1. Birfаzali asinxron mashinalar Bir fаzali asinxron motorlar (P2600W) avtomatik qurilmalarda va uy xo‘jaligi elektr asboblarida (ventilyator, sovutgich, kiryuvishmashinasi, elektrustaravaboshqalar) ishlatiladi. Bir fаzali asinxron motorning statorida bir fаzali chulg‘am bo‘lib, rotorida esa qisqa tutashtirilgan chulg‘am bo‘ladi (1-rasm). Stator chulg‘ami o‘zak pazlarining 2/3 qismida joylashgan bo‘ladi. Chulg‘amning pazlarda bunday joylashishi havo bo‘shlig‘ida magnit induksiyasi shaklining sinusoidalga yaqin bo‘lishini ta’minlaydi.
1-rasm. Bir fаzali asinxron motor statorining ko‘ndalang qirqimi (a) va motorning mexanik xarakteristikalari (b); ishga tushirish chul ami bilan ta'minlangan bir fаzali asinxron motorni kondensatorli ishga tushirish sxemasi (c); K - kalit
Bir fаzali asinxron motorning stator chulg‘amiga bir fаzali o‘zgaruvchan tok berilganda pulslanuvchi magnit maydon hosil bo‘ladi. Bu maydonni amplitudalari teng va bir-biriga nisbatan teskari bir xil aylanish chastotada aylanuvchi ikkita tashkil etuvchiga ajratish mumkin.
Bir fаzali asinxron motorlar boshlang‘ich ishga tushirish momentiga ega emas (1,b-rasm) va stator chulg‘ami tarmoqqa ulanganda uning rotori aylanmaydi. Shuning uchun bunday motorlar ishga tushirish chulg‘ami bilan ta’minlanadi (1,c-rasm). Aylanish yo‘nalishi rotorning aylanish yo‘nalishi bilan mos bo‘lgan oqimni to‘g‘ri oqim Fto‘g’, rotorning aylanishiga nisbatan teskari aylanadigan oqimni teskari Ftes oqim deyiladi. Bu oqimlar to‘g‘ri Mto‘g’riva teskari aylantiruvchi moment Mtes larni hosil qiladi. Bu momentlar bir-biriga nisbatan teskari yo‘nalishda bo‘ladi. Natijaviy aylantiruvchi moment to‘g‘ri va teskari momentlarning yig‘indisi bilan topiladi:
Mnat= Mto‘g’ + Mtes. (1)
To‘g‘ri oqimga nisbatan rotorning sirpanishi:
sto‘g’ = (n1(to‘g’) – n) / n1(t o‘g’) = (n1 – n) / n1 = 1 – n / n1, (2)
teskari oqimga nisbatan rotorning sirpanishi esa:
stes = [(n1(tes) – (–n)] / n (1tes) = (n 1(tes) + n) / n 1(tes) = 1 + n / n 1(tes). (3)
Demak, bir fаzali asinxron motor ishga tushirish momentiga ega emas. Shu sababli rotor qaysi tomonga tashqi kuch yordamida aylantirilsa, o‘sha tomonga aylanadi.Bunday motorning ish xarakteristikalari uch fаzali asinxron motornikiga nisbatan yomon. Bundan tashqari salt ishlayotgan bir fаzali motorning aylanish chastotasi, teskari magnit oqimi hosil qilgan tormozlovchi moment ta’sirida uch Fаzali motorning aylanish chastotasidan kichik bo‘ladi.