R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Qarang. «O ‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to ‘g ‘risida»gi Qonuni



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

116 Qarang. «O ‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to ‘g ‘risida»gi Qonuni
(y a n g i tah riri) 
II
0 ‘ze k isto n R e sp u b lik a si O liy M a jlisin in g
Axborotnomasi, 2001-yil, 1-2-son, 10-modda.
117 Karimov I.A. 0 ‘zbekistonXXI asrga intilmoqda. — Т.: « 0 ‘zbekiston»,
1999, 29-30-betlar.
284


«Qonuniylik» deganda barcha davlat va nodavlat organlar, 
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning 0 ‘zbekis- 
ton Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlar va ularga muvofiq 
keladigan boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga og‘ishmay amal 
qilishi va ijro etishi tushuniladi.
Bunday tam oyil odil sudlov uchun davlat faoliyatining 
ushbu turi, yuqorida uni ta ’riflashda qayd qilinganidek, qonun 
talablariga rioya etgan holda va unda belgilangan fuqarolik va 
jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish tarkibiga og‘ishmay amal qilish 
bilan chambarchas bogiiqligi sababli alohida ahamiyat kasb 
etadi. Qonunga rioya qilinmaydigan joyda odil sudlov haqida 
gap ham b o ‘lishi m um kin emas. Bu k o ‘proq z o ‘ravonlik 
bo'ladi, bunday «odil sudlov» o ‘zining ijtimoiy funksiyasini 
bajarishga qodir emas.
S udyalarning m ustaqilligi va ularn ing fa q a t qonunga 
bo‘ysunishi 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112- 
moddasida berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, «Sudyalar mustaqildir- 
lar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni 
am alga osh irish b o rasid ag i fao liy atig a b iro n -b ir ta rz d a 
aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga 
muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi». Shu bilan birga «Har 
bir kishi o ‘zining huquqlari va burchlarini hamda unga qo‘yilgan 
jinoiy aybning asosligini belgilash uchun to ‘liq teng huquqli- 
lik asosida o ‘z ishining mustaqil va xolis sud tomonidan oshkora 
tarzda va adolatlilikning ham m a talablariga rioya qilgani 
hamda к о ‘rib chiqilishi huquqiga egadir. Sudlar mustaqilligi 
tam oyilining m ohiyati sudning tashq arid an aralashuvisiz, 
qandaydir tazyiqsiz yoki boshqacha ta ’sir ko‘rsatishsiz, qonun 
talablariga q at’iy rioya qilgan holda mas’ul qarorlar qabul qilish 
uch u n im k o n iy at b erad ig an sh a ro itla rn i t a ’m inlashga 
intilishdan iborat.
Sudning mustaqilligi asosan ikkita asosiy element yig‘indisi- 
dan tashkil topadi: sud hokimiyati va sudyalarning o ‘zlarining 
tashkiliy (institutsional) va funksional mustaqilligidir.
Sud hokimiyati tashkiliy mustaqilligining mohiyati sudlar 
hokimiyatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlariga 
b o ‘ysunmasligi, xolis, m ustaqil b o ‘lish lozimligi haqidagi 
g‘oyadan iborat. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat 
organlari hokim iyatning vakolatlariga kiradigan qarorlarni 
qabul qilishi mumkin emas. Bundan tashqari, sudlar faoliyatini 
moliyalashtirish faqat qonun chiqaruvchi hokimiyat tasdiq- 
laydigan davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan
285


markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Ularning moddiy 
texnika ta ’minoti va faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan 
vositalarga doir ishlarning tashkil etilishi «Sudlar to ‘g‘risida»gi 
qonunning 11-moddasiga muvofiq, maxsus vakolatli organ 
tomonidan bajariladi.
Sudlarning funksional mustaqilligi sudyalarning ishlarni hal 
etishda faqat Konstitutsiyaga va qonunga bo‘ysinishini nazarda 
tutadi. Odil sudlovni amalga oshirishning protsessual kodeks- 
larga binoan belgilanadigan qoidalari sudyalarning ishlarini 
kimlarningdir fikrlari, talablaridan xoli b o ‘lgan holda k o ‘rib 
chiqish va hal etishi, shu jumladan, sudyalar maslahatida o ‘zi- 
ning ishiga doir fikr-mulohazalarni bayon qilishni ta ’minlashi 
lozim. Jumladan, sud faqat ushbu ishga daxldor sud tarkibiga 
kiradigan sudyalar ishtirokida maslahatxonada ish yuzasidan 
qaror chiqaradi. Boshqa shaxslarning qatnashishiga esa yo‘l 
qo ‘yilmaydi.
Sudyalar ham maslahat paytida bildirilgan mulohazalarni 
oshkor qilishlari mumkin emas.
Odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron- 
bir tarzda aralashishga, yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish 
qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi. ( 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasidan).
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga 
k o ‘ra « 0 ‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil 
huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, 
ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan 
q at’i nazar qonun oldida tengdirlar».

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish