Asinxron chastota o‘zgartgich. Fаza rotorli asinxron mashina chastota o‘zgartgich sifаtida ishlashi mumkin, chunki rotordagi tok chastotasi f2 ga teng, ya’ni:
f2= f1s = p(n1n) / 60, (4)
bunda «–» belgisi rotorning magnit maydoni bilan bir xil yo‘nalishda ay-lanishini, «» belgisi esa uning magnit maydoniga teskari tomonga aylanishini ko‘rsatadi.
3.-rasm. Birlamchi (yurituvchi) motori tarmoqqa (a) yoki chastota o‘zgartgichning chiqishiga (b) ulangandagi asinxron chastota o‘zgartgichning sxemalari; Pe-elektr quvvat; Pmex mexanik quvvat; As.M - asinxron mashina
Asinxron chastota o‘zgartgich fаza rotorli asinxron mashina va uning o‘qiga ulangan aylanish chastotasi rostlanadigan ishga tushirish motoridan iborat (3-rasm). Asinxron mashinaning birorta (masalan, stator) chulg‘ami, chastotasi f1bo‘lgan uch Fаzali elektr tarmog‘iga ulansa, boshqa chulg‘amidan (rotor chulg‘amidan) chastotasi f2= f1s bo‘lgan o‘zgaruvchan tok olinadi.f2> f1 chastota olish uchun asinxron mashina stator magnit maydoni yo‘nalishiga teskari bo‘lgan tomonga aylantiriladi. Bunda chastota o‘zgartgich elektromagnit tormoz (s >1) rejimida ishlaydi, motor esa unga mexanik quvvat uzatadi.f2< f1 chastota olish uchun esa chastota o‘zgartgich motor rejimida va stator magnit maydoni yo‘nalishi bo‘yicha aylantirilishi lozim. Bunda chastota o‘zgartgich generator bo‘lib ishlayotgan birlamchi motor hosil qilgan elektromagnit momenti ta’sirida tormozlanadi. Generator rejimida ishlayotgan motor elektr energiyasini asinxron mashina ulangan tarmoqqa uzatadi.
Chastota f2ni ravon bir tekis rostlash uchun birlamchi motor sifаtida o‘zgarmas tok motoridan foydalanib, uning aylanish chastotasini o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Kuchlanishni induksion rostlagich (regulyator). Bunday regulyator uch fаzali buriluvchi avtotransformator ko‘rinishda ishlab chiqariladi va uch Fаzali o‘zgaruvchan kuchlanishni rostlash uchun ishlatiladi.
Induksion rostlagichning sxemasi 4,a-rasmda ko‘rsatilgan. Bunda birlamchi chulg‘am sifаtida rotor chulg‘ami ishlatilsa, ikkilamchi chulg‘am sifаtida esa stator chulg‘ami ishlatiladi.
Induksion regulyator uch fаzali tarmoqqa ulansa, uning rotor va stator chulg‘amlarining har bir fаzasida EYK hosil bo‘ladi:
, (5)
bu yerda: ; U2 E2 – chiqishdagi kuchlanish; Ukir – kirishdagi kuchlanish. (5) tenglamadan shu narsa ko‘rinadiki, Ukir va E2 vektorlari geometrik qo‘shilar ekan, shu sababli U reg kuchlanishning qiymati Ukir va E2 vektorlari orasidagi burchakka bog‘liq bo‘ladi. Rotorning holatini o‘zgarganda bu burchak o‘zgarib turli qiymatli Ureg kuchlanishi olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |