Korxona maqsadi: Aholini sifatli va arzon non mahsulotlar bilan ehtiyojlarini samarali qondirish.
Korxona missiyasi: “Qaynoq taftimiz qalbingizga iliqlik olib kirsin”
Sotiladigan mahsulotlar va xizmatlar ro’yxati.
Non (buxanka, patir, baton) mahsulotlari;
Pechenie va bulichka mahsulotlari;
Xot dog uchun kichik bulichkalar;
Non (maxsus sahr kasal bor istemolchilar uchun ) mahsulotlari.
Marketing va Tovarlarni sotish rejasi 1. Marketing strategiyasi «Quvnoq shirmoy» xususiy korxonasi ommaviy marketing strategiyasidan foydalanadi. bugungi kunda non va non mahsulotlariga talab juda katta, chunki bu mahsulotlar axolining kundalik extiyojlarida ishlatiladigan mahsulotlar xisoblanadi va mahsulotlarni turli xil to’y-xashamlarda, tadbirlar va uy sharoitida iste’mol qilish uchun ishlatiladi.
Korxona joylashgan manziliga eng yaqin 2 xudud (ya’ni yangiqo’rg’on va Qoratepa )da non va turli baton, to’rt, pechenie mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalarda mavjud mahsulotlar narxlari taxlil qilinib, mahsulotlarimiz narxlarini ushbu kichik korxonalardagi narxlarga nisbatan arzon baxolarda belgilanishi rejalashtirilgan.
Bozorni o’rganish va tadbirkorlarni ilgor tajribalari shuni ko’rsatmoqdaki, xizmat ko’rsatishni tashkil qilishda xamma vaqt bozor kon’yukturasini o’rganib borish zarur. Shuning uchun biz quyidagi marketing strategiyalarini ishlab chiqidi.
Yirik masshtabli savdolar bo’lib o’tadigan regionlarda o’z mahsulotimizni tanitish maqsadida kichik tadbir o’tkazib, mahsulotimizni aholiga tanitib olamiz va shu asosda o’zimizning potensial iste’molchi bazasini shakllantiriladi;
O’z brendimizni shakllantirish ya’ni mahsulotlarimizni sotilgandan keyin istemolchiga o’z brendimiz rasmi tushirilgan salafant paket yoki qog’oz paketlarni joriy etish;
Hamkorlar izlash va kontraktlar tuzish evaziga sotish strukturasini o’rganish;
Mahsulotlarimizni sifatini yaxshilash hamda assartimentini ko’paytirish;
Yangi istemolchilar bazasini shakllantirish ;
2 .Raqobatchilar tahlili.Biz buvayda hududidagi non va non mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalarni tahlil qilish davomida bu korxonalar ishlab chiqarish hajmi unchalik katta emasligi va mahsulot assartimentining kamligini hamda sifat darajasi pastligini aniqladik.Bulardan tashqari bu xududda 2021 yil 3 choragi davomida tadbirkorlik sub’ektlari va boshqa tashkilotlar tomonidan yangi marketing ishlari olib borilmaganligi va mahsulotlar narxlarining keskin oshirib sotayotganlari hamda mahsulot turlarini sifatini yaxshilash ishlari olib borilmayotganligi ma’lum bo’ldi.
Korxona ushbu o’rganish ishlariga asosan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bir qatorda mahsulotlar narxlarini boshqa korxonalarida mavjud narxlardan 10-12 % arzon sotishni rejalashtirgan va bozorda o’z o’rnini mahsulotlarning sifatini oshirish va arzon narxlarda sotibni hamda mahsulot assartimentini ko’paytirishni shu bilan bizga bozorga chuqur kirishni maqsad qilgan.
Mini-novvoyxonamizning asosiy raqobatchilari:
1. Katta nonvoyxonalar. Ularning asosiy afzalligi ommaviy ishlab chiqarish va shuning uchun ko'plab mahsulotlar bo'ladi. Ularning mahsulotiga talab ancha yuqori.
2. Pishirilgan mahsulotlarni o'z-o'zini ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan turli xil giper va supermarketlar, shuningdek boshqa do'konlar. Ularning har biri kichik ishlab chiqarish hajmiga ega. Ular o'z mijozlarining talabini qondirishadi, ammo ular katta hajmlarni ta'minlay olmaydilar. Ko'pincha ularning mahsulotlari bir lahzali talab (o'z-o'zidan sotib olish) ta'siri ostida sotib olinadi.