Tezkor ofset (rotaprint) uslubining asosida yog‘ va suvning qo‘shilmasligi qabul qilingan. Tasvir chop etilish chog‘ida shakldagi bo‘yoq yog‘li joylarda saqlanib, suvni siqib chiqarishi va boshqa joylarda suvni saqlab bo‘yoqni siqib chiqarishi lozim.
Asosiy afzalliklari:
yuqori sifatda chop etish;
katta hajmda nusxalash, masalan, metalli shakllardan 5000 tagacha nusxa olish mumkin;
shaklni bir necha marotaba ishlatish mumkinligi;
rangli tasvirlarni chop qilish.
Kamchiliklari esa bu shaklni yaratish jarayoni murakkabligi va jihozlarni qimmatligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |