Quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari



Download 0,52 Mb.
bet51/54
Sana29.09.2021
Hajmi0,52 Mb.
#189066
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Mkro va makro

P↑→ X↓ (M↑)→Xn↓ →AD↓

Yuqorida ko‘rib o‘tilgan omillar yalpi talabning baho omillari deb ataladi. Bundan tashqari yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillari ham mavjud. Bu omillardagi o‘zgarishlar yalpi talabning miqdorida o‘z aksini topadi va uning egri chizig‘ini chapga yoki o‘ngga siljitadi (5.1-rasm). Yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz:

1. Iste’mol xarajatlaridagi o‘zgarishlar:

a) iste’molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining o‘zgarishi;

b) iste’molchilar kutishi;
v) iste’molchilarning qarzlari miqdorining o‘zgarishi;g) iste’molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining o‘zgarishi.

2. Investitsiya xarajatlaridagi o‘zgarishlar: a) foiz stavkasidagi o‘zgarishlar; b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda normasining o‘zgarishi; v) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o‘zgarishi; g) yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi; d)zahiradagi quvvatlar o‘zgarishi.

3. Davlat xarajatlarining o‘zgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda.

4. Sof eksport hajmidagi o‘zgarishlar.

a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o‘zgarishi.

b) valuta kurslaridagi o‘zgarishlar.


Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari yalpi talabning narxlarga bog‘liq bo‘lmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir.

Yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillari ta’sirida AD egri chizig‘i o‘ngga yoki chapga siljiydi (23.1-rasm). Natijada ma’lum baho darajasiga mos keluvchi talab qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zgaradi.

Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy daromadining oshishi, milliy valuta kursining ma’lum miqdorda pasayishi (bular eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri chizig‘ining o‘ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo‘lgan holatlarda AD egri chizig‘i chapga siljiydi. Yalpi taklif deganda muayyan baholar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Yalpi taklif tushunchasi ko‘pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Baholarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag‘bat yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan baholar darajasi o‘rtasida to‘g‘ri aloqa mavjud41.38 Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi baholar o‘sib borishi bilan o‘sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig‘i alohida tovar taklifi egri chizig‘idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko‘tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat (23.2-rasm). Bunday holat yalpi taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko‘pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib yuboriladi.

Yalpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi uning potensial hajmidan, ya’ni to‘liq bandlik sharoitida erishishi mumkin bo‘lgan hajmidan kamdir. Demak, bu kesma iqtisodiyot pasayish bosqichida bo‘lgan va katta miqdordagi resurslardan foydalanilmagan sharoitni ko‘rsatadi.


Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni esa baholar darajasiga ta’sir ko‘rsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi baholar darajasi o‘zgarmay qolgan sharoitda ro‘y beradi.

Yalpi taklif egri chizig‘ining Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi:

˗ iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to‘liq band bo‘lmagan sharoitda amal qiladi;

˗ baholar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam ta’sirlanadi;

˗ real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish haqi) harakatchan va bozor tebranishlaridan tez ta’sirlanadi.



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish