Qog‘oz kesuvchi uskunalar. Tayyorlangan hujjatlarni, kitoblarni chetlarini tekislashda qo‘llaniladi.
Qog‘ozlarni yo‘q qilish uskunasi. Maxfiy hujjatlarni yo‘q qilishda ishlatiladi.
Skanerlar tahlili.
O‘quvchi qurilma (skaner). Bu qurilmalardan maxsus dasturlar yordamida tasvirli va sahifali axborotlarni kompyuterga tezroq kiritish uchun qo‘llaniladi. Skanerlar rangli va rangsiz bo‘ladi. Ular tasvirlarni olish sifati bo‘yicha farqlanadi.
Skanerlarning o‘tkazish qobiliyati tasvirning bir duymdagi ajratiladigan nuqtalar miqdori bilan o‘lchanadi va 75 dan 1600 dpi gacha (dot per inch) bo‘ladi.
Konstruktiv jihatdan skanerlar dastaki va stolli bo‘ladi.
Stolli skanerlar, o‘z navbatida planshetli, rolikli, lazerli, 3D va proyeksion bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |