Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar
Inson hayoti mobaynida o’z ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan moddiy narsalarning barchasini tabiatdan oladi.Ya’ni u tabiat bilan ma’lum munosabatda - o’zaro ta’sirda bo’ladi.
Tabiat bilan jamiyat o’rtasida o’zaro ta’sirni tarixiy jihatdan o’rganish ularni munosabatlari mazmunini to’g’ri tushunishga va kelajakdagi o’zgarishlarni aniqroq bashoratlashga imkon beradi.
Inson bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro ta’sir qariyib 3-5 mln yildan beri davom etib kelmoqda. Eng qadimgi odamlar-arxantroplarning ilk hayot belgilarini tasdiqlovchi turli qurollarning Sharqiy Afrikada topilganligi bundan darak beradi. Sayyoramizning boshqa hududlaridan undan yoshroq, lekin nisbatan katta yoshdagi (250 ming yildan 1 mln. yilgacha) arxantroplarning qoldiqlari Yava orolida- pitekantroplar.Xitoyda-siniantroplarning tosh qurollari topilgan.Arxeologlarning fikricha janubiy Farg’onadagi paleolit davriga oid Selungur g’oridan 1980-yilda topilgan turli xil oddiy tosh qurollari (cho’qmorlar va boshqalar) ni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki , bu tosh qurollar 1,4-2,5 mln yil qadimiylikka ega bo’lgan Olduvoy ( Sharqiy Afrika) va Ubaydiya (Yaqin Sharq ) tosh qurollariga o’xshaydi. Solishtirma tahlillar hamda Selungur g’ori qatlamlarini mufassal o’rganish natijalaridan kelib chiqib , ushbu mintaqada bundan 1,1 mln yil muqaddam ibtidoiy odamlar yashagan, deb taxmin qilish mumkin.
Albatta shunchalik uzoq vaqt davomida insonning tabiat bilan bo’lgan munosabatlar kuchli darajada o’zgarib brogan . Birlamchi davrlarda ya’ni ushbu munosabatlar endigina vujudga kela boshlagan bosqichlarda tabiiy omil inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lib, qadimgi odamlarning tabiatga qaramliyligi katta bo’lgan. Lekin vaqt o’tishi bilan inson o’zining aqliy va jismoniy qobiliyatlari, moddiy madaniyati takomillashtirilib, tabiatga o’z ta’sirini o’tkaza boshladi. Dastlabki oddiy tosh qurollar va keyinchalik olovning ixtiro qilinishi (bundan 300-400 ming yil burun ) tufayli insonning tabiiy resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaydi.
Hozirgi zamon odami – neoantropning shakllanishi va rivojlanishi hamda dastlab ijtimoiy jamiyat – ibtidoiy jamoa tuzumi vujudga kelishi uchun insoniyatga juda uzoq muddat - bir necha yuz ming yillar zarur bo’lgan. Ushbu tizimda o’zlashtiruvchi xo’jalk turi o’zining eng yuqori samarasiga erishdi, u asosan jamoa bo’lib ov qilish va mehnat taqsimoti natijasida ro’y berdi. Shu bilan jamiyatning eng uzoqqa cho’zilgan (3 mln yildan ko’proq) rivojlanish davri – paliolit (qadimgi tosh asri) tugaydi. Bu davrda odam o’zining xo’jalik faoliyatida tabiatdagi tayyor boyliklarda foydalanilgan, tabiat bu davrda unchalik zarur ko’rmagan, faqat ayrim hayvonlar miqdorining biroz kamayishi ro’y bergan.
Yangi tosh asri (neolit, bundan 10 ming yil ilgari)ga kelib, aholi sonining oshishi , iqlimning sovub ketishi (Shimoliy yarimsharda materik muzlanish davri boshlangan edi), ko’plab oziq-ovqat tayyorlashni taqazo etardi. Shu davrdan boshlab ibtidoiy odamlarning chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan guruhlari O’rta yer dengizi, Old Janubiy va O’rta Osiyoda tarkib topdi. Yevrosiyoning o’rmon mintaqasida ko’proq chorvachilik taraqqiy qila boshladi.
O’zbekistonda eramizdan avvalgi III minginchi yillarda rudadan mis eritib olinib, undan turli mehnat qurollari yasash boshlandi.Dehqonchilikda donli ekinlar ekish, limon usulda sug’orish ( Nurota tizmasining shimoli yon bag’ri etaklarida), uy hayvonlari boqish va ko’paytirish bilan shug’ullana boshladi. Bronza davriga kelib, metal omochning qo’llanila boshlanishi dehqonchilikni teskorlik bilan rivojlanishiga ta’sir ko’rsatdi.
Demak , tabiat inson hayoti va yashashi uchun turli darajada qulay, faqat har bir huduni chuqur o’rganib uning barcha xususiyatlarini tahlil qilib, mavjud ibtidoiy va salbiy omilarini inson salomatligiga ta’siri o’rganish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |