R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Hjjeanov O. Mustaqillik va mahaJliyHiekimiyat. —Т.: «Sharq», 1996,32-b. /



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

111 Hjjeanov O. Mustaqillik va mahaJliyHiekimiyat. —Т.: «Sharq», 1996,32-b. /
ll2^-K^arimov I.A. 0 ‘zbekistonpitfg o ‘z isthsdol va^ rS tiqiyot y o ‘li. — Т.: 4


Xalq deputatlari K engashlarining saylov orqali tashkil 
etilishi, ularning vakillik xarakterini yaqqol k o ‘rsatadi. Y a’ni 
saylov natijasida fuqarolar bu organlarga o ‘zlarining vakillarini 
saylaydi. Kengashlarga saylangan deputatlar saylovchilardan 
vakolat olib, ularning nomidan o ‘z faoliyatini yuritadi. Ular, 
boshqacha qilib aytganda, davlat hokimiyati organlaridagi 
xalqning muxtor vakilidir.
X alq d e p u ta tla rin in g saylovi 1994-yil 5-m ayda qabul 
qilingan «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengash­
lariga saylov to ‘g‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinadi. Unga 
ko‘ra, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga 
saylov hududiy bir m an d aatli saylov o kruglari b o ‘yicha 
ko ‘ppartiyalilik asosida besh yil muddatga o ‘tkaziladi.
X alq deputatlari viloyat, tum an va shahar K engashlari 
deputatlari umumiy, teng va to ‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi 
asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.
D eputatlar saylovini o ‘tkazish uchun:
— Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengash­
lariga deputatlar saylashda oltmishtadan k o ‘p bo‘lmagan;
— Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga deputat­
lar saylashda o ‘ttiztadan k o ‘p bo‘lmagan hududiy saylov okrugi 
tuziladi. H ar bir saylov okrugidan tegishli xalq deputatlari 
Kengashiga bitta deputat saylanadi.
— Xalq deputatalari viloyat, tum an va shahar Kengash­
lariga saylov o ‘tkazuvchi saylov okruglari soni aholining, 
saylovchilarning soni, hudud va boshqa mahalliy sharoitlarni 
inobatga olgan holda ushbu Qonunda belgilangan norm alar 
d o irasid a tegishli xalq d e p u ta tla ri K engashi to m o n id an 
belgilanadi.
Saylov okruglari tegishli viloyat, tum an, shahar saylov 
komissiyalari tomonidan, qoida tariqasida, saylovchilar soni 
teng holda tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari viloyat­
lar, tum anlar va shaharlarning m a’muriy-hududiy tuzilishini 
inobatga olgan holda belgilanadi.
Qonunning 9-moddasiga binoan saylovni tashkil etish va 
o ‘tkazish uchun:
Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o ‘tkazuvchi 
viloyat saylov komissiyasi;
— Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o ‘tkazuvchi 
tuman saylov komissiyasi;
— Xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov o ‘tkazuvchi 
shahar saylov komissiyasi;
256


— Okrug saylov komissiyalari;
— Uchastka saylov komissiyalari tuziladi.
Xalq deputatlari viloyat, tum an, shahar K engashlariga 
saylov yuzasidan saylov kompaniyasi boshlanganligi deputat- 
larning vakolat m uddati tugashidan kam ida uch oy oldin 
0 ‘zb ek isto n R esp u b lik asi M arkaziy saylov kom issiyasi 
to m o n id an omm aviy ax b o ro t vositalarid a e’lon qilinadi. 
Q onunning 20-m oddasiga k o ‘ra, X alq depu tatlari viloyat 
K engashlari deputatligiga nom zodlar k o ‘rsatish huquqiga 
siyosiy partiyalar, bevosita fuqarolar egadirlar.
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatligiga 
nomzodlar ko'rsatish huquqiga siyosiy partiyalar, fuqarolar­
ning o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, bevosita 
fuqarolar egadirlar.
23-moddaga binoan:
— S odir etilg an jin o y a ti uchu n su d lan g a n lik h o la ti 
tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
— Saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida 0 ‘zbekis- 
ton Respublikasi hududida muqim yashamagan shaxslar;
— 0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy 
xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligi- 
ning, boshqa harbiylashtirilgan b o ‘linmalarning xodimlari;
— Diniy tash kilotlar va birlashm alarning professional 
xizmatchilari deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmaydilar.
Saylovoldi tash v iq o t d e p u ta tlik k a n o m zodlar tegishli 
viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro ‘yxatga 
olingan kundan boshlanadi. Saylovchilarning ro'yxatlarini 
tuzish, fuqarolarni ro 'yx at bilan tanishtirish, ovoz berishni 
tashkil etish va saylov natijalarini aniqlash tegishli saylov 
komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Xalq deputatlari Kengashlariga saylanadigan deputatlarning 
tarkibini kuzatsak, ular orasida aholining hamma qatlamlariga 
tegishli kishilar borligini ko‘ramiz, deputatlar orasida turli kasb, 
millat, yosh, partiya, turli jins vakillarining mavjudligi, bu 
organning haqiqatan vakillik organi ekanligidan dalolat beradi.
«Mahalliy davlat hokimiyati to ‘g‘risida»gi qonunning 1- 
moddasiga ko‘ra, xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, 
tum an va shahar uchun umumiy bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlari, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi 
q ab u l qilgan h u jjatlar, yuqori turu v ch i xalq d ep u tatla ri
257


Kengashlari va hokim lar qarorlarining ijrosini, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan 
fuqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari o ‘rtasidagi aloqa­
larni, aholini viloyat, tum an va shaharni boshqarishga jalb 
etishni ta ’minlaydi.
Mahalliy hokimiyat organlari o ‘zlarining butun faoliyatini 
davlat hamda fuqarolarning manfaatini k o ‘zlab olib boradi- 
lar, natijada davlat m anfaati bilan fuqarolarning m anfaati 
o ‘rtasida mushtaraklik vujudga keladi. 0 ‘zbekiston Respub­
likasida davlat faoliyatining muhim prinsiplaridan biri qonuniy- 
likdir. Bu prinsip mahalliy vakillik faoliyatiga ham taalluqlidir, 
shuning uchun ularni o ‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni 
hal qilishini Konstitutsiyada belgilanishi tabiiydir.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlarini 
qabul qiladi va b asharti ana shu h u jjatlard a o ‘zga tartib
belgilanmagan bo‘lsa, imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Kengashi o ‘z vakolatlari doirasida qabul 
qilgan hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan 
barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxs­
lar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Q onunning 7-m oddasida mahalliy vakillik organlari va 
ijroiya organlari faoliyatining iqtisodiy asosini tashkil etuvchi 
mulk shakllari berilgan b o ‘lib, unga k o ‘ra ushbu mulklarni 
m a’muriy-hududiy tuzilm alarning davlat mulki (kommunal 
m ulk) ham da viloyat, tum an va shahard a m avjud b o ‘lib, 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk 
tashkil etadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, 
tu m an , sh ah ar hokim i m u tlaq 0 ‘zbekiston R espublikasi 
mulkida b o ‘lgan davlat mulki obyektlariga nisbatan ishlab 
chiqarish va ijtimoiy obyektlarni samarali joylashtirish, tabiiy 
va m ehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-m uhitni 
m uhofaza etish, aholini ijtim oiy him oya qilish sohasida 
nazoratni amalga oshiradilar.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, viloyat, 
tum an, shahar hokimi o ‘zlari idora qilayotgan hududdagi 
mulkchilikning turli shakliga asoslangan korxonalar uchun 
0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilmagan, 
tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyatini erkin yuritishga to ‘sqinlik 
qiladigan cheklovlarni joriy etishga haqli emaslar.
Q onunning 8-moddasiga k o ‘ra, xalq deputatlari viloyat, 
tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida
258


o ‘ziga berilgan yoki qonunlarga muvofiq o ‘zi sotib olgan obyekt- 
larga nisbatan mulkdor vakolatlarini to ‘liq amalga oshiradi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol- 
mulki, budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari fondlarning va 
aniq m aqsadga qaratilgan fondlarning m a b la g ia ri viloyat, 
tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar ahamiyatiga 
ega bo‘lgan muhandislik infrastrukturasi obyektldri va boshqa 
obyektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq ta ’l/mi, sogiiqni 
saqlash, ijtimoiy ta ’m inot, fan va m adaniyat inuassasalari, 
viloyat, tuman, shahar mablag‘i hisobidan tashknl etilgan yoki 
sotib olingan, shuningdek, ulushbay asoslarda rashkil etilgan 
yoki sotib olingan yoxud xalq deputatlari viloyat, tum an, 
sh ah a r K engashiga b o sh q a m an b alard an bepul berilgan 
qimmatli qog‘ozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, shahar 
mulki bo‘lishi mumkin.
«Mahalliy davlat hokimiyati to ‘g‘risida»gi Qonunning III 
bobi mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining moliyaviy asosiga 
b ag ‘ishlangan. 13-moddaga k o ‘ra, viloyat, tum an, shahar 
budjeti daromadlariga:
— 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq olinadi- 
gan soliqlar va yig‘imlar;
— Viloyat, tuman va shaharga qarashli mol-mulkni ijaraga 
berish yoki sotishdan keladigan tushumlar;
— Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda viloyat, tuman, 
shahar mulki hisoblangan korxonalar, muassasalar va tashkilot- 
larning tekshirish vaqtida aniqlangan yashirib qolingan yoki 
kamaytirib k o ‘rsatilgan daromadlarining muayyan qismi;
— 0 ‘zbekiston R espublikasining qonunlariga muvofiq 
boshqa tushumlar kiritiladi.
Bundan tashqari, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar 
Kengashi:
— Fuqarolar, mulkchilik shaklidan q at’i nazar, korxona­
lar, m uassasalar va tashkilotlarning ixtiyoriy badallari va 
xayriyalaridan;
— 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq undiri- 
ladigan ayrim turdagi jarimalardan;
— Budjetdan tashqari o ‘zga mablag‘lardan tarkib topadigan 
budjetdan tashqari fondlar hosil qilishi mumkin. Budjetdan 
tashqari fondlarning m ablagiari bankdagi maxsus hisob raqam- 
larda turadi, ularni olib q o ‘yish mumkin emas, ular tegishli 
xalq d ep utatlari K engashi va hokim ning qaroriga binoan 
sarflanadi.
259


Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy 
ish shakli sessiyadir. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar 
Kengashining sessiyalari tegishli hokim, hokim yo‘qligida esa 
uning o ‘rinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab, biroq 
yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Deputatlar uchun sessiya- 
lar davlat ishida qatnashish maktabidir. Bu bilan har bir deputat 
Kengash sessiyasida masalalarni hal qilishda faol ishtirok etish, 
mavjud kamchiliklarni ochib tashlash, Kengash, hokimlik va 
ularga bo‘ysungan organlar faoliyatini yaxshilashga qaratilgan 
takliflar kiritish im koniyatiga ega b o ‘ladi. Sessiyalar, xalq 
deputatlarining tegishli Kengash deputatlari kamida uchdan ikki 
qismining tashabbusiga binoan ham chaqirilishi mumkin. 
Kengash sessiyasini chaqirish to ‘g‘risidagi qarordan deputatlar 
sessiya ochilishidan kamida yetti kun oldin xabardor qilinadi.
Yangi saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar 
Kengashining birinchi sessiyasi hokim tomonidan saylovdan 
keyin kechi bilan uch haftalik muddat ichida chaqiriladi va u 
keksa deputatlardan biri tomonidan ochiladi. Xalq deputat­
lari Kengashi sessiyalarida hokim, u yo‘qligida esa Kengash- 
ning qaroriga yoki hokimning topshirig‘iga binoan mazkur 
Kengashning deputatlaridan biri raislik qiladi. Xalq deputat­
lari Kengashining har bir sessiyasini o ‘tkazish davrida deputat­
lar orasidan sessiya kotibi yoki kotibiyati saylanadi.
Xalq deputatlari Kengashining sessiyasi, basharti unda jami 
deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli 
hisoblanadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi 
sessiyasida muhokama qilinayotgan masalalar b o ‘yicha ochiq 
yoki yashirin ovoz berish orqali, deputatlar umumiy sonining 
ko'pchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi.
«Mahalliy davlat hokimiyati to ‘g‘risida»gi qonunning 18- 
moddasida belgilanganidek, xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini 
chaqirish va o‘tkazish, sessiya muhokamasiga masalalar kiritish va 
ularni qarab chiqish, xalq deputatlari Kengashi organlarini tashkil 
etish va saylash, ularning faoliyatiga doir hisobotlami tinglash, 
deputatlar so‘rovlarini, qaror loyihalarini qarab chiqish, ovoz berish, 
qarorlami e’lon qilish, sessiyaga taklif etiladigan shaxslar sonini 
aniqlash tartibi, shuningdek, deputatlarning mas’uliyati va sessiya 
ishini tashkil etishga doir boshqa masalalar xalq deputatlari 
Kengashining ish tartibiga muvofiq belgilanadi.
Xalq deputatlari Kengashi huzurida sessiya muhokamasiga 
kiritiladigan m asalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va 
tayyorlash, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini va 0 ‘zbekis-
260


ton Respublikasining qonun hujjatlarini ro ‘yobga chiqarish 
uchun ko‘maklashish, vakolatlari doirasida nazorat o ‘rnatish 
maqsadida xalq deputatlari Kengashi o ‘z vakolati muddatiga 
doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzadi. Komissiyalar faoliyati­
ning o ‘ziga xosligi, eng avvalo, shundan iboratki, ular orqali 
deputatlar sessiyalar oralig‘idagi davrda kengash faoliyatiga 
bevosita va doimiy jalb qilinadi. Doimiy komissiyalar - mahalliy 
xalq deputatlari Kengashlarining strukturaviy organlari boiib, 
ko‘pchilik deputatlarni, ya’ni ko‘p sonli faollarni birlashtiruvchi, 
jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi organdir.

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish