Quvvatov fayzulla xudoyqulovich


Bitiruv-malakaviy ishning hajmi



Download 0,99 Mb.
bet10/26
Sana13.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#355624
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
Quvvatov fayzulla xudoyqulovich

Bitiruv-malakaviy ishning hajmi. Ish kirish, ukki bob, olti bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat bo’lib, ellik olti sahifadan tashkil topgan.

I bob. Kompozitsiya.

1.1. Kompozitsiya .Kompozitsiya tarixining rivojlanishi.

Ma’lumki, tasviriy san’atda rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va xalq amaliy san’ati kabi turlar mavjud bolib, ana shu barcha tur va janrlarida kompozitsiya muhim ahamiyatga ega. Shuningdek har qanday tasviriy san’at asrining negizini kompozitsiya tashkil etadi. Kompozitsiya sо‘zi lotinchadan «kompositio» - ya’ni predmetlar bо‘laklarini solishtirib, ma’lum tartibda yaxlit joylashtirish, g‘oyaga muvofiq ijod qilish, bayon qilish, kompozitsiya tuzish demakdir. Kompozitsiya orqali rassom asardagi mazmunning muayyan tarkibdagi chiziq, shakl, rang va boshqa vositalar orqali tomoshabipga ta’sir kuchini oshiradi. Uning elementlarini о‘zaro bog‘lab joy-jopnga qо‘yadi, fazoviy kenglikni yaratadi. Har bir tasviriy san’at asari ma’lum kompozitsiyaga ega bо‘ladi. Zero, kompozitsiya asar yaratilishida birinchi galla hal etiladigan muhim ish hisoblanadi.

Kompozitsiya tuzishning о‘ziga xos qonun-qoidalari, vosita va us.lublari mavjud. Kompozitsiyaning vosita va uslublarini batafsil о‘rgaguvchi "Kompozitsiya" fani ham mavjud.

Tasviriy san’atda kompozitsiyaning asosan uch turi amal qiladi. Ular frontal kompozitsiya, hajmli kompozitsiya, chuqur-fazoviy kompozitsiyadan iboratdar.

1. Frontal kompozitsiY. Bunda tasvir tekislik yuzasida ishlanadi. Ular rangtasvir, relyefli haykallar, binolarning old qismi — fasadidagi tasvirli naqshlar bо‘lishi mumkin.

2. Hajmli kompozitsiY. Bunday kompozitsiyalar uch о‘lchamga ega gasvirlar bо‘lib, ularni har tomondan kuzatish mumkin. Ular asosan yumaloq haykallar, amaliy san’at buyumlari, me’morchilik binola-rining modellarida namoyon bо‘ladi.

3. Chuqur-fazoviy kompozitsiY. Bunday kompozitsiyalar kо‘proq 1urarjoy va jamoat binolarining ichki kis mini, xususan uy ichki xonalari, jamoat joylarining foyesi, teatr sahnasi kabilarning loyihalarida kо‘zga tashlanadi.

Rangtasvir kompozitsiyasi ham tasviriy sagg’atda katta о‘rinni egallaydi. Bulga sabab tasviriy san’at oldiga qо‘yiladigan vazifa-larning aksariyati, xususan kishilarda badiiy did, tafakkur va xogirani о‘stirish, dunyoqarashni kengaytirish, tasviriy san’atni his etish malakalarini rivojlantirish rangtasvir kompozitsiyasinish asosini tashkil etadi.

Haykaltaroshlik kompozitsiyasi bevosiga haykal yaratish bilan bog‘.liq bо‘.ggan talib va qoidalar, uslub va vositalarning amashy jihatlarini о‘z ichiga oladi.

Dekorativ kompozitsiya tushunchasi asosan rangtasvir va haykal-garoppiqda qо‘.llaniladigan badiiy bezak ishlarini ifodalaydi. Ular freska, mozaika, vitraj, istirohat bog‘lari haykaltaroshligi, mayda shastika, me’morchilikda esa binolarining relyefli bezaklarida frizlar shak-lida keng qо‘llaniladi.

Tasviriy san’at asarlaridagi kompozitsiyani tuzish tamoynllarini puxta egallash bо‘lg‘usi mutaxassis rassomlar uchun nihoyatda zarurdir. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, rangtasvir kompozitsiyasi rayem ishlashdagi murakkab jarayonlardan hisoblanadi. Shuning uchun ham odatda о‘quvchi va talabalarning ishlari faqat perspektiva va rang jihatsdangina emas, balki kompozitsiya jihatidan ham ancha bo’sh bо‘ladi. Bu yoshlar tafakkuri, tasavvuri va fantaziyasining talab darajasida emas ligi va rivojlanmaganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, bulga о‘quvchilarning kompozitsiyaning nazariy asoslarini, uslub va vositalarini yetarlicha bilmasliklari ham sabab bо‘ladi. Kompozitsiya haqida fikr yuritgatsda, avvalo, gapni uning о‘lchami va formatidan boshlagan ma’qul. Chunki kompozitsiya ta’sirchanligini oshirishda uning о‘lchami va formatini (kо‘ndalang, tik, kvadrat formatlar) tо‘g‘ri belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Yaratilajak asar formati, ya’ni shakli va о‘lchami rassomning g‘oyasi, asar mavzusi va mazmuniga, va suvratdagi detallarga bog‘liq bо‘ladi.

Aytaylik, porgretda figura tikkasiga tasvirlanadigan bо‘lsa, rassom asar formatini bо‘yiga tutadi yoki rassom tasvirni chapdan о‘ngga va, aksincha, о‘ngdan chapga harakatda tasvirlaydigan bо‘lsa, asar formatini eniga tutadi.

Albatta, suvrat kompozitsiyasi va uning ta’sirchanligini oshirshnga qо‘yiladigan talablarning hammasi ham yoshlarning idroki va saviyasiga moye emasdek tuyuladi. Biroq, о‘qituvchi kompozitsiyaning ana shu muhim nazariy asoslarini yoshlar idrokiga moye keladigan samarali yо‘llar va usullar bilan tushuntirishi lozim. Shunda bu boradagi materiallar talabalar tomonidan yaxshi о‘zlashtiritadi.

Kompozitsiya qonunlari deyilganda birinchi galda bir butunlik yoki suvrat detallarining о‘zaro bog‘liqligi qonuni, kompozitsiyadagi detallarning asar goyasiga muvofiqligi qonuni, muvozanat qonuni, suvratda yangilikning bо‘lishi, kontrastlar qonuni, hayotiylik qonuni kabitar nazarda tushladi.

Kompozitsiya qoidalari deyilganda esa ritm, kompozitsion markazning bulishi, detallarni tsimmegrik yoki assimegfik joylashuvi, kompozitsiyada harakat, turg‘unlik, planlilik, laraltellikkabilar nazarda tutiladi.

Uquvchilar kompozitsiyaga xos qonun va qoidalar bilan birga uning uslublari va vosigalari haqida ham ma’lum tasavvurga ega bо‘lishlari lozim

Kompozitsiya uslublari deyilganda tasvirni monumental tarzda ifodalash, fazoviytasvirlash, detallarnitik, yotiq dioganallar bо‘yicha tasvirlash kabshgar tushuniladi. Masalan, V.Surikov «Boyvuchcha Morozova» nomli asarida kompozitsiyadagi harakatni kо‘rsatish uchun detallarni dioganal yо‘nalishi bо‘yicha joytapggirgan (13-rasm).

Kompozitsiya vosigalari deyilganda chiziq, oq va qora ranglar, rang dog‘lari, chiziqli va havo (rang) perspektivasi qoidalari asosida tasvirlash tushunitadi.

Kompozitsiya qonunlari haqida gapirganda shuni ham ta’kidlash lozimki, suvrat detallarining о‘zaro uzviy bog‘liqtiga qonuniga kо‘ra, asar g‘oyasidan kelib chiqqan holda uning mazmunini ishonarli tо‘lqin etilishi uchun unda barcha mavjudotlarning bir-biri bitan aloqador-likda tasvirlanishi talab etiladi. Aks holda asarning tomoshabinga ta’siri bо‘lmaydi.

Kompozitsiya о‘quv predmet sifatida, qalamtasvir, rangtasvirdan keyin paydo bо‘ldi va hozirda kompozitsion faoliyat mashg’ulotlari Oliy va O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi, shuningdek umumiy o’tra ta’lim maktablari tasviriy san’at darslari о‘quv rejalariga ham kiritilgan.

Tasviriy san’atda kompozitsiya qonun va qoidalari insoniyatning ibtidoiy taraqqiyot davridan boshlab shakllana boshlagan. Ibtidoiy davr odamlari hayotni zehn bilan kuzatsalarda, kompozitsiya sezgisi juda bо‘sh rivojlangan. Bunday holatni odam gavdasi va hayvonlarning tartibsiz, alohida tasvirida kо‘rishimiz mumkin.

Qadimgi Sharq, san’atidagi kompozitsiya ibtidoiy davrdan alohida farkqqiladi. Qadimgi Sharqda kompozitsiya mavzusi tekislikda qat’iy ma’lum tartibda tasvirlanib, quldorlik jamiyatning marosimlari qonunlariga bо‘ysundirilgan.

Qadimgi misr san’atida kompozitsiyaning dastlabki yangi usullari paydo bо‘la boshlagan. Bu esa jamiyatda ijtimoiy hayotning ongli rivojlanishi natijasidir. Tasvirda chizgi, о‘lcham, rang va tue munosabatlari yuqori darajaga kо‘tarildi.

Tasviriy san’atda kompozitsiya qalamtasvir, soya - yorug‘, rang, havo va chiziq perspektivasi kabi tasviriy vositalar bilan yaratiladi.

Insoniyat tashqi dunyoni tasvirlashga intilishi juda qadim zamondan ma’lum. Ibtidoiy davrdayoq odamlar mamont suyaklarida, g‘orlarda toshlardagi chizgilarda mahoratga erishganlar. Ular hayotni zehn bilan kuzatsalarda, kompozitsiya sezgisi juda bо‘sh rivojlangan. Ularning tasviriy san’at namunalari tasodifiy emas, balki kо‘p yillik mehnat tajribasining natijasi ekanligiga guvoh bо‘lamiz.

Qadimgi Sharq, san’atidagi kompozitsiya ibtidoiy davrdan alohida farq qiladi. Qadimgi Sharqda kompozitsiya mavzusi tekislikda qat’iy ma’lum tartibda tasvirlanib, quldorlik jamiyatning marosimlari qonunlariga bо‘ysundirilgan.

Qadimgi Misr san’atida kompozitsiyaning dastlabki yangi usullari paydo bо‘la boshlagan. Bu esa jamiyatda ijtimoiy hayotning ongli rivojlanishi natijasidir. Tasvirda chizgi, о‘lcham, rang va tue munosabatlari yuqori darajaga kо‘tarildi.

Qadimgi dunyo rassomlari tabiat yaratgan о‘simlik, barg va gullarning tuzilishida, yil faslining ketma-ket kelishida simmetriya va ritm tushunchalarini anglab, о‘z ijodiy asarlarida, kompozitsiyada qо‘llay boshladilar. Shuning uchun qadimgi greklar relyef, fronton kompozitsiyalarida ritm va simmetriyadan unumli foydalanganlar. Uygonish davrigacha kompozitsiya faniga bag‘ishlangan biror bir nazariy qо‘llanma yaratilmagan.

Shunday qilib, о‘qitish uslub yо‘llari о‘zlashtira boshlandi. Lekin aniq chiqilgan о‘qitish uslublari yо‘q edi. San’atga о‘qitish (maktab tashkil qilish) asosan sivilizatsiya taraqqiyot davrida paydo bо‘ldi. Taraqqiyot davridagi tasvirlashga о‘rgatish metodlarini о‘rganishdan oldin rivojlangan qadimgi Misr san’atiga murojat qilamiz. Shaharlar va ularda saroy, qasr-koshonalar, jamoat binolari qurilishi bilan kо‘p sonli hunarmand va rassomlarga zaruriyat tugildi. Rangtasvir, xaykaltaroshlik, amaliy san’at ustalariga talab kuchaya bordi. Shu bois maxsus maktab tashkil qilish zarur bо‘ldi. Tasvirlashda tо‘plangan tajriba qadimgi Misr musavvirlariga о‘simlik dunyosi, xayvonlar, odam qiyofasi narsalarni qurish, tasvirlash qonunlari, uslub - usullarini ishlab chiqish imkonini berdi. Rassomlar asarlari asosan saroy, koshona, jamoat binolarini bezatishga mо‘ljallanar edi. Ular avliyo, faraon, muhim tarixiy voqealarni tasvirlashdi. Shuning uchun tasviriy san’at qoidalari buyurtma talabiga, diniy afsonalarga muvofiqlashtirilar edi. Xudoga sig‘inish, diniy marosimlarga amal qilishni talab qilardi. Musavvir faraonni tasvirlashda Shoh tantanasi marosimini talablariga qat’iy rioya qilishi zarur edi. Tik turgan odam kiyofasiga, yurayotgan, о‘tirgan chо‘k о‘tirgan, harakatdagi odamlarni tasvirlashga ahamiyat berilar edi, Shuningdek muqaddas qush va hayvonlarni tasvirlashga qoida ishlab chiqilgan edi. Bu belgilangan koidalar bir tomondan rassom uchun tasvirlash jarayonini yengillashtirsa, boshqa tomondan rassomni erkin ijodiy fikrlashini chegaralab qо‘yardi. Bu koidalar rassomga xaqiqiy hayotni qanday kursa, shunday tasvirlashga imkon bermasdi.

Ibtidoiy davrda rassom faoliyati qadimgi Misr Tasviriy san’at qonunlariga muvofiklashtirilgan edi. Misr rassomlari odam kiyofasini tasvirlashida maxsus «Kanon» ishlab chiqilgan edi. Buning uchun misrliklar odam qiyofasini о‘lcham tizimida 19 ta bir xil bо‘laklarga bо‘lib chiqishdi. Odam qiyofasini nisbatlarini aniqlash, pastdan yukoriga qarab о‘lchangan: oyoq tovonni balandligi barmoq uzunligiga teng. Taz suyagi odam qiyofasini о‘rtasidan ikki bir xil bо‘lakka bо‘linib turadi. Shuningdek, odam gavdasini tо‘liq tasvirlash vositalari, kо‘z, burun, og‘iz hajmi tananing barcha qismlarining nisbat о‘lchamlari belgilangan edi. Yuqoridagi bilimlarni egallagan rassom, odam qiyofasini har yer dan tо‘gri tasvirlay oladi.

Bizni xozirgi tasavvurimizdek, qadimgi Misr rassomlaridan haqiqatni hayotiy tasvirlash talabi qо‘yilmasdi. Misr rassomlarining asarlarida uch о‘lcham tasviri, perspektiva, soya, yorug‘ mavjud bо‘lmagan, tasvir chiziqli xususiyatga ega edi. Bu an’analar eramizdan 4 ming yil avval shakllanib, bir necha ming yillar davomida qat’iy amal qilib kelingan.

Rasm chizish о‘quv kursai sifatida maktabda о‘qitish shakllandi, bunga alohida e’tibor berila boshlandi. Chunki iyeroglifik yozuv harflar bilan birga xar xil narsalarni tasvirlashni talab qilardi.

Misrliklar rasm chizishda loyli taxta kumir, mо‘yqalam, buyok va temir qalamchalardan foydalanar edilar. Shunday qilib qadimgi Misr davrida rayem chizish maktablarda predmet sifatida о‘qitilganini guvohi bо‘lyapmiz. Mashg‘ulotlar qabul qilingan «Kanon» tasvirlash qoidalariga amal qilgan holda olib borilar edi.

Grek rassomlari esa yosh avlodni о‘qitish muammosiga yangicha yondashdilar. Naturani о‘rganishda estetik jihatdan yangi badiiy ma’naviyat kiritdilar. Odamzotni greklar yer yuzida eng gо‘zal mavjudot deb bilar, о‘zlarini xudolarini odamzod qiyofasida bilardilar. Zevs - keksa bilimdon avliyoni, Afina - grek ayolini, Appalon - jasur pahlavonni eslatadi. Greklar odam qiyofasini tasvirlash qonun asoslarini simmetriya va garmoniyani matematik ravishda bir -biriga muvofiq yaxlit birlikni tashkil etishini ta’kidladilar. Eramizdan avvalgi 432 yili Siksonada.haykaltarosh Poliklet odam qiyofasidagi mavjud proporsional о‘lcham teoriyasini «Dorifor» haykalida namuna tariqasida yaratdi. Gretsiyada dong taratgan rassom Appolodora birinchi bо‘lib yorug‘ soyani kashf etdi, narsalarning hajmdor tasvirini qо‘lladi.

Appolodor mashhur rassom, ajoyib pedagog edi. О‘z maktabini ochdi, naturani chukur о‘rganish asosida tasviriy san’atda gо‘zallik kanonini yaratdi. Gretsiyani eng gо‘zal ayoli obrazini yaratish uchun besh naturshitsadan eng gо‘zal shakli obrazini, gо‘zal ayol qiyofasini yaratdiki, kо‘rganda insonga zavq, quvonch baxsh etadi. Greklar rayem chizish texnikasidan tashqari anatomiyani yaxshi bilganlar.

Eramizdan avvalgi IV ayerda Gretsiyada bir necha tasviriy san’at maktabi mavjud bо‘lgan: Sikion Efes va Fivan maktablaridir. Ulardan Sikion tasviriy san’at maktabi tabiat qonuniga, ilmiy ma’lumotlarga asoslangan о‘qitish metodikasi tasviriy san’atni rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatdi. Bu maktabni Pamfil, Melantin, Pavziy va Apelles kabi ulug‘ rassomlar yetishib chiqdi. Pamfil Sikion maktabini rivojlantirdi, keng fikrli rassom sifatida tasviriy san’atning ilmiy asoslariga muhim ahamiyat berdi.

Uyg‘onish davri renessans insoniyatga ulug‘ san’at allomalarini yetkazib berdi. О‘sha davr rassomlari esdalik, kundalik, ilmiy maqolalarida kompozitsiya haqida qimmatli fikr, xulosalarni yozib qoldirdilar.

Leonardo da Vinchi va Alberti о‘z maqolalarida va badiiy asarlarida statik (harakatsiz) va dinamikaga (harakat) alohida ahamiyat bergan edi. Fransuz rassomi E. Delakrua о‘z kundalik va ilmiy maqolalarida Leonardo da Vinchi, A. Dyurer, P. Rubenslarni kompozitsiyaga oid qonunlarini kengaytirib chuqur ma’nolar bag‘ishlab davom ettirdi.

XVIII asr Rus tasviriy san’atida. realistik badiiy maktabning asoschilari A. P. Losenko, G. I. Ugryumovlar hisoblanadilar.

Rossiyada Peterburg Badiiy akademiyasini bitirgan A. Ivanov. A. Yegorov, V. Shebuev, A. Venetsiyanov, K. Bryullovlar о‘z ijodiy va pedagoglik faoliyatlarida kompozitsiya muammolariga kо‘proq ahamiyat berib, tasviriy san’atni yangi pog‘onaga kо‘tardilar. 1757 yili tashkil topgan Peterburg Badiiy akademiyasida mutaxassislik fanlarini о‘qitishni muntazam tarzda yо‘lga qо‘yilishi, Rossiya tasviriy san’atini rivojlanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatdi. Mashhur rassom va pedagog A.P. Losenko о‘z faoliyatida ijodiy yondoshib kompozitsiya masalalari ustida ishladi. U hamma tasviriy vositalar asar g‘oyasiga, mazmuniga qaratilgan bо‘lishini ta’kidladi..

XIX asrning ikkinchi yarmida ilg‘or ma’rifatli rus rassomlari tashqi dunyoni hayotda tо‘g‘ri tasvirlash uchun kurash olib bordilar. Realistik san’atning rivojlanishiga I.N. Kramskoy boshliq sayyor rassomlar katta ta’sir kо‘rsatdilar. Asosan xalq manfaatini kо‘zlab, xayotdagi muhim vokealarni kuzatib, ijod qildilar, asar g‘oyasiga katta ahamiyat berdilar.

Kompozitsiya hakiqat qonuni - asosan uchta belgi bilan ifodalanadi. Birinchi belgi bu badiiy asarda sodir bо‘layotgan voqeaning о‘ziga xosligi. A. Savrasovning «Qora qarg‘alar uchib keldilar», I, Levitaning «Oltin kuz», A. Kuindjining «Qayinzorda», A. Rilovning «Havo rang kenglikda» manzaralarida mazmun, nafosat, bilan birga rus tabiatini о‘ziga xos obrazi tasvirlangan. Tipizatsiya qonunining ikkinchi belgisi - bu sodir bо‘layotgan voqea mavzuini, harakat holatini, vaqtini tasvirlaydi.

О‘zbekiston hududidagi eng qadimgi san’at namunalari : yurtimiz ahdining qadimiy I ajdodtari juda kо‘hna va boy madaniyat va san’at sohibi ekanlitidan, ularning yuksak badiiy saviyada asarlar yaratgan-ligidan darak beradi.

1-rasm. Tо‘y safari. Devoriy rasm. Afrosiyob. V—VI asrlar.




Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish