R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


ishlarini bajarish grafigi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/338
Sana30.06.2022
Hajmi8,08 Mb.
#719261
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   338
Bog'liq
fayl 1513 20210818

 
ishlarini bajarish grafigi
 
hujjatlar aylanishi grafigi bilan uning 
davomi va mantiqan tugallanishi sifatida chambarchas bog‘liqdir. Agar 
hujjatlar 
aylanishi 
grafigida 
hujjatlarning 
ularni 
tuzishdan 
to 
foydalanilishigacha bo‘lgan harakati qayd etilsa, hisob ishlarini bajarish 
grafigida buxgalteriyada kelib tushgan va ishlov berilgan dastlabki hujjatlar 
asosida bajariladigan hisob ishlarining ro‘yxati ko‘rsatiladi. Bunday grafik 
o‘z hisob apparatiga ega bo‘lgan har bir tarkibiy bo‘linmalarda alohida 
tuzilishi mumkin, so‘ngra umuman xo‘jalik bo‘yicha yoki xo‘jalikdagi 
barcha hisob ishlari markaziy buxgalteriyaga to‘plangan bo‘lsa, u holda faqat 
xo‘jalik bo‘yicha tuzilishi mumkin. 
Hisob ishlarini bajarish grafigida: tegishli hisob registrlarining (jurnal-
orderlar, yordamchi vedomostlar, ishlab chiqarish hisobotlari va shunga 
o‘xshashlar) nomi va nomeri, ularning har biri asoslanib tuziladigan hujjatlar 
bajarish muddatlari va ularni kim tuzishi ko‘rsatiladi. Hisob ishlarini bajarish 
grafigi shunday tuzilishi kerakki, bunda hisob apparati butun oy mobaynida 
bir tekis yuklama (ish) bilan ta’minlanishi kerak. Bu buxgalteriya hisobini 
ratsional tashkil etishning muhim shartidir. 
Hisob ishlarini bajarish grafigi hujjatlar aylanishi grafigi bilan 
muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak. Bu, demak, hujjatlar aylanishi grafigidagi 
tegishli holatlar bo‘yicha yakuniy bosqichlar hisob ishlarini bajarish 
grafigidagi xuddi shu holatlarning boshlang‘ich bosqichlari bilan muvofiq 
kelishi kerak. Masalan, kassa hujjatlari bo‘yicha hujjatlar aylanishi rejasi 
kassirning hisobotini tuzish bilan uni bajaruvchi va bajarishning aniq 
muddatlari ko‘rsatilgan holda tugallanadi. Hisob ishlarini bajarish grafigida 
kassirning hisoboti 1- jurnal-orderni tuzish uchun dastlabki material bo‘lib 
xizmat qiladi. Tegishli ravishda ana shu turdagi ishlar bo‘yicha ularni 
bajarish muddatlarining muvofiqligi ta’minlanishi kerak. 
Buxgalteriyada vazifalarni taqsimlash ham hisob ishlarini bajarish 
rejasi bilan bog‘liq. Yuqorida qayd etilganidek, hisob ishlarini bajarish rejasi 
hisob apparatining oy davomida bir tekisda ish bilan ta’minlanishini ko‘zda 
tutishi kerak. Buxgalteriyada xizmat vazifalarini taqsimlash ham birinchi 
navbatda ana shundan kelib chiqib hal etiladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bunda 
boshqa omillar ham: u yoki bu ishning muhimligi, bajaruvchilarning 
malakasi, hisob jarayonining tashkiliy tuzilmasi va boshqalar hisobga 
olinadi. 
Xizmat vazifalarini taqsimlashda eng mas’uliyatli va murakkab ishlar 
ko‘proq malakali xodimlar tomonidan bajarilishi lozimligidan kelib 
chiqiladi. Masalan, bosh buxgalter yoki bosh buxgalter o‘rinbosari odatda 
kassa va bank hujjatlariga ishlov berish va ularni registrlarga yozish ishlarini 


429 
bajaradilar. Buxgalteriyaning malakali xodimi (odatda bosh buxgalter 
o‘rinbosari) ishlab chiqarishga, ayniqsa, chorvachilikka qilinadigan 
xarajatlarning hisobini amalga oshiradi. Tajribali xodim moliya hisobini olib 
borishi kerak. Vazifalar taqsimoti shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki, bunda 
xodimlarning 
o‘zaro almashtirilishi (bir-birining o‘rnini bosishi) 
ta’minlanishi kerak. Hisob xodimlari vazifalar taqsimotining uchta turi 
mavjud (16.8-rasm). 
Buxgalteriya hisobini yuritish shartnoma asosida markazlash-tirilgan 
buxgalteriya, mustaqil ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki tegishli oliy yoki 
o‘rta-maxsus ma’lumotga ega professional buxgalter tomonidan ham 
yuritilishi mumkin. 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish