Qolip tayyorlashda model osti taxtasi ustiga model o’rnatiladi (4-rasm,a), so’ngra usti va osti ochik turtburchak quti shaklidagi opoka qo’yiladi. Opokaning ichi to’lguncha qolip materiali solinadi va yaxshilab shibbalanadi (zichlanadi) (4-rasm,b). Qolip materialining ortiqchasi chizgich yordamida sidirilib, opoka yuzidan olib tashlanadi. Shundan so’ng opoka ustiga ikkinchi model osti taxtasi berkitilib, opoka 1800 ga aylantiriladi. - Qolip tayyorlashda model osti taxtasi ustiga model o’rnatiladi (4-rasm,a), so’ngra usti va osti ochik turtburchak quti shaklidagi opoka qo’yiladi. Opokaning ichi to’lguncha qolip materiali solinadi va yaxshilab shibbalanadi (zichlanadi) (4-rasm,b). Qolip materialining ortiqchasi chizgich yordamida sidirilib, opoka yuzidan olib tashlanadi. Shundan so’ng opoka ustiga ikkinchi model osti taxtasi berkitilib, opoka 1800 ga aylantiriladi.
- Ustki modelning ostki taxtasi olinib, pastki opokaga ustki opoka o’rnatiladi va uning ichiga model va quyish sistemasi o’rnatiladi. Keyin ustki opoka xam qolip materialiga to’ldirilib shibbalanadi. Opokalar ajratilib ostki opokadan model oxistalik bilan olinadi, quyish yullari tuzatilib, ostki opoka bo’shligidagi tayanch yuzaga sterjen o’rnatiladi, ustki opoka qayta quyilib qolip yigiladi. va tayyor qolipga quyish yo’li orqali suyuqlantirilgan metall quyilib, quyma xosil qilinadi. Quyma qotgandan keyin qolip buzilib, quyma chiqarib olinadi. Quyish sistemasi kesib olinadi va quyma qolip materiali qoldiqlaridan yaxshilab tozalanadi. Olingan quyma maxsus tekshiruvdan o’tgandan so’ng kesib, ishlash sexiga yuboriladi.
2.Quymani olish tartibi - 2.Quymani olish tartibi
- 1. Qolip materiali tayyorlanadi. Qolip tayyorlanadiganjoyga model taglik taxtasi 1 ni gorizontal qilib ko’pilib, unga model 2 quyiladi, unga esa qolipga metall kirituvchiquyish sistemasi modeli 2 biriktiriladi (5-rasm,a).
- 2. Model taglik taxtasiga pastki opoka 3 o’rnatiladi. Keyin yupqa qilib qum kukuni, uning sirtiga 10-15 mm qalinlikda qoplama material solinib, so’ngra opoka to’ldirgichmaterial 3´ bilan to’ldirilgach, shibba 4 bilan shibbalanadi. Opoka zixidagi ortiqcha material chizg’ich 9 bilan sidirib tashlanadi. Qolip materialining gaz o’tkazuvchanligini yaxshilash maqsadida uning bir necha joyida six sim 4 bilan kichik teshiklar ochiladi (5-rasm,b).
- 3. Opoka ikkinchi taglik taxta bilan yopilib, ularni birgalikda 180°C ga burib, tekis joyga qo’yamiz, ustidagi model taglik taxtasini olamiz. Keyin pastki opokaga ustki opoka o’rnatib, ularni o’zaro shtirlar 6 bilan mahkamlaymlanadi. So’ngra qolipga metall kirituvchi quyish sistemasi elementi modeli 2 ga shlak tutgich modeli 7, unga esa stoyak modeli 7' ni biriktiramiz, ustki opokani ham pastki opoka singari qolip materiallari bilan to’ldirib shibbalaymiz, ortiqcha materiallarni sidirib tashlab, gaz chiqarish teshiklari ochamiz (5- rasm, e va g).
Do'stlaringiz bilan baham: |