367
buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlari(operativ, statik hisob)dan
printsipial farqi - boshlang‘ich hujjatga asoslanishiga urg‘u berilgan. Demak,
buxgalteriya axborotining ibtidosi boshlang‘ich hisob hujjatlaridir.
Shuningdek, buxgalteriya axboroti hisob registrlari, moliyaviy hisobotlar,
tushuntirishlar hamda buxgalteriya hisobini tashkil
etish va yuritish bilan
bog‘liq boshqa hujjatlarda aks ettiriladigan buxgalteriya hisobi ob’ektlari
haqidagi qayta ishlangan ma’lumotlar ekanligi ta’kidlangan.
6-moddada
buxgalteriya hisobining sub’ektlari belgilangan (oldingi
tahrirdagi 3-modda)
. Bu moddaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
hududidagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda respublikada
ro‘yxatga olingan barcha yuridik shaxslar, shuningdek ularning Respublika
hududida hamda undan tashqarida joylashgan shu’ba korxonalari,
filiallari,
vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobining
sub’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, yuridik shaxs hisoblanmagan,
ammo bankda hisob raqamiga ega bo‘lgan tadbirkorlar, fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlari, shuningdek chet el yuridik shaxslarining
O‘zbekiston Respublikasi
hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa
tarkibiy bo‘linmalari ham buxgalteriya hisobining sub’ektlari hisoblanadi.
Ushbu sub’ektlar ham amaldagi qonunchilikka muvofiq hisob yuritishi va
hisobot taqdim etishi belgilangan
7–moddaga muvofiq aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar,
daromadlar,
xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq
xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlari hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya hisobining asosiy ob’ektlarini
yanada batafsilroq bayon qilish mumkin. Jumladan, sub’ektning o‘z
mablag‘lari, qarz mablag‘lar va ularning harakati; xo‘jalik jarayonlari bilan
bog‘liq bo‘lgan jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlari; xo‘jalik
munosabatlari, ya’ni mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar,
davlat byudjeti va shunga o‘xshash tashkilotlar bilan bo‘ladigan hisob-kitob
munosabatlari. Byudjetdan moliyalashtiriladigan sub’ektlarda ayrim o‘ziga
xos hisob ob’ektlari mavjud. Bular davlat
byudjetidan ajratiladigan
mablag‘lar; byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qilingan sarflar
(tasdiqlangan smetalar bo‘yicha); naqd pullik va naqd pulsiz hisob-kitob
operatsiyalari. Ushbu ob’ektlar alohida elementlar bo‘yicha buxgalteriya
hisobi schyotlarida pul ifodasida aks ettiriladi. Shuningdek, bu moddada
buxgalteriya hisobi ob’ektlari sintetik va analitik schetlarda yuritilishiga ham
urg‘u berilgan.
Yangidan kiritilgan «Sintetik va analitik hisob» nomli 8-modda 7-
moddaning mantiqiy davomi bo‘lib, unda sintetik
va analitik hisobning
368
maqomi alohida mustahkamlangan. Jumladan, sinetetik hisob buxgalteriya
hisobi ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarni muayyan iqtisodiy belgilar bo‘yicha
umumlashtirish yo‘li bilan amalga oshirilishi belgilangan. Sintetik hisob
sintetik schetlarda faqat pul o‘lchovida yuritiladi. Bu buxgalteriya hisobining
xo‘jalik hisobi boshqa turlari(operativ hisob, statistik hisob)dan farq qiluvchi
asosiy xususiyatlaridan biridir.
Analitik hisob esa sintetik hisob schetida aks ettirilgan ob’ekt bo‘yicha
batafsil ma’lumotlarni shakllantirish uchun tashkil etiladi va yuritiladi.
Bundan maqsad analitik hisob ob’ektlari ustidan muntazam ichki nazorat va
monitoringni ta’minlashdan iborat. Analitik hisobda har bir hisob ob’ekti
nafaqat pul o‘lchovida, balki hisob o‘lchovlarining boshqa tegishli turlari
(mehnat o‘lchovi, natural o‘lchov)da ham ifodalanadi. Bu buxgalteriya
hisobining funktsiyalarini (nazorat, mulkning saqlanishini ta’minlash,
tahlil
va b.) ta’minlashga xizmat qiladi.
Ushbu «Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish» nomli 9-
moddada oldingi
tahrirdagi
aynan shunday nomlangan 5-modda
takomillashtirilgan tahrirda berilgan. Jumladan, unda
Do'stlaringiz bilan baham: