Quvnoq ferma


II-bosqich Uyga vazifani tekshirish



Download 3,04 Mb.
bet2/3
Sana30.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#599285
1   2   3
Bog'liq
Ona tili va o2022

II-bosqich

Uyga vazifani tekshirish

10 daqiqa

III-bosqich

Yangi mavzu bayoni.

20 daqiqa

IV-bosqich

Mustahkamlash.

5 daqiqa

V-bosqich

Baholash.

3 daqiqa

VI-bosqich

Uyga vazifa.

2 daqiqa



Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.
II. O’tgan darsda berilgan uyga vazifani tekshirish va o’quvchilarni baholash.



D iqqatni jalb qilish mashqi.





III. Yangi mavzuning bayoni:
O‘qituvchi bugungi darsda Sobirjon degan bir o‘quvchi bolaning qanday qilib fermerlik bilan shug‘ullanishni boshlagani haqida ay­tadi. O‘quvchilarga ushbu matnning mazmu­niga doir qisqacha qiziqtiruvchi ma’lumotlar berib, ularni matnni tinglashga tayyorlaydi.
SOBIRJON FERMER
Sobirjon qoʻshni Rahima xolalarnikiga kir­di-yu, hayron qoldi. Katakdagi besh-oltita to­vuq tinmay qaqagʻlardi.
– Ha tinmagurlar-a, – dedi Rahima xola. – Tuxum berganlari yaxshiku-ya, lekin odamni tindirmaydi-da.
– Qancha tuxum beradi, xola? – qiziqsindi Sobirjon.
Rahima xola unga jilmayib qaradi:
– Qancha mehr bersang, qancha don ber­sang, shuncha koʻp tuxum olasan.
Oʻsha suhbatdan keyin Sobirjonning fikr­-xayoli tovuq boqishda boʻlib qoldi. Bu haqda onasiga aytdi. Onasi uning yelkasiga qoqib:
– Toʻgʻri oʻylabsan bolam, oʻgʻil bola biror hunar yoki bir ish bilan shugʻullanishi kerak, – dedi.
Sobirjon velosiped olish uchun yigʻib yur­gan pulini chamaladi. Ikki oylik yigirmata joʻ­jaga yetar ekan. Daftariga oʻzicha tovuqxona­ning oʻlchamini chizayotganda xonaga dada­si kirib keldi:
– Ha oʻgʻlim, geometriyami? – soʻradi da­dasi qiziqib.
– Tovuqxona qurmoqchiman. Yigʻib yur­gan pulim yigirmata joʻjaga yetar ekan. Agar yaxshilab boqsam, ikki oyda tuxumga kirib qolishadi. Oʻzimiz yeymiz, ortganini sotamiz. Devorini xom gʻishtdan oʻzim koʻtaraman, faqat old tarafiga sim toʻr kerak boʻladi.
– Boʻpti, – dedi dadasi nimalarnidir hisob­lagach. – Sim toʻrni men topib beraman. Be­malol boshlayver.
Maktabdan kelgan Sobirjon omborxo­nadan gʻisht quyadigan qolipni topdi. Akasi gʻisht quyganida yordamlashib, koʻzi pishgan.
Terlab-pishib yuz dona gʻisht quydi. Gʻishtlar qurigach, ularni oʻzi chizgan loyiha boʻyicha loy bilan suvab, terib chiqdi. Old tarafini sim toʻr bilan mahkamladi. Biroq tomini yopishga kelganda aqli yetmay, shoshib qoldi.
– Ustini qanday yopish kerak? – deb soʻ­radi dadasidan.
Dadasi uch-toʻrtta yogʻoch olib kelib qan­day yopish kerakligini oʻrgatib, ishiga ketdi. Kun peshindan og‘gan payt togʻasi kelib qol­di.
– Hormang, hormang jiyan. Nima harakat? Anchagina katta tovuqxona uni ham qiziqtirib qoʻygan edi.
– Endi jiyan, tovuqlar kirib-chiqishi va tuxumlarni olishing uchun eshik kerak boʻla­di, – togʻasi unga eshikcha qanday yasalishini tushuntirdi. Kechgacha eshikchalar yasab, ikki xonali moʻjazgina tovuqxona tayyor boʻldi.
Tanishlaridan yigirmata joʻja olib kelgan Sobirjonning qoʻli-qoʻliga tegmasdi. Don se­padi, suvini yangilaydi, xilma-xil koʻkatlarni maydalab beradi. Orada darslarini qiladi-yu, yana joʻjalari oldiga yuguradi. Doim koʻcha­da koptok oʻynab, vaqtini oʻtkazadigan bola uyga bogʻlandi-qoldi. Bu orada yozgi taʼtilga chiqishdi. Tomorqaga ekilgan pomidor-bod­ringlar pisha boshladi. Sobirjon ham ekin­larga qarar, ham joʻjalariga parvona boʻlardi. Joʻjalar ham uning mehrini sezishdimi, kun sayin, hafta sayin oʻsib, uch oyda tuxum­ga kirdi. Ikki kunda bir chelak tuxum tayyor. Sobirjon mahalladagi doʻkonga ham tuxum topshira boshladi. Olingan daromad, qilingan xarajatlarni erinmay bir daftarga yozib bordi. Tovuqlariga har oyda vetvrach tavsiya qilgan dorilarni berib turdi. Kuzga borib, Sobirjon­ning boshi qotib qoldi. Sababi uning beshta tovugʻi kurk boʻlgan edi. Onasining maslahati bilan ularga alohida joy qilib, tuxum bostirdi. Yigirma bir kun deganda hovlini joʻjalarning “chip-chip”i bosdi. Oq, qora, sariq tusli joʻja­chalarning ovqat qidirib yugurishlari, ona to­vuqlarning ularga mehribonligini koʻrib, So­birjon oʻzida yoʻq xursand edi. Onasi unga koʻmakdosh boʻldi. Kundalik tashvishlar va yugur-yugur bilan uch oy oʻtdi. Sobirjonning joʻjalari katta boʻldi. Ayrim joʻjaxoʻrozlar hovli­ni boshiga koʻtarib qichqira boshladi.
– Oʻgʻlim, – dedi unga bir kuni onasi, – joʻ­jalarning bir qismini tarqatishing kerak.
– Nima qilamiz? – soʻradi Sobirjon.
– Oʻzingga oʻxshab tovuq boqishga qiziqa­digan bolalarga ber. Ular ham koʻpaytirishsin. Keyin mahallamizda boquvchisini yoʻqotgan oilalar bor, ularga ham ber. Odam saxovatli boʻlishi kerak, bolam.
Sobirjondan joʻja, tovuq olgan qoʻshnilari ham tovuqchilik bilan shugʻullana boshlashdi. Eng qizigʻi, ikki oylardan keyin boʻldi. Bir kuni ularning mahallasiga yopiq kuzovli “Isuzu” mashinasi kelib toʻxtadi. Undan tushgan kishilar hokimiyat vakillari ekan. Ular kam daro­madli, boquvchisini yoʻqotgan oilalarga tovuq tarqatmoqchi ekan. Shunda mahalla oqsoqoli Toʻxtasin buva:
– Bu ishga sal kechikdinglar. Bizning ma­halla bunday yordamga muhtoj emas, – deb Sobirjonning oʻnga yaqin xonadonga bepul tovuq tarqatganini aytdi.
Ikki kundan keyin tuman hokimi va oʻrin­bosarlari Sobirjon bilan tanishish uchun ke­lishdi.
– Maktab oʻquvchisi boʻlsa-da, mahalla­doshlariga madadkor boʻlgan yosh tadbirkor Sobirjon Mansurovga maktabni bitirgach, ish­larini yanada kengroq yoʻlga qoʻyishi uchun kredit berishga qaror qildik, – dedi hokim.
Sobirjon xushxabarni onasiga yetkazish uchun uyga shoshdi. U darvozadan kirishi bi­lan joʻjaxoʻrozlar uni tabriklagandek bir-birla­riga joʻr boʻlib qichqirib yuborishdi.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish