Quyosh fizikasi haqida quyosh haqida umumiy ma'lumotlar


Fotosferada kuzatiladigan mash 'allar



Download 1,74 Mb.
bet4/9
Sana30.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#718380
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
QUYOSH FIZIKASI HAQIDA

Fotosferada kuzatiladigan mash 'allar ravshanligi jihatdan ajralib turadigan zanjirsimon obyektlardir. Spektral analiz mash'allarning ravshanligi fotosferanikidan 10-20 foizga ortiq ekanligini ko'rsatadi. Mash'allarni faqat Quyosh ko'rinma diskining chekkalari yaqinidagina kuzatish mumkin, disk markazi atrofida esa ular deyarli ko'rinmaydi. Buning sababi, Quyosh diski markazida nurlanish, uning chuqurroq sohalaridan chiqayotganligi tufayli chetlariga nisbatan intensivligidadir. Mash'allar magnit maydonga ega bo'lib, maydon kuchlanganligi 50-100 erstedni tashkil qiladi. Fotosferaning muammolarga boy obyektlaridan biri Quyosh dog'laridir
Quyosh dog'lari
Quyosh dog'lari dastlab granulalar orasida kichik nuqta shaklida tug'iladi. Dog'ning bu tug'ilish bosqichi - pora deb yuritiladi. Poralar asosan mash'alli sohada joylashgan granulalar orasida vujudga keladi. Quyosh dog'i ikki qismdan iborat bo'lib, uning marka2iy timqora qismi yadro yoki soya deyiladi.Yadroni o'rovchi qismi esa yarim soya deb yuritiladi.

Dog'larda juda kuchli magnit maydoni mavjud bo'lib, maydon kuchlanganligi ayrim dog'larda 4000-4500 erstedgacha yetadi. Dog'larning temperaturasi uni o'rovchi fotosfera temperaturasidan 1000-1500°gacha past, ya'ni 4500°K ga yaqin bo'ladi. Shuning uchun Quyosh dog'lari fotosferada qora obyekt sifatida namoyon bo'ladi. Quyosh dog'larida magnit maydonning mavjudligi 1908-yilda Xeylning spektral kuzatishlari tufayli ma'lum bo'ldi.Dog'larning diametri 40000 kilometrdan ortiq bo'lsa, uni oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin bo'ladi. Shu bois dog'larni juda qadimda ham Quyosh botishi yoxud chiqishi oldidan uning sirtida ko'rishgan. Miloddan bir necha yuz yil oldingi Xitoy qo'lyozmalarida Quyosh dog'lari kuzatilganligi qayd etilgan. Biroq qadimda kuzatilgan dog'lar, Quyosh gardishi oldidan o'tayotgan birorta sayyoraning (Merkuriy yoki Veneraning) unda proyeksiyalanishi deb noto'g'ri talqin qilinar edi.
Birinchi bo'lib G. Galiley 1609-yilda o'zi yasagan teleskopda dog'larni kuzatib, ular bevosita Quyosh sirtiga tegishli obyektlar ekanligini aniqladi.
Quyosh dog'lari yakka holda kam uchraydigan obyektlar bo'lib, asosan guruh-guruh holda uchraydi . Dog' guruhlarida bir yoki ikki yirik dog' bo'lib, u yana bir necha tartibsiz joylashgan mayda dog'chalar va poralardan iborat bo'ladi. Qizig'i shundaki, guruhdagi ikki yirik dog'dan biri shimoliy magnit qutbiga, ikkinchisi esa janubiy magnit qutbiga ega bo'ladi. Guruhdagi bu ikki yirik dog'dan g'arbdagisi lider, sharqdagisi esa dumdagi dog' deb yuritiladi. Guruh dog'lari strukturasiga ko'ra, sinflarga bo'linadi. Agar guruhda bir xil qutbga ega bo'lgan dog'lar yoki birgina dog' bo'lsa unipolyar, qarama-qarshi qutblangan ikki dog' yoki dog'lar guruhidan tashkil topganda esa bipolyar deyiladi. Guruhdagi dog'lar qutblanishi jihatidan aniq bir qonuniyatga bo'ysunmaydi.
Dog'larning o'lchami xilma-xil bo'lib, ularning maydonining diametri bir necha ming kilometrdan bir necha yuz ming kilometrgacha boradi. 1858-yilda kuzatilgan yirik dog'ning maydonining diametri 230 ming kilometrni tashkil qilib, Yer diametridan 28 marta katta bo'lgan.Quyosh dog'larining yarim soya qismida gaz massasining uzluksiz tashqariga tomon oqib chiqishi kuzatiladi. Oqimning o'rtacha tezligi sekundiga 2 kilometrni tashkil qiladi. Yarim soyadagi bu hodisa Doppler effekti asosida Kodaykanal (Hindiston) observatoriyasi astronomi J.Evershed tomonidan aniqlandi va bu hodisa olim sharafiga Evershed effekti deb yuritildi. Yarim soya tuzilishini o'rganish u dog' radiusi yo'nalishida yotuvchi qora va yorug' tolalardan tashkil topganligini ko'rsatadi. Yarim soya bo'ylab gaz oqimi qora tolalar bo'ylab kuzatilib, yorug' tolalar bu harakatda ishtirok etmasligi spektral tahlil asosida ma'lum bo'ldi.
Quyosh dog'larining yashash vaqti turlicha bo'ladi. Poralarni e'tiborga olmaganda, dog'lar bir necha oygacha yashaydi. Bir necha oy mavjud bo'ladigan dog'lar juda kam uchraydi. Poralar esa bir necha soatdan bir necha sutkagacha «yashaydi» yoki bu davr ichida dog'ga aylanadi.
bu o'rinda к - teleskop quvvatini ifodalovchi koeffitsiyent bo'lib, R. Volf foydalangan teleskop uchun k=1; f- Quyoshdagi dog'larning umumiy sonini, g - esa dog' guruhlarining sonini ifodalaydi.
V olf o'z observatoriyasida bir necha yil davomida kuzatilgan Quyosh dog'lari sonining o'zgarishi va Galiley zamonasidan buyon kuzatilgan dogiar soniga tayangan holda, Quyosh dog'lari soni 11,1 yillik davr bilan o'zgaradi degan xulosaga keldi. Bu davr Quyosh aktivligi davri deb yuritiladi (82-rasm)
Dog'lar asosan Quyosh ekvatori atrofida ±(40°+45°) li geliografik kenglik zonasida uchrab, undan katta kengliklarda deyarli kuzatilmaydi. Quyosh aktivligining minimumi davrida dog'lar ±45°li geliografik kengliklarda vujudga kelib, keyin uning ko'payishi davomida ularning paydo bo'lishi zonasi ekvator tomon yaqinlashib keladi. Bu hodisa Kerington tomonidan aniqlanib, G.Shpyorer tomonidan o'rganilgan va shu bois Shpyorer qonuni yoki ba'zan ko'rinishiga ko'ra «Maunder kapalagi» ham deb yuritiladi.

Dog'larning paydo bo'lish nazariyalar'i. Quyosh dog'larining kelib chiqishi haqidagi dastlabki nazariyalar nuriy muvozanat sohasida kuzatilayotgan gazning adiabatik  sovushiga asoslangan
Bu nazariyalardan biri 1921-yilda Ressel tomonidan, boshqa biri esa 1926 yilda Rosseland va Berknis tomonidan ilgari surildi. Biroq Quyoshning sirtqi qatlamida vodorodli konvektiv zonaning aniqlanishi adiabatik sovish nazariyasi uchun hal qilish qiyin bo'lgan qiyinchiliklarni tug'dirdi.Quyosh dog'larining sovishini magnit maydon ta'siri orqali tushuntiradigan gipoteza keyinroq 1941-yili Birman tomonidan va Xeyl tomonidan taklif qilindi. Birman nazariyasiga ko'ra dog'larda magnit maydon konveksiyasi mavjud bo'lib, u dog' o'miga yo'nalgan energiya oqimini susaytiradi va natijada bu jarayon dog' sohasida temperaturaning pasayishini vujudga keltiradi. Bu esa o'z navbatida dog'ni fotosfera fonida qora bo'lib ko'rinishiga sabab bo'ladi. Biroq keyingi yillarda dog'larning soya qismida ham donodorlik yacheykalarning kuzatilishi, bu nazariya obro'siga biroz putur yetkazdi. Shuni aytish kerakki, kuzatilgan yadrodagi granulyatsion yacheykalar fotosfera granulalari bilan solishtirilganda, magnit maydonning konvektiv oqimga bevosita ta'siri borligi ma'lum bo'ldi. Natijada konveksiya dog' sohasida butunlay bo'g'ilmasa-da harqalay tormozlanishiga shubha qolmadi.
Xeyl nazariyasiga ko'ra, konveksiya tufayli Quyosh sirtiga ko'tarilgan issiqlik energiyasi uning katta sirt maydoni bo'ylab taqsimlaniShi natijasida sovib, qora dog'ni hosil qiladi. Bu ilmiy gipoteza konveksiya oqimi faqat magnit maydon kuch chiziqlari bo'ylab ko'tarilishi va dog'larda magnit maydoni haqidagi klassik tasavvurga binoan uning kuch chiziqlari quyosh sirti bo'ylab yoyilishiga asoslanadi
Garchi Birman va Xeyl gipotezalari hozirgi zamon kuzatishlari natijalariga ko'ra o'zini to'la oqlay olmasa-da, dog'larda plazmaning sovishi, Quyosh ichki energiyasini sirtga tashuvchi konveksiyaning magnit maydoni tomonidan qisman tormozlanishidan ekanligiga bugun yetarlicha dalillar mavjud
Quyosh dog'larining spektri. Quyosh dog'larining spektri fotosfera spektri bilan bir xil, ya'ni yutilish spektri bo'lib, unda uyg'onish potensiali kichik bo'lgan spektral chiziqlar fotosferanikiga nisbatan kuchaygani holda potensiali katta bo'lganlarining intensivligi, aksincha, kamaygan holda bo'ladi. Quyosh dogiari spektridagi dog'ga tegishli fizik parametrlarni (harakat tezligi, magnit maydon kuchlanganligi va hokazo) aniqlash maqsadida, dog' spektrini olishda, spektrograf tirqishining balandligi shunday tanlanadiki, bunda spektr dog'ning ikki tomonidan fotosferani ham o'z ichiga oladi.
Dog' spektrida spektral chiziqlar sokin fotosferanikidan farqli o'laroq, uning yarimsoya qismida plazmaning harakati borligidan darak berib, asosan dog'ning bu qismida spektrning qizil yoki binafsha tomoniga siljiydi (83-rasm).
Ma'lum X to'lqin uzunligining siljishi ±A\ ni tashkil qilsa, u holda nuriy tezlik (tezlikning qarash chizig'i bo'yicha tashkil etuvchisi) Doppler effektiga ko'ra
formulalardan topiladi. Bu yerda с - yorug'lik tezligini ifodalab, tezlikning musbat ishorasi spektral chiziqni beruvchi atomlar va erkin elektronlardan iborat plazma massasini kuzatuvchiga nisbatan и tezlik bilan uzoqlashishidan, minus ishora esa aksincha shunday tezlik bilan yaqinlashishidan darak beradi.
Shuningdek, nurlanayotgan plazma atomlari dog'ning magnit maydonida
bo'lganda spektral
chiziqlarning bo'laklarga bo'linishi kuzatiladi (ayniqsa dog'ning yadroga tegishli qismida). Bu hodisa Zeeman effekti deb yuritiladi. Zeeman effektiga ko'ra, kuzatiladigan dog' sohasida magnit maydon kuchlanganligi vektorining qarash chizig'i yo'nalishiga nisbatan qanday joylashganligiga qarab, spektral chiziq ikkita yoki uchta tashkil etuvchiga bo'linadi. Agar maydon kuchlanganligi vektori (#) qarash chizig'i bilan bir xil yo'nalgan bo'lsa, u holda spektral chiziqikkita komponentagaajralib, ular aylanma qutblangan bo'ladiAgar H vektorning yo'nalishi, qarash chizig'i yo'nalishi bilan 90° li burchakni tashkil qilsa, u holda spektral chiziq 3 ta komponentaga bo'linib, ular chiziqli qutblangan bo'ladi. Komponentlarning intensivligi birinchi holda o'zaroteng bo'lib, ikkinchi holda nisbat ko'rinishida bo'ladi. Magnit maydoni kuchlanganligining kattaligi H hosil bo'lgan komponentalar to'lqin uzunliklarining ayirmasiga proporsional bo'ladi, ya'ni' bu o'rinda:

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish