Loyixaning asosiy maksadi : O’zining xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, kredit mablag’i evaziga sotib olinadigan non va non maxsulotlari ishlab chiqarish uskunasi evaziga ko’rsatilayotgan xizmat sifati va samaradorligini oshirish, korxonaning moddiy-texnika bazasini yaxshilash, shuningdek yangi turdagi zamonaviy usulda xizmat kursatishni tashkil qilish natijasida asosiy vositalardan oqilona foydalanish, iste’molchilarni ushbu turdagi xizmatlarga bo’lgan talabini qondirish orqali pirovard natijada daromad olish xamda undan samarali foydalanish xisoblanadi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilishni asosiy maqsadi: Viloyat korxona tashkilotlari xamda axolining non va non maxsulotlariga bo’lgan extiyojini qondirishdan iborat.
Ushbu loyixani samarali amalga oshishi natijasida viloyat tumanlarda faoliyat olib borayotgan korxona tashkilotlar va axoli uchun zarur bo’lgan non va non maxsulotlari bilan ta’minlash imkoniyatlari yaratiladigan zamon talablariga javob beradigan yuqori sifatli xizmat ko’rsatish tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |