454
Shirkat tugatilayotgan vaqtidagi mulklar qiymati va qarz majburiyatlari
o‘rtasidagi farq mulklarning sof qiymatini (qarzlar qoplanganidan keying
korxona mulklaridagi mulkdor ulushini) yoki mulkdor kapitalini (KS
) ifoda
qilishini hisobga olsak, tenglama quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
yoMN= (A
1
+M
1
)- UK
0
(2)
Yoki
yoMN= UK
1
- UK
0
, (3)
Ya’ni, moliyaviy natija shirkat haqidagi
shartnoma muddatida
boylikning ko‘payishi (kamayishi)ni ifodalaydi.
Professor R.De Ruverning yozishicha, undan keyin «ushbu daromadlar
ish haqi uchun zarar summa zaxiraga olinganidan keyin hamkorlar o‘rtasida
taqsimlangan. Bitta jihatini alohida ta’kidalash kerak: daromadlarni
taqsimlashda barcha tovarlar qoldigi inventarizatsiya qilingan». Del Bene va
Bardi kompaniyalarida ham foyda xuddi shu tarzda taqsimlangan
25
[2]
O.O.Vinjumning ta’kidlashicha
26
[3. - S. 214], investor davri
(buxgalteriya ma’lumotlaridan asosiy foydalanuvchi sifatida) muddatsiz
aktsionerlik jamiyztlari shakllanishi bilan boshlangan.
Bu borada
E.S.Xendriksen va M.V.Von Bredi quyidagilarni yozadi: “yirik va ko‘p
mablag‘ talab qiladigan korxonalarni moliyalashtirish zaruriyati Italiya
shirkatlarida rivojlangan va zamonaviy korporatsiyalarning o‘tmishdoshi
bo‘lgan aktsionerlik jamiyatlari shakllanishiga olib keldi. Moliyalashtirish
ishtirokchilari korxona kapitalidagi ulushiga mutanosib (proportsional)
ravishda aktsiya olgan hamda tugaganidan keyin har bir aktsioner agar foyda
mavjud bo‘lsa, o‘z ulushi bilan birga foydadan tegishli ulushini qaytarib
olgan.”
27
[4. –S, 33-34]
Foyda va mulklarni taqsimlashning bunday tartibi Rim huquqi
(Bolonya, XII asr) qonunlari asosida vujudga kelgan
tamoyillar talablariga
mos kelardi. Ular orasida
shirkatning amal qilish muddati yakunlanganidan
va kreditorlar oldidagi qarzlar so‘ndirilganidan so‘nggina foydani
taqsimlash yoki zararni qoplash sharti ustunlik qilar edi
. Buxgalteriya
hisobida bunday g‘oyalar Strak tomonidan ilgari surilgan.
Rim huquqining konservativ g‘oyalari muvaffaqiyatli faoliyati ularning
25
Рувер Р. де.
Как возникла двойная бухгалтерия. — М.: Госфиниздат, 1958.
26
James О. Winjum.
The role of accounting in the economic development of England: 1500 - 1750. Champaign: Center for
international education and research in accounting, University of Illinois, 1972.
27
Хендриксен Э.С., Ван Бреда М.Ф.
Теория бухгалтерского учета. — М.: Финан¬ сы и статистика, 1997.
455
yaqin kelajakdagi bankrotligidan yoki faoliyatni tugatish niyatidan dalolat
bermaydigan uzluksiz ishlab chiqarish jarayoni bilan shug‘ullanuvchi
korxonalar mulkdorlari manfaatlarini qondira olmas edi.
Ular faoliyat
to‘xtatilishini yoki korxona tugatilishini kutib o‘tirmasdan, foydaning bir
qismidan foydalangan holda o‘zlariga mukofotlar to‘lashni afzal ko‘rishardi.
Moliyaviy natijalarni aniqlash va taqsimlash bo‘yicha haqiqiy
amaliyotning vujudga kelishi muddatsiz aktsiyadorlik jamiyatlarining paydo
bo‘lishi bilan bog‘liq. 1600 yilda tashkil topgan «Anglo-Vest-Indiya»
kompaniyasi dastlabki aktsiyadorlik jamiyatlaridan biridir. Dengiz
ekspeditsiyalarini
moliyalashtirish
har
doim
ham
muvaffaqqiyatli
yakunlanmasligi sababli, ayrim hollarda aktsiyadorlar bilan hisob-kitoblar
uchun mablag‘lar yetishmas edi. «Bunday
hollarda, dividendlar boshqa
ekspeditsiyalar aktsiyalari ko‘rinishida to‘langan, bu esa hisobni
qiyinlashtirgan. Shu sababli oldin birdaniga bir necha ekspeditsiyalarni
moliyalashtiradigan aktsiyadorlik jamiyatlari tashkil qilingan,
keyinchalik
1657 yilda barcha ekspeditsiyalarni noma’lum muddatga moliyalashtirish
uchun aktsiyalar chiqarilgan. Yakuniy muddati ko‘rsatilgan aktsiyalardan
muddatsiz aktsiyalarga o‘tilishi munosabati bilan moliyaviy natijalarni
qandaydir muomalalar (ekspeditsiyalar) yakunlanganidan keyin emas,
balki
har yil oxirida aniqlash tez tarqaldi”
28
[4. –S. 24]. Hozirgi kunda ushbu
maqsadlarda Bosh daftar schyotlari bo‘yicha balans tuzilganligi haqida
fikrlar mavjud.
Buxgalteriya hisobining keyingi rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan muhim
jihatlaridan biri bu Lyudovik XIV ning soliq yig‘uvchilarining moliyaviy
hisobini e’tirof etish mumkin. “Buxgalteriya hisobining ushbu turi byudjet
tashkilotlaridagi zamonaviy buxgalteriya hisobining dastlabki ko‘rinishidir.
… Har bir byudjet davri boshida soliq yig‘uvchi ma’lum okruglardan
soliqlarning
reja summasini kiritgan, keyinchalik esa yil davomida u
daromadlarni “qirol” schyotiga (“o‘zi”ning foydasiga) yig‘ib borgan.
Hisobot davri yakunlangandan keyin hisobot tuzib, unda olingan summani
ko‘rsatgan”
29
[1. –S. 35].
Buxgalteriya hisobi ushbu turi yangi tushuncha –
Do'stlaringiz bilan baham: