qobiliyat va unga xos bo‘lgan fazilatni anglatadi. Bu yerda nuktadon so‘zi
nuktafahm qo‘shma so‘ziga qaraganda kengroq ma’noni anglatadi, sababi bilish
fahmlashdan ko‘ra kengroq mazmundagi so‘z hisoblanadi. Endi nek negizidan
yasalgan turli ma’nodagi qo‘shma so‘zlarni e’tiboringiz markaziga havola
beradigan bo‘lsak, u forscha ‘yaxshilik’ ma’nosini bildiradi, jumladan nekbin so‘zi
“(yaxshilikni ko‘ruvchi) har narsani yaxshi tomondan ko‘ruvchi, kelajakka
ishonuvchi; optimist” shaxsga xos bo‘lgan xarakterni anglatib kelgan. Shu o‘rinda
qadami qutlug‘ baxt keltiruvchi, sharofatli” degan ma’noni bildiradi. Bizga
bahuvrihi insonga xos bo‘lgan har qanday xususiyatni anglatishi sir emas.
O‘zbek tilining izohi lug‘atida unga quyidagicha ta’riflar keltirilgan: “1. poyasidan
42
supurgi qilinadigan doni qizil boshoqli o‘simlik. 2. Shu o‘simlik poyasidan
bog‘langan supurgi. 3. ko‘chma salb. Supurgiday egilib bukilib, bukiladigan,
muloyim odam haqida.” Ko‘rinib turibdiki, oyimsupurgi so‘zi asli o‘simlik nomini
atab kelmoqda, ammo uning ko‘chma ma’nosi ostida shaxs, kishi xarakteri yotibdi.
Bunga quyidagi keltirmoqchi bo‘lgan misolimizda ham o‘zingiz guvohi bo‘lasiz.
(Mo‘min aka) Nechundir, to‘satdan kirpi qiyofasidan oyimsupurgi qiyofasiga
kirib oldi.
Navbatdagi biz tahlil qilmoqchi bo‘lgan attributiv qo‘shma so‘z bu
“
odamovi
” so‘zidir. Bu so‘zni birinchi ko‘rgan, tilimizni endi o‘rgana boshlagan
odam bu so‘z ma’nosini butunlay boshqacha talqin qilishi mumkin. Negaki,
‘odam’+ ‘ovi’ so‘zlaridan tashkil topgan bu so‘z ularga, go‘yo, “odamning ovi”
bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo bu zinhor to‘g‘ri bo‘lmaydi. Nainki, o‘zbek tili
o‘zining boy leksikasi bilan boshqa tillardan alohidalanadi va ajralib turadi. Siz
ham bu so‘zning asl ma’nosiga qiziqayotganingizni inobatga olgan holda, biz
uning o‘zbek tili izohli lug‘atida berilgan izohini keltirib o‘tamiz. “odamlardan
o‘zini chetga olib yuradigan hech kimga qo‘shilmaydigan, el-xalqqa
aralashmaydigan” kishi xarakterini bildiradi.
Rajab bolalikdan kamgap, odamovi
bo‘lib chiqdi.(H.Nazir, Indamas)
. Boshqa e’tiborimizni tortadigan bahuvrihi ham
borki, u insonga xos bo‘lgan xarakterni bildiradi. Masalan, “
soddadil
” bu
attributiv qo‘shma so‘z o‘ziga xos ma’no va mazmunga egadir: “(f – ochiq
ko‘ngilli, ishonuvchan; go‘l, laqma) quvlik – shumlikni bilmaydigan, ko‘ngli ochiq,
ko‘ngli toza, sofdil” . Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, ‘dil’ bu qalb, ko‘ngil,
yurak kabi ma’nolarni bildiradi. Bu qo‘shma so‘zda esa dili, qalbi beg‘ubor, sof va
toza, ayni paytda shumlik neligini bilmaydigan, o‘ta ketgan darajada sodda bo‘lgan
insonni anglatadi. Misol uchun,
Do'stlaringiz bilan baham: