R e j a 0b-havo va iqlim



Download 98 Kb.
bet2/8
Sana03.07.2022
Hajmi98 Kb.
#737112
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
iqlim

1. 0b-havo va iqlim.
Meteorologik elementlarning (temperatura, bosim, havoning absolyut va nisbiy namligining) havodagi bir qancha tabiiy hodisalar (jumladan, yog'inlar, tuman, bulut, shamol, momaqaldiroq va boshqalar) bilan birga ro'y berishi va vaqt davomida fazoda o'zgarib turishi ob-havo deyiladi. Ma'lum joyda bir necha asr davomida ob-havoning ko'p yillik xarakterli rejimi iqlim deyiladi.
Iqlim faktorlari. Iqlim ko'pgina tabiiy faktorlarning bir-birlariga murakkab ta'sir etishi natijasida tarkib topadi. Bunda quyidagilar asosiy rol o'vnaydi:
1) Quyoshdan keladigan nur energiyasi va uning sarf bo'lishi. Bu — Yer sharidagi iqlim farqlarining asosiy sababidir: atmosferaning va uning tagidagi er yuzasining issiqlik holati, barik relef, atmosfera sirkulyasiyasi va namning aylanma ha-rakati Quyoshning nur energiyasiga bog'liqdir;
2) atmosfera sirkulyasiyasi, issiqlik va nam atmosfera sirkulyasiyasi yordamida qaytadan taqsimlanadi;
3) Yerda namning aylanma harakati; bug'lanish, bulutlar, tumanlar, yog'inlar namning aylanma harakatidir; namning aylanma harakatini amalda atmosfera sirkulyasiyasidan ajratib bo'lmaydi.
Yer sharida issiqlik natijasida vujudga keladigan atmos-fera sirkulyasiyasi va namning aylanma harakati o'z navbatida Yer sharining issiqlik sharoitiga, binobarin, shu sharoit bilan bog'liq bo'lgan hamma narsaga ta'sir etadi. Bunda
sabablar va natijalar bir-birlari :bilan shu qadar chatishib ketganki, biz
uchala faktorni birgalikda murakkab narsa deb qarashimiz kerak. Bu faktorlarning har biri joyning geografik kengligiga, dengiz sathidan balandligiga va er yuzasi xarakteriga juda bog'liqdir, chunki quyosh radiasiyasining oz-ko'p kelishi geografik kenglikka bog'liq, joyning dengiz sathidan naqadar balandli-giga qarab, nur energiyasining kelish sharoiti, havodagi nam miqdori, havo bosimi, shamollar esish sharoiti o'zgaradi, er yuzasining xususiyatlari (okean, quruqlik, iliq va sovuq dengiz oqimlari, o'simlik va tuproq, qor va muz qoplami va hokazolar) esa radiasiya balansiga va, binobarin, atmosfera sirkulyasiya-siga hamda namning aylanma harakatiga kuchli ta'sir etadi. Jumladan, er yuzasining quruqlik yoki suvdan iborat ekanligi havo massalariga kuchli ta'sir etib, iqlimning ikki asosiy tipi — dengiz iqlymi va kontinental iqlim hosil bo'ladi." Dengiz iqlimi yog'inning ko'pligi, havo temperaturasining yil-lik hamda outkalik amplitudasiniig kichikligi bilan, kontinental iqlim esa yog'inniyag «amligi, havo temperaturasining yilldak hamda sutkalik agmplitudayuining kattaligi bilan farq qiladi.
Yerning iqlim zonalari. Yer sharidagi quruqlikning iqlim zonalarini B. P. Alisov ta'limoti bo'yicha ju-da qisqa hamda umumiy tarzda ta'riflab beramiz (1 -rasm)
1. Ekvatorial zona. Ko'pincha kuchoiz shamollar esi'b turadi. yil fasllarida havo temperaturasi va namligidagi farqlar juda kam, sutka davomidagi farqlardan ham kichik. Oylik o'r-tacha temperatura 25° dan 28° gacha o'zgaradi. yiliga 1000— 3000 mm yog'in yog'adi. Ko'pincha havo issiq hamda rutubatli bo'lib, tez-tez momaqaldiroq turib, jala quyadi. (Amazonka havzasi-ning g'a.rbiy qismi, Kongo havzasi, Malayya arxipelagi.)
2. Subekvatorial zona. Havo massalari mavsumga qarab o'zgaradi: musson yozda ekvator tomondan, qishda tropiklar tomondan esadi. Qysh yozdan ko'ra salgina salqin. Ekvatorial zo-nada ob-havo qanday bo'lsa, yozgi musson
esgan vaqtda bu erda ham taxminan xuddi shunday ob-havo bo'ladi. MateriWarning ichki qismlarida yog'in kamdan-kam joylardagina 1000—1500 mm dan oshadi, lekin mussonlarga ro'para tog' yon bag'irlarida yillik yog'in miqdori 6000—10 000 mm ga etadi. Bu yog'inning deyarli ham-masi yozda yog'adi. Qish quruq bo'lib, temperatura amplitudasi katta, havo ochiq bo'ladi. Orinoko havzasi va Amazonka o'ng ir-moqlarining havzalari, deyarli butun tropik Afrika, Hindis-ton yarim oroli, Hindixitoy, Xitoyning janubi, Avstraliyaning shimoli shu zonaga kiradi.



Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish