R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/338
Sana26.04.2022
Hajmi8,08 Mb.
#583816
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   338
Bog'liq
Dustmurodov B.H.N

elektron 
hujjat
tarzida taqdim etilishi mumkin. 
Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi. Kichik 
korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy 
natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobotni 
taqdim etadi. 
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan buxgalteriya 
hisobining ayrim sub’ektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishning 
boshqa muddatlari belgilanishi mumkin. 
Moliyaviy hisobot taqdim qilinadi: 
davlat soliq xizmati
organlariga 
ta’sis hujjatlariga muvofiq 
mulkdorlarga 
davlat statistika
organlariga 
qonunchilikda ko‘zda tutilgan 
boshqa organlarga 


383 
26-moddaga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning yillik 
moliyaviy hisobotlari manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va 
boshqalar uchun oshkora hisoblanadi. Manfaatdor yuridik va jismoniy 
shaxslar yillik moliyaviy hisobotlar bilan tanishish va nusxa ko‘chirish 
sarflarini to‘lab undan nusxa olish huquqlariga egadirlar. 
Ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, 
banklar, fond va tovar birjlari, investitsiya fondlari va boshqa moliya 
muassalari har yilgi moliyaviy hisobotini, ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlar 
to‘g‘riligi auditorlar tomonidan tasdiqlangan, hisobot yili tugaganidan so‘ng 
birinchi maygacha e’lon qilishlari shart. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tugatilganida (bankrot, ixtiyoriy ravishda 
yoki boshqa asosda tugatilishi) sud yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan 
bankrot deb e’lon qilingan, yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan 
sanaga yakuniy moliyaviy hisobot tuzish tartibi 27-moddada belgilangan. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektni tugatishga doir muomalalarni hisobga olish, 
tugatish balansi va hisobotni tuzish uchun javobgarlik, tugatish 
komissiyasiga yoki amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektning tugatilishini amalga oshiradigan boshqa organga yuklatiladi. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning aktivlari tugatish balansida tugatish 
komissiyasi tomonidan aniqlangan bahoda ya’ni ularni sotish mumkin 
bo‘lgan baholarda aks ettiriladi. Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish 
balansiga kiritilmaydi. 
Tugatilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning majburiyatlari 
aniqlashtiriladi va ularni tuzish vaqtiga qadar hisoblangan foizlar bilan birga 
qo‘shib tugatish balansida aks ettiriladi. 
28-moddaga muvofiq buxgalteriya axborotlari xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektning ishlab chiqarish, texnologik moliyaviy va boshqa turdagi 
faoliyati to‘g‘risidagi axborotlar saqlanganligi sababli maxfiy (tijorat siri) 
hisoblanib, ularni oshkor qilish uning manfaatlariga zarar yetkazishi 
mumkin. Maxfiy buxgalteriya axborotlarining ro‘yxati va hajmi xo‘jalik 
yurituvchi sub’ekt tomonidan aniqlanib, bu haqda manfaatdor shaxslar 
yozma ravishda xabardor qilinadi. 
Auditorlar, soliq inspektorlari va buxgalteriya hisobi axborotlarini olish 
huquqiga ega boshqa shaxslar qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollardan 
tashqari, maxfiylikka rioya qilishlari lozim. Sir hisoblangan axborotlarni 
oshkor qilish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan 
tartibda javobgarlikka tortiladi. 
Qonunning 29-moddasida buxgalteriya hujjatlarini saqlash tartibi 
belgilangan. Buxgalteriya hujjatlari yozuvlar, mikrofilmlar xo‘jalik 


384 
yurituvchi sub’ekt tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat markaziy 
arxivi Qoidalarida belgilangan davr (3 yildan kam bo‘lmagan) davomida 
saqlanishi lozim. 
Hujjatlashtirish 
oldiga 
qo‘yiladigan 
umumiy 
talablar 
va 
hujjatlashtirishni boshqarish barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun 
majburiydir. Qoidalarga muvofiq sub’ekt hujjatlarini tanlanishi, hisobga 
olinishi, saqlanishi, ishlov berilishining sifati, uning faoliyatida vujudga 
keladigan doimiy saqlanadigan hujjatlarning ishlatilishi, ularni saqlash uchun 
o‘z vaqtida arxivga topshirishni ta’minlash lozim. Manfaatdor shaxslar 
belgilangan tartibda nusxa ko‘chirish xarajatlrini to‘lab, zarur hujjatlardan 
nusxa olishlari mumkin. Buxgalteriya hujjatlarini olish qonunchilikda 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
30-modda yangidan kiritilgan bo‘lib, unga muvofiq buxgalterlar 
umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalterlarning jamoat birlashmalarini 
tuzish huquqiga ega. 
Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga rioya qilinishi ustidan davlat 
va jamoatchilik nazoratini uyg‘unlashtirish, buxgalterlarning manfaatlarini 
himoyalash uchun O‘zbekiston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar milliy 
assotsiatsiyasi (O‘zBAMA) tashkil etilgan. O‘zBAMA faoliyatining asosiy 
maqsadlari: 
-
buxgalterlar jamoatchiligi orasida yangicha iqtisodiy tafakkurni 
shakllantirish va rivojlantirish; 
-
O‘zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasbini 
rivojlantirish, ularni Buxgalterlar Xalqaro Federatsiyasi(BXF-IFAC) a’zoligi 
talablariga javob beradigan Jahon standartlariga yaqinlashtirish; 
-
buxgalterlar va auditorlarning kasb faoliyatiga oid himoyasini 
ta’minlash; 
-
buxgalterlar va auditorlar kasb darajasi va nufuzi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar bankini shakllantirish hamda undan foydalanish. 
31-moddaga muvofiq buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va 
hisobotni tuzish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
hal etiladi. 
Ushbu moddani shunday izohlash mumkin-ki, buxgalteriya hisobini 
tashkil etish, yuritish va hisobotni tuzish bilan bog‘liq barcha nizolar, 
ularning xususiyatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 
Qonunning yakunlovchi, 32-moddasida buxgalteriya hisobini tashkil 
etish va yuritish uchun mas’ul shaxslar buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi 


385 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda 
javobgarlikka tortilishini belgilaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, soliq va boshqa qonun hujjatlarida 
ro‘y bergan o‘zgarishlar buxgalteriya hisobi uslubiyati, moliyaviy hisobotni 
tuzish va taqdim qilish tartibiga ta’sir qilmasligi lozim. Ular faqat tegishli 
buxgalteriya hisobi standartlari o‘zgarganida o‘zgarishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotning jahon hamjamiyati bilan 
uyg‘unlashish jarayoni faollashmoqda. Buxgalteriya hisobini isloh qilish 
1994 yil qabul qilingan

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish