larning K onstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat olib
borishini taqozo etadi. Bundan tashqari, bu Konstitutsiyaviy
tamoyil, barcha normativ huquqiy hujjatlar Konstitutsiyada
mustahkamlangan qoidalarga to ‘liq mos kelishini ham q at’iy
talab etadi. Bu K onstitutsiyaviy qoidaga to ‘la rioya etish
m am lakatda qonunchilik va huquqiy tartibot,
taraqqiyot va
barqarorlik hukm surishiga olib keladi.
Shu m u n o sab at b ilan, qo n u n u stu v o rlig i h aq id a gap
ketganda, avvalo, bir holat haqida ta ’kidlab o ‘tish joiz. Ilmiy
a d ab iy o td a qo nu n ustu v orlig i bilan huq uq hukm ronligi
tushunchalarini b a ’zan aralashtirib yuborish hollari mavjud.
Aslida bular mohiyatan yaqin huquqiy hodisalar b o ‘lsa-da,
har holda bir-biridan muayyan darajada farqlanadi.
Huquq hukmronligi shunda ko‘rinadiki, har qanday davlat,
o ‘zi huquqiy normalar yaratar ekan, eng avvalo, o ‘zi aynan shu
huquqiy
normalarga rioya etishi kerak, ya’ni amaldagi huquq
normalari fuqarolar uchun qanchalik majburiy xaraktera ega
bo‘Isa, davlat uchun ham shunchalik majburiy xaraktera egadir.
Davlat hokimiyati qonunda belgilab qo‘yilgan asoslarda va
doiralarda harakat qilm og‘i, davlat organlari esa, hech bir
istisnosiz harakatdagi huquq normalariga bo‘ysunmog‘i lozim.
Buning m a’nosi shuki, davlat organlari faqat qonun bergan
vakolat doirasida harakat qilib, Konstitutsiyaga muvofiq u-
ning kom petensiyasi (huquq va m ajb u riy atlar m ajm ui)da
kiradigan qarorlarni qabul qilish
va harakatlarni sodir etish
huquqiga ega.
H uquq hukmronligi bu — davlatning, uning m ansabdor
shaxslarining, davlat organlarining, fuqarolarning va ularning
turli tuzilmalarining faoliyati huquq bilan bog‘liqligi, huquq
asosida kechishidir.
Qonun ustuvorligi bu — muayyan bir davlatda amal qilib
turgan huquqiy normalar, normativ-huquqiy hujjatlar ichida
qonunning oliy yuridik kuchga ega ekanligi,
barcha qonun osti
hujjatlari qonunga mos kelishi lozimligidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining uchinchi bobi
huquqiy davlat barpo etishda muhim bo‘lgan ushbu prinsipni
o ‘zida m u sta h k am lag an : « 0 ‘zb ek isto n R e sp u b lik asid a
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning
ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
D avlat, uning o rganlari, m an sab d o r shaxslar, ja m o at
birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq
ish ko‘radilar» (15 -modda).
67
Oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan va 0 ‘zbekiston hududida
bevosita to ‘g‘ridan - to ‘g‘ri amal qiladigan Konstitutsiyaning
ustunligi
shuni anglatadiki, 0 ‘zbekiston h u dudida qabul
qilinadigan barcha qonunlar va boshqa norm ativ hujjatlar
Konstitsiyaga zid kelmasligi, unga mos kelishi lozim. Davlat
hokimiyati organlari, m ansabdor shaxslar, fuqarolar, o ‘zini
boshqarish organlari, barcha boshqa
tashkilot va tuzilmalar
0 ‘zbekiston K onstitutsiyasi va qonunlariga rioya etishlari
kerak. Shu tariqa davlat faoliyati huquq va qonunlar bilan
«bog‘lab» qo‘yiladi, m a’lum darajada cheklab qo‘yiladi.
Qonunlarga rioya etish uchun ular rasmiy tarzda e’lon etilgan
bo‘lishi shart. Qonunlarning e’lon qilinishi — ularga rioya etish-
ning shartidir, chunki e’lon qilinmagan qonun qo‘llanilmaydi24.
Qonun ustuvorligi va huquq hukmronligi («rull of low») —
huquqiy davlatning eng muhim tamoyillaridan, tavsiflaridan
biri hisoblanadi. Biroq biz yuqorida ta ’kidlaganimizdek, qonun
ustuvorligi bilan huquq ustuvorligi bir narsa emas. Chunki har
qanday qonun doim o huquqiy x arak tera ega b o ‘lmasligi
mumkin, ya’ni o ‘zida insonga huquq beradigan, uning erkinligi,
real tengligi, ijtimoiy xavfsizligini t a ’m inlaydigan qoidani
ifodalam asligi m um kin, shu
bois doim o huquq va qonun
tushunchasi bir-biriga mos kelmasligi mumkin.
Shu bois ham olim lar huquq ustuvorligi bilan qonun
ustuvorligini alohida talqin etishlari bejiz emas, alb atta.
M utaxassislarning ta ’kidlashicha, h atto huquq ustuvorligi
g‘oyasining «yoshi» qonun ustuvorligi g ‘oyasinikidan ulug‘roq,
ya’ni undan oldinroq shakllangan. Qonun ustuvorligi g‘oyasi-
ning mazmunini Konstitutsiyaning ustuvorligi, qonunni qabul
qilishning va unga tegishli o ‘zgartirish va q o ‘shimchalar kiritish-
ning alohida tartiboti, muolijasi mavjudligi, qonunga barcha
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning
mos kelishi majburiy-
ligi, qonunni amalga oshirish va uni muhofaza etishning maxsus
mexanizmi mavjudligi, yaxlit qonunchilik tizimining ziddiyatsiz
b o ‘lishini t a ’m in lay d ig an K o n stitu tsiy av iy n a z o ra tn in g
mavjudligi tashkil etadi.
Huquq ustunligi o ‘z ichiga quyidagilarni olishi kerak:
1. Davlat va jamiyat hayotining barcha muhim masalalariga
huquq va qonun nuqtayi nazaridan qarash va hal eitsh;
2. Davlat va jam oat organlarining har qanday qarorlarini
g‘oyaviy-huquqiy asoslash;
Do'stlaringiz bilan baham: