6. Tayyor mahsulotlarni baholash quyidagi usullar bilan amalga
oshiriladi:
A) o‘rtacha o‘lchangan, kumulyativ
B) haqiqiy ishlab chiqarish qiymati bo‘yicha
C) dastlabki qiymati, qoldiq qiymati, tiklash qiymati
D) normativ, reja
E) prognoz, haqiqiy
250
10
Bob
Buxgalteriya qanchalik takomillashsa va
kalkulatsiya bilan moslashsa, zarar moddalari
shuncha kamayadi.
I.F.Sher
MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR
TANNARXINI
KALKULATSIYALASH
Ushbu bobni o`rganish natijasida Siz:
- kalkulatsiyalashning mohiyati, ahamiyati vaturlari;
- xarajatlarning turkumlanishi;
- kalkulatsiya birligi va kalkulatsiyalash bosqichlari;
- xarajatlar hisobi va kalkulatsiyalash obyektlari hamda
metodlari
to`grisida bilimlarga
;
- xarajatlar hisobi va tannarxni kalkulatsiyalashni tashkil
etish hamda amalga oshirish
ko`nikmalariga ega
bo`lasiz.
251
10-bob. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR TANNARXINI
KALKULATSIYALASH
Buxgalteriya qanchalik takomillashsa va
kalkulatsiya
bilan moslashsa,
zarar moddalari shuncha kamayadi.
I.F.Sher
10.1. Kalkulatsiyalashning mohiyati va ahamiyati
Materiallarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va
xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobining
alohida schotlarida joriy tartibda guruhlanadi. Tayyorlangan materiallar,
ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar
birligining tannarxini aniqlash buxgalteriya hisobida
kalkulatsiyalash
deyiladi.
Kalkulatsiyaning juda keng ma’nodagi mazmuni xarajatlarni bir
tizimga keltirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida
mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxi to‘g‘risida ma’lumot shakllan-
tirishdan iborat. Nisbatan tor ma’noda har xil xarajatlarni yagona pul
o‘lchovida umumlashtirish va ularni mahsulot(ish, xizmat)lar turlari
bo‘yicha guruhlash usulidir.
Barcha xarajatlar yagona pul o‘lchovida ifodalanib, tegishli yo‘na-
lishlar bo‘yicha guruhlanadi va mahsulot(ish, xizmat)lar birligining
tannarxi hisoblanadi. Birinchi qarashda oddiy bo‘lib ko‘ringan bu ish
juda murakkab va sermehnat jarayon hisoblanadi. Uning muammolari
maxsus kalkulatsiyalash nazariyasini va kalkulatsiya ishining turli
amaliy jihatlarini vujudga keltirdi. Tannarxni kalkulatsiyalash korxo-
nada ishlab chiqarishni rejalashtirish, boshqarish va samaradorlikni
baholashda muhim ahamiyatga ega (10.1-rasm).
Kalkulatsiyalash masalalarining murakkabligi eng avvalo xo‘jalik
jarayonlarining xilma-xilligi, ishlab chiqarishning tashkiliy va
texnologik shart-sharoitlari murakkablashuvi bilan bog‘liq. Murakkablik
xarajatlarni guruhlash uchun asos tanlash paytidayoq vujudga keladi. Bu
yerda bir qancha asoslar mavjud: kalkulatsiyalash obyekti, xarajatlar
elementi, tannarx moddalari.
Kalkulatsiyalash obyektlari
– bu tannarx
hisoblash uchun xarajatlarni guruhlashning asosidir.
252
Do'stlaringiz bilan baham: |