Odam organizmida 4 xil to'qimalar bor: 1. Epiteliy to'qimasi. Bu to'qima har xil shakldagi hujayralardan tashkil topgan. Epiteliy to'qimasi terida (himoya vazifasi), nafas yo'llarida (havoni tozalaydi) ichakda (surish vazifasi), bezlarda (sekret ishlab chiqaradi) uchraydi.
2. Biriktiruvchi to'qima. Hujayra va Hujayralararo moddadan tuzilgan. Biriktiruvchi to'qima uch xil: tolali, tayanch va oziqlantiruvchi bo'ladi.Tolali biriktiruvchi to'qima Hujayralari fagositoz ya'ni bakteriya va yod moddalarni uziga qamrab olib hazm qilib yo'qotish xususiyatiga ega. Tayanch biriktiruvchi to'qimaga tog’ay va suyak to'qimasi kiradi. Oziqlantiruvchi biriktiruvchi to'qimaga qon va limfa kiradi.
3.Muskul to'qimasi qisqarish xususiyatiga ega bo'lib u asosan ikkiga: silliq muskul to'qimasi va kondalang targ’il muskul to'qimasiga bo'linadi. Silliq muskul to'qimasi deyarli hamma ichki organlarninig (til va diafragmadan tashqari) devorida va qon tomirlarida uchraydi. Bu to'qima odamni ixtiyorisiz qisqaradi. Ko'ndalang targ'il muskul to'qimasi sklet muskullarida va ba'zi bir
ichki organlarda (til va diafragmada) uchraydi. Yurak devorida ham ko'ndalang targ'il muskul to'qimasi joylashgan bo'lib, organizmning ixtiyoriga bo'ysunib qisqaradi.
4. Nerv to'qimasi-nerv tizimida uchraydi. Bu to'qima hujayralari tana va o'simtalardan iborat bo'lib ular neylronlar deb ataladi. Ta'surotni qabul qilish va nerv impulslarini o'tkazish nerv to'qimasining asosiy xususiyatidir.
Moddalar almashinuvi tirik organizmning zarur va muhim xossasidir moddalar almashinuvi bo'lmasa hayot ham bo'lmaydi. Organizmga tashqi muhitdan kirgan moddalarning unda to parchalanish mahsulotlari chiqarib yuborilguncha o'zgarishning murakkab zanjiri moddalar almashinuvi deb ataladi. Moddalar almashinuvi bir-biri bilan chambarchas bog’langan yagona ikki prosessdan: assimilyasiya va dissimilyasiyadan iborat.
Ovqat hazm qilish kanalida bu moddalar organik moddalarga parchalanib qonga so'riladi va qon bilan birga butun organizmga tarqaladi. Hujayra va to'qimalarda bu moddalardan organizmga xos murakkab moddalar hosil bo'ladi.Ular organizmda yangi hujayra va to'qima hosil bo'lihsida ishtirok etadi ham energiya manbai bo'lib hisoblanadi. Bu prosess assimilyasiya deb ataladi. Hujayra va to'qimalardagi murakkab organik moddalar doim parchalanib turadi. Bunda odamning yashashi harakat qilishi, jismoniy va aqliy mehnat bilan shug'ullanishi uchun zarur energiya ajraladi. Bu prosess dissimilyasiya deyiladi. Moddalar almashinuvida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, suv va mineral tuzlar ishtirok etadi. Bundan tashqari organizmning normal rivojlanishi uchun vitaminlar ham katta ahamiyatga ega.