R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/338
Sana31.05.2023
Hajmi8,08 Mb.
#947012
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   338
Bog'liq
4e77da28b2343f76b7a96823a4b8cac2 Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

hisoblash usullari.
Bo‘lakli usulning yarim fabrikatsiz variantida bevosita xarajatlar 
buxgalteriya hisobida har bir bo‘lak bo‘yicha alohida hisobga olinadi, 
ammo har bir bo‘lakdagi mahsulot tannarxi kalkulatsiyalanmaydi. 
Yakuniy tayyor mahsulot tannarxi barcha bo‘laklar bo‘yicha xarajatlarni 
jamlash yo‘li bilan hisoblanadi.
Bo‘lakli (yarim fabrikatli) usul
da kalkulatsiyalash obyektlari 
sifatida har bir bo‘lak mahsuloti qabul qilingan. Har bir bo‘lakdagi 
mahsulotlar (yarim fabrikatlar) harakati buxgalteriya hisobi schotlarida 
aks ettiriladi.
Masalan, to‘qimachilikda ishlab chiqarish bir qancha bo‘laklardan 
iborat bo‘lib, ulardan asosiylari ip yigirish, to‘qish va ishlov berish 
hisoblanadi. To‘qimachilik ishlab chiqarishi uchun paxta tolasi, yuvilgan 
va yuvilmagan jun, pilla xomashyosi va boshqa materiallar birlamchi 
xomashyo hisoblanadi. Ular birinchi bo‘lakka – ip yigirishga qabul 
Xarajatlarni hisobga olish va mahsulotlar tannarxini hisoblash usullari 
Oddiy (jarayonli)
Buyurtmali 
Bo‘lakli (yarim fabrikatsiz)
Normativ 
Bo‘lakli (yarim fabrikatli) 
Standart kost (Standard-cost) tizimi 
Direkt kost
(Direct cost) tizimi 


262 
qilinadi. Ushbu bo‘lak uchun yigirilgan ip tayyor mahsulot hisoblanadi. 
U keyingi bo‘lak – to‘qishga o‘tkazilib, undan xom surp olinadi. Xom 
surp esa uchinchi bo‘lak – ishlov berishga o‘tkazilib, u yerda matoga 
kerakli rasmlar tushiriladi.
Buyurtmali usul
noyob yoki maxsus buyurtma bo‘yicha 
tayyorlanadigan buyumlarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Misol 
tariqasida kemasozlik va aviasozlik hamda poligrafiya korxonalarini 
keltirish mumkin. Bu yerda mahsulotlar seriyali chiqariladi va ularning 
miqdori buyurtma tiraji bilan belgilanadi.
Buyurtmali 
usul 
fizik-kimyoviy 
jarayonlar 
qo‘llaniladigan 
korxonalarda ayrim turdagi mahsulotlarni cheklangan miqdorda ishlab 
chiqarishda ham qo‘llaniladi. Masalan, kimyo sanoatida kimyoviy 
reaktivlarga buyurtmalarni bajarishda, temir-beton yig‘ish korxonalarida 
temir-betondan yasaladigan buyumlar uchun buyurtmalarni bajarishda 
va b. 
Buyurtmali usulni qo‘llash sanoat korxonalari bilan cheklanmaydi. 
U qurilishda, ilmiy tadqiqot institutlarida, sog‘liqni saqlash muassa-
salarida, xizmat ko‘rsatish korxonalarida ham qo‘llaniladi.
Ushbu usulning mohiyati quyidagilardan iborat: barcha bevosita 
xarajatlar (asosiy material xarajatlari va asosiy ishlab chiqarishdagi 
xodimlarning ish haqi xarajatlari ajratmalari bilan birga) alohida ishlab 
chiqarish buyurtmalari bo‘yicha o‘rnatilgan kalkulatsiya moddalari 
kesimida hisobga olinadi. Qolgan xarajatlar ularning vujudga kelish 
joylari bo‘yicha hisobga olinadi va o‘rnatilgan taqsimlash baza 
(stavka)siga muvofiq alohida buyurtmalar tannarxiga qo‘shiladi.
Ushbu usulda xarajatlar hisobi obyekti va kalkulatsiyalash obyekti 
bo‘lib, alohida ishlab chiqarish buyurtmasi hisoblanadi va uning haqiqiy 
tannarxi u tayyorlanganidan so‘ng aniqlanadi. Bunda buyurtma deganda 
mijozning ma’lum miqdordagi maxsus yaratilgan yoki tayyorlangan 
buyum uchun arizasi tushuniladi. Buyurtma turi buyurtmachi bilan 
tuzilgan shartnomaga muvofiq aniqlanadi. Unda buyurtmachi tomonidan 
to‘lanadigan qiymat, hisob-kitoblar tartibi, mahsulot(ish, xizmat)ni 
topshirish tartibi, buyurtmani bajarish muddati ko‘rsatiladi. Buyurtma 
topshirilgunga qadar unga taalluqli bo‘lgan xarajatlar tugallanmagan 
ishlab chiqarish hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ushbu usulda ishlab 
chiqarish materiallari, ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi va 
umumishlab chiqarish xarajatlari alohida buyurtma yoki mahsulotning 
ishlab chiqarish partiyasiga olib boriladi. Agar buyurtma bir nusxadagi 
buyum bo‘lsa, u holda uning tannarxi barcha xarajatlarni jamlash yo‘li 


263 
bilan aniqlanadi. Agar buyurtmaga muvofiq bir necha buyumlar yoki 
ularning partiyasini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda 
xarajatlarni jamlash yo‘li bilan tayyorlangan butun partiya tannarxi 
aniqlanadi.
Alohida buyurtmalar bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish buyurtma 
varaqasini ochishdan boshlanadi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish