlari 
tegishli hokim to m o n id an y uqori tu ruv chi hokim bilan 
kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod 
etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman, shahar xalq 
deputatlari Kengashining tasdig‘iga kiritiladi.
Shahardagi tuman, tumanga bo‘ysunuvchi shahar hokimi­
ning o ‘rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi 
hokim bilan kelishilgan h o ld a lavozim ga tay in lan ad i va 
lavozimidan ozod etiladi.
Hokimning o ‘rinbosarlari hokim tom onidan belgilangan 
vazifalar taqsimotiga muvoflq ish bajaradilar. Hokim yo‘qligida 
yoki u zimmasidagi vazifalarni bajarish im koniyatiga ega 
bo‘lmagan taqdirda uning vakolatlarini birinchi o ‘rinbosar yoki 
hokimning topshirig‘iga binoan uning o ‘rinbosarlaridan biri 
bajaradi.
Viloyat, tum an va shahar hokimliklari faoliyatida hokim 
ijroiya mahkamasining ishini tashkil etish katta ahamiyatga 
ega. Chunki, hokim o ‘z vakolatlarini ijro mahkamasi orqali 
amalga oshiradi.
«Mahalliy davlat hokimiyati to ‘g‘risida»gi qonunning 22- 
moddasiga ko‘ra, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (hokim- 
liklar) boshqarm alar, b o ‘limlar va boshqa b o ‘linm alardan 
iborat bo‘lib, ularning strukturasi, ularni tashkil etish tartibi 
va faoliyati 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasi 
tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya hokimiyati organlari- 
ning strukturasi va shtatlari hokim tom onidan 0 ‘zbekiston 
R espublikasi V azirlar M ahkam asi bilan kelishilgan holda 
tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida 
belgilanadi va o‘zgartiriladi.
Tuman, shahar ijroiya hokimiyati organlarining strukturasi 
va shtatlari hokim tom onidan yuqori turuvchi hokim bilan 
kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan 
budjet doirasida belgilanadi va o ‘zgartiriladi. Viloyat, tuman, 
shahar hokimliklari apparatining stukturasi va shtatlari viloyat, 
tuman, shahar xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet 
doirasida belgilanadi va o‘zgartiriladi.
V ilo y at va T o sh k en t sh a h a r ho k im lig i a p p a ra tin in g
namunaviy strukturasi va shtatlari 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar M ahkamasi tomonidan, tum an va shahar hokimligi 
apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari esa yuqori
263


turuvchi hokim tomonidan belgilab qo‘yiladi. Qoraqalpog‘iston 
R espublikasida tum an va sh ah ar hokim ligi ap p aratin in g
namunaviy strukturasi va shtatlari Qoraqalpog‘iston Respub­
likasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Mazkur qoidaga asosan, Vazirlar Mahkamasi hokimliklar 
ijroiya mahkamasining tashkil etish va faoliyat yuritish nizom- 
larini tasdiqlab, bu apparatlar ishini yanada takomillashtirish 
m aqsadida V azirlar M ahkam asining 1997-yil 17-iyundagi 
« V ilo y atlar va T o sh k en t sh a h a r h o k im lik la ri a p p a ra ti 
tuzilmasini takomillashtirish to ‘g‘risida»gi 301-sonli Qarorini 
qabul qildi. Shuningdek, bu b o rad ag i fao liyatn i yanad a 
takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2004-yil 5- 
yanvarda «Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini 
takomillashtirish to ‘g‘risida» qaror qabul qildi.
Bundan tashqari hokimliklar huzurida tuziladigan komis- 
siyalar faoliyatini takom illashtirish va m uvofiqlashtirish, 
Kengashlar ishini tashkil etish katta ahamiyatga ega. Mahalliy 
hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish 
yuzasidan komissiyalar tuzishning ijobiy tom onlari mavjud 
bo‘lib, uning tarkibi m a’lum sohaga tegishli idoralar rahbar- 
laridan tuziladi. U shbu komissiya va m uvofiqlashtiruvchi 
K en g ash lar m a ’lum so had a m avjud m a salalarn i am alga 
oshirishda sohaga tegishli idoralarning boshqaruv faoliyatini 
muvofiqlashtiradi, amalga oshirilishi kerak b o ‘lgan tadbirlar 
rejasini ishlab chiqadi.
Mahalliy ijroiya hokimiyatlar Kotibiyati sessiyalar, majlis- 
lar, hokim maslahat Kengashi yig‘ilishlariga tayyorgarlikni va 
unda qabul qilinadigan qarorlarning ekspertizasini, mahkama 
ishining istiqbol va joriy rejalarini ishlab chiqishda, xalq 
d ep u tatlari K engashining doim iy kom issiyalariga uslubiy 
yordam k o ‘rsatadi. Shunigdek, qabul qilingan qarorlar va 
boshqa hujjatlarning ijrosini tezkorlik bilan nazorat qilinishini 
tash k il etadi. K o tib iy at hokim m ahkam asi fao liyatining 
ijtim o iy , m o ddiy, texnik va a x b o ro t v o sita la ri b ilan
ta ’minlanishini amalga oshiradi.
Tegishli hudud hokimliklari huzurida xo‘jalik va ijtimoiy- 
madaniy qurilish tarm oqlarini tezkorlik bilan boshqarishni 
ta ’minlash uchun tegishli bosh boshqarmalarni birlashtiruvchi 
tarmoq majmualari tuziladi114.
114
To‘laganov A. Davlat hokimiyatining vakillik va o‘zini-o‘zi boshqarish 
organlari faoliyatini tashkil etish. Darslik. —Т.: 2002, 141-b
264


H ududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim 
m uam m olarini m uhokam a qilish uchun hokim h u zurid a 
M aslahat Kengashi tuziladi, uning tarkibiga hokimning birinchi 
o ‘rinbosarlari kotibiyat boshlig‘i kiradi.
M ahalliy ijroiya hokim iyat faoliyatini tashkil etishda 
hokim iyat apparatiga kiruvchi b o iim larn in g o ‘rni alohida 
ahamiyat kasb etadi. U lar quyidagilar: umumiy bo‘lim yuridik 
bo‘lim, tashkiliy kadrlar bo‘limi, ishlar boshqarmasi. Umumiy 
b o ‘lim, hokim ijroiya app aratid a ish yurgizishni aniq olib 
borishni ta ’minlasa, tashkiliy-kadrlar boiim i xalq deputatlari 
K en g ash lari va h o k im iy at fao liy atin i ta sh k iliy , uslubiy 
ta ’minlash va hokim apparatiga kadrlar tanlab olish vazifasini 
amalga oshirish uchun tuziladi. Ishlar boshqarmasining asosiy 
vazifasi esa, xalq deputatlari Kengashi va hokim ijroiya apparati 
faoliyatiga moliyaviy, texnikaviy va transport xizmat ko‘rsatish 
ishlarini tashkil etadi.
Hokimliklar ijroiya mahkamasi xodimlari va xizmatchilari 
o ‘zlarining bevosita rahbarlari — hokim va hokim o ‘rinbosar- 
lari oldida mas’uldirlar.
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari struktura boiinm a- 
larining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod 
etish tartibi «Mahalliy davlat hokimiyati to ‘g‘risida» qonun­
ning 23-moddasida belgilangan b o iib , qonunlarda lavozimga 
ta y in la sh va lav ozim dan ozod qilish n in g o ‘zga ta rtib i 
belgilanmagan b o isa, ijroiya hokimiyati struktura boiinm a- 
larining rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan 
kelishilgan holda tegishli hokimning taqdimiga binoan, xalq 
deputatlari Kengashi tomonidan sessiyalar oraligidagi davrda 
esa, hokim tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan 
ozod etiladilar, bu xususda qabul qilingan qaror xalq deputat­
lari Kengashining tasdig‘iga kiritiladi.
Basharti, qonunlarda lavozimga tayinlash va lavozimdan 
ozo d q ilis h n in g o 'z g a ta r tib i b e lg ila n m a g a n b o i s a ,
sh a h ard ag i tu m an yoki tu m ang a b o ‘ysu nadigan sh ah ar 
ijroiya hokim iyati stru k tu ra b o iin m a la rin in g rah b arlari 
dav lat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan 
holda tegishli hokim tom onidan lavozimga tayinlanadilar 
va lavozimdan ozod etiladilar. Hokim ijro m ahkam asi o ‘z 
ish faoliyatini mavjud K onstitutsiyaviy norm alar, qo n u n ­
la r, P re z id e n t fa rm o n la ri va fa rm o y is h la ri, V a z irla r 
M ahkam asi q aro rlari va ijro m ahkam asining Reglam enti 
asosida amalga oshiradi.
265


M ahalliy ijroiya organining rahbari sifatida hokim ning 
vakolatlari qonunning 25-m oddasida aniq sanab o ‘tilgan. 
Viloyat, tuman va shahar hokimi:
— Qonunlar va 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
boshqa hujjatlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar 
Mahkamasining hujjatlari, yuqori turuvchi organlar va tegishli 
xalq deputatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;
— Jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi 
kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta ’minlash, ularning huquq- 
larini himoya qilish va salom atligini m uhofaza etish bilan 
bog‘liq chora-tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va 
boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
— Viloyat, tuman va shahami iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish- 
ning asosiy yo‘nalishlarini, viloyat, tuman, shahar budjetining asosiy 
ko‘rsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlami xalq deputat­
lari Kengashining tasdig‘iga taqdim etadi;
— 0 ‘z o ‘rin b o sarlari va ijroiya hokim iyati stru k tu ra
bo‘linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozim- 
dan ozod etish to‘g‘risidagi qarorlarni xalq deputatlari Kengashi 
tasdig‘iga taqdim etadi;
— Hokimlik devoni b o ‘linmalari rahbarlarini lavozimga 
tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
— Quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti, ular 
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qabul 
qilgan hujjatlarga, shuningdek, yuqori turuvchi xalq deputatlari 
Kengashi va hokimning qarorlariga zid bo‘lsa, bekor qiladi va xalq 
deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengash- 
larining hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi;
— R a h b a rla ri tegishli xalq d e p u ta tla ri K en g ash lari 
tom onidan lavozimga tayinlanadigan va lavozim dan ozod 
etiladigan ijroiya hokimiyati struktura bo‘linmalarining ishini 
nazorat qiladi;
— X alq d ep u tatlari K engashi va hokim qabul qilgan, 
chiqargan hujjatlarni bajarm aganliklari uchun m ansabdor 
shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to ‘g‘risida qonunda 
belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
— Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnoma- 
larni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;
— Respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning 
rasmiy vakili sifatida ish ko‘radi;
266


— 
A holini qabul qilishni tashkil etadi, fu q aro larn in g
shikoyatlari, arizalari va takliflarini qarab chiqadi.
Hokim rejalashtirish, budjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, 
tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga 
mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik 
qilish, qishloq xo‘jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan 
foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l 
xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy 
xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, 
huquq-tartibot va xavfsizlikni ta ’minlash, fuqarolarning huquq 
va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida 
o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish