R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


hujjatlarning nomlari va tarkibi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/338
Sana18.11.2022
Hajmi8,08 Mb.
#868141
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   338
Bog'liq
R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi

hujjatlarning nomlari va tarkibi
Bo‘linmalar
Alohida xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar, ishlab 
chiqarish hisobotlari, materiallar harakati to‘g‘risida 
hisobot va boshqalar
Omborxonalar
Tovar moddiy boyliklar harakati bo‘yicha hujjatlar
Reja-moliya 
bo‘limi
Korxona faoliyatining turlari bo‘yicha tasdiqlangan reja 
ko‘rsatkichlari (xarajatlar va daromadlar smetasi) va 
boshqalar
Mehnat va ish 
haqi bo‘limi
Mehnatga haq to‘lash va ayrim toifa xodimlarini 
mukofotlash to‘g‘risida nizom, maosh stavkalari, 
okladlar, shtatlar va boshqalar 
Kadrlar 
bo‘limi
Ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va lavozimini 
o‘zgartirish to‘g‘risida buyruqlar, xodimlar ro‘yxati va 
boshqalar
Muhandislik-
texnika bo‘lim
Qurilmalarning 
harakati 
va 
ularni 
ta’mirlash, 
avtotransport va boshqalarga doir hujjatlar
16.6-rasm. Buxgalteriyani tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha tashkil etish. 


425 
Buxgalteriya korxona va uning alohida bo‘linmalari faoliyati 
to‘g‘risidagi axborotlarni korxona (bo‘linma) rahbariyatiga va korxona 
boshqaruviga, menejerlarga va boshqa axborot foydalanuvchilarga 
muntazam ravishda taqdim etadi. 
16.5. Hujjatlar aylanishining mazmuni 
 
Hujjatlar aylanishi – korxonada hujjatlarning rasmiylashtirilgan yoki 
olingan vaqtidan to ularning ijro qilinib, arxivga topshirilguniga qadar 
harakatlanishini o‘z ichiga oladi (16.7- rasm). 
16.7 rasm. Hujjatlar aylanishining asosiy bosqichlari.
«Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘ri-sida»gi 
Nizomning 51-bandiga muvofiq, hujjatlarning korxona buxgalteriyasida 
harakatlanishi (korxonada rasmiylashtirilishi yoki boshqa korxonalardan 
olinishi, ishlov berilishi, arxivga topshirilishi – hujjatlar aylanishi) grafik 
bilan tartibga solinadi.
Hujjatlar aylanish grafigi chizma yoki korxonaning har bir tarkibiy 
bo‘linmasi tomonidan bajariladigan ishlar ro‘yxati hamda barcha ijrochilar 
bilan ularning o‘zaro bog‘liqligi va ishlarning bajarilish muddatlari 
ko‘rsatilgan holda tuziladi. Hujjatlar aylanishi grafigining to‘g‘ri tuzilishi va 
unga rioya qilinishi hisob xodimlari o‘rtasida vazifalarni oqilona taqsimlash, 
buxgalteriya hisobining nazorat funksiyasini kuchaytirishga yordam beradi 
va hisobotlarning o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlaydi.
Hujjatlar aylanishi bosqichlari 
Hujjatlarni tuzish yoki boshqa korxonalardan olish 
Buxgalteriya hujjatlarini tekshirish, ijro qilish va hisobga qabul qilish
Hujjatlarga buxgalteriyada ishlov berish 
Buxgalteriya hujjatlarini arxivga topshirish 


426 
Hujjatlar aylanishi grafigini tuzish ishlari bosh buxgalter tomonidan 
tashkil etiladi. Hujjatlar aylanishi grafigi korxona rahbari tomonidan 
tasdiqlanib, undan har bir xodimga uning faoliyat sohasiga doir hujjatlar 
ro‘yxati keltirilgan ko‘chirma beriladi.
Hujjatlar aylanish grafigi bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya 
apparati xodimlari bilan birgalikda tuzilib, rahbar tomonidan tasdiqlanadi. 
Hujjatlar aylanish grafigi tasdiqlanganidan so‘ng bosh buxgalter barcha 
hisob xodimlarini va boshqa daxldor shaxslarni u bilan tanishtirishi lozim. 
Reja grafik xo‘jalik operatsiyalarining sodir bo‘lishi va ularning tegishli 
hujjatlarda aks ettirilishi hamda yig‘ma ma’lumotni markaziy buxgalteriyaga 
taqdim etish oralig‘ida uzilish bo‘lmasligini ta’minlaydi, shuningdek, u 
hujjatlashtirishning eng takomillashgan usul va vositalari – avtomatlashtirish 
va 
kompyuterlashtirishni 
nazarda 
tutadi. 
Biznesni 
boshqarishda 
foydalaniladigan hisob ma’lumotlarini shakllantirishning tezkorligini 
ta’minlash hujjatlar aylanish grafigini aniq va puxta tuzishga bog‘liq. 
Hujjatlar aylanish grafigi butun buxgalteriya xodimlari hamda xo‘jalik 
operatsiyalarini hujjatlashtirishga aloqador boshqa xodimlar mehnatini 
me’yorlash va tartibga solish vositasi ham hisoblanadi. Uni ishlab chiqish 
uchun avvalo, korxonada dastlabki va yig‘ma hujjatlarni tuzish hamda o‘z 
vaqtida taqdim etish bo‘yicha mas’ul shaxslar aniqlanadi. 
Reja-grafikda 
belgilangan 
dastlabki 
hujjatlarni 
umumlashtirish 
muddatlari tezkor tahlil o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan – umumlashgan 
ma’lumotlarni zudlik bilan olishni, analitik va sintetik hisobni to‘g‘ri tashkil 
etishni, shuningdek, statistik va moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim 
etishni ham ta’minlashi lozim. 
Har bir korxona uchun hujjatlar aylanish grafigi uning muayyan shart- 
sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Bular, ishlab chiqarish 
hajmi, faoliyat turi, boshqaruv tuzilmasi va sh.k. Hujjatlar aylanishi grafigiga 
har bir hujjat bo‘yicha quyidagilarni kiritish tavsiya etiladi: 1) hujjatni 
yaratish: nusxalar soni; yozish uchun mas’ul; rasmiylashtirish uchun mas’ul; 
bajarish uchun mas’ul; bajarish muddati; 2) hujjatni tekshirish: tekshirish 
uchun mas’ul; kim taqdim etadi; taqdim etish tartibi; taqdim etish muddati; 
3) hujjatni ishlash: bajaruvchi; ijro etish muddati; 4) hujjatni arxivga 
topshirish: bajaruvchi; topshirish muddati. 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish