6.4.Hudud kengligining yig‘indi quyosh nurlanishi oqimiga ta’siri.
Quyoshning yer yuziga tushadigan nur energiyasi va issiqligi Quyosh radiatsiyasi deb ataladi. Quyosh radiatsiyasining miq dori muayyan vaqt mobaynida 1 sm.kv yer yuzasiga kaloriya miqdorida tushgan nurli energiya bilan ifodalanadi.
Quyosh radiatsiyasining yer yuzasida taqsimlanishi geografik kenglikka bog‘liq, chunki quyosh nurlarining yer yuzasiga qanday burchak ostida tushishi hamda turli yerlarda kunning uzoqligi geografik kenglikka bog‘liq. Quyosh nurlari yer yuzasiga qancha tik tushsa, xuddi shu joy muayyan vaqtda ko‘p issiqlik oladi.
O‘rta Osiyo shimoliy va janubiy qismlari o‘rtasidagi kunning uzunligidagi eng katta farq yozgi va qishki quyosh tushishi kunlariga to‘g‘ri keladi. Masalan, dekabrning oxirida o‘lkaning chekka janubiy qismlarida kun shimolga nisbatan taxminan 1 soat-u 10 minut uzun, iyun oyining oxirida esa, aksincha, 1 soat-u 50 minut qisqa bo‘ladi.
Joyning geografik kengligi shu hududda joylashgan yer yuzasiga tushishi mumkin bo‘lgan quyosh energiyasi miqdorini belgilaydi. Lekin quyoshdan keladigan energiyaning hammasi ham yer betiga yetib kelmaydi. Uning 20 foizga yaqin qismi yer yuziga tushmay, havo qobig‘idan yana fazoga qaytib ketadi. Quyosh nurlarining bir qismini havodagi suv bug‘lari, changlar, shuningdek, bulutlar yutadi va tarqatib yuboradi. Natijada atmosferada tarqoq radiatsiya vujudga keladi.
Quyoshdan yer betiga bevosita yetib kelgan radiatsiya to‘g‘ri radiatsiya deyiladi. Yer yuziga to‘g‘ri radiatsiya ham, tarqoq radiatsiya ham tushadi. Yer yuzasiga tushadigan tarqoq radiatsiya bilan to‘g‘ri radiatsiya birgalikda yalpi radiatsiya deb ataladi. Yalpi radiatsiya Qoraqum cho‘lining janubida 1 sm.kv yuzada 150 kkal issiqlikka teng. Yalpi radiatsiya shimolga tomon kamayib boradi.
Yer yuzidagi joyning geografik o`rnini aniqlash uchun uning geografik kengligini va geografik uzunligini bilish zarur. Joyning geografik kengligi va geografik uzunligi birgalikda shu joining geografik koordinatasi deb ataladi.
Globus va xaritadan joyning geografik koordinatasini aniqlashni quyidagi misollar yordamida o`rganishingiz mumkin: Buyuk Britaniyaning poytaxti London shahrining geografik koordinatasini aniqlash kerak bo`lsin. Buning uchun avvaliga globus yoki Sharqiy yarimshar xaritasidan London shahri joylashgan geografik kenglikni aniqlash lozim.
Globusdan London ekvatorga nisbatan shimol tomonda, ya`ni 50 daraja va 60 daraja shimoliy kengliklar orasida joylashganligini ko`rish mumkin. Shaharning geografik kengligini aniqroq bilish uchun 50 daraja va 60 daraja parallellar orasini chirg`ich yordamida o`lchaymiz va uni 10 qismga bo`lib chiqamiz. Bu har bir qism 1 darajadan iborat bo`ladi. Aniqlash mumkinki, London shahri ana shu 10 ta qismning birinchi qismiga to`g`ri keladi. Shuning uchun 50 darajaga 10 ni qo`shamiz. Bu esa shaharning geografik kengligi 51 daraja sh.k. ekanligini ko`rsatadi. Buyuk Britaniyaning poytaxti Bosh meridianda joylashgani uchun uning geografik uzunligi 0 daraja bo`ladi. Demak, London shahrining geografik koordinatasi 51 daraja sh.k. va 0 darajali geografik uzunlik ekan.
Toshkent shahrining geografik koordinatasini aniqlaylik. Poytaxtimiz ham ekvatorga nisbatan shimolda joylashgan. Shuning uchun u shimoliy kenglikka ega. Xaritadan ko`rish mumkinki, Toshkent 40 daraja va 50 daraja paralleldan taxminan 10 yuqorida, ya`ni 41 daraja kenglikda Toshkent shahri joylashganligini ko`rish mumkin.
Endi shaharning geografik uzunligini aniqlaymiz. Poytaxtimiz Bosh meridiandan sharqda joylashgan. Shuning uchun u sharqiy uzunlikka ega bo`ladi. Xaritadan ko`rish mumkinki, Toshkent 60 daraja va 70 daraja meridianlar orasida joylashgan. Bu oraliqni ham teng 10 bo`lakka bo`lib, shahar bu bo`laklarning to`qqizinchisiga to`g`ri kelishini topamiz. Bundan Toshkent 69 daraja shq.u.da joylashganligini aniqlaymiz. Demak, Toshkent shahrining geografik koordinatasi 41 daraja sh.k. va 69 daraja shq.u. ekan.
Yer yuzining turli joylarida har xil hodisalar bo`lib turadi. Dengizda kemalar halokatga uchraganda, o`rmonlarda yong`in bo`lganda, fazogirlar qo`nganda va boshqa hollarda shoshilinch yordam yuborish uchun avvaliga o`sha joy xaritadan aniqlab olinadi.
Masalan, dengizda kemaning halokatga uchraganligi haqida quyidagicha shoshilinch xabar olindi, deylik: "Kemamiz halokatga uchradi. Geografik koordinatamizni ma`lum qilamiz: 28 daraja j.k. va 94 daraja shq.u.”
Halokatga uchragan kemaga yordam berishdan avval globus yoki xaritadan xabar qilingan geografik koordinata qayerda ekanligi aniqlab olinadi. Xabarga ko`ra, kema janubiy kenglikda 20 daraja va 30 daraja parallellar orasida halokatga uchragan. Globus va xaritadan 20 daraja va 30 daraja parallellar orasidan 28 daraja j.k. topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |