Bu o`yinni kichik guruhlarda o`ynash yaxshi samara beradi.
Har bir guruh uchun “Uzum” maketi tarqatiladi. Uzum bargidagi topshiriqqa asosan uzum “pishiriladi”.(O`quvchilar uzum donalariga sifat so`z turkumiga oid so`zlarni yozadilar.) Qaysi guruh topshiriqni to`g`riva tez bajarsa, shu guruh g`olib hisoblanadi.
“Grafik test”o`yin texnologiyasi
Ish tartibi:
Har bir ishtirokchiga maxsus jadvalli varaqlar tarqatiladi.
Vazifa:
O`qituvchi oldindan tayyorlangan savollarni o`qiydi.
Ishtirokchilar har bir savolga javob variantlardan mosini tanlab shu katakchani bo`yaydi.
Jarayon yakunida hosil bo`lgan shakl namunaviy shakl bilan solishtiriladi.