Oraliq kesma – ishlab chiqarish real hajmining o‘sishi narxlar darajasining o‘sishiga mos ravishda o‘sib boradi. Nima uchun? Chunki, iqtisodiyotning pasayish holatidan to‘liq bandlikka o‘tishi noteks va turli vaziyatlarda ro‘y beradi. Masalan, ayrim tarmoqlarda resurslarning etishmasligiga duch kelinsa, boshqa tarmoqlarda hozircha ortiqcha resurslar mavjud bo‘ladi. Shuningdek, ular ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va malakasiz mutaxassislardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa mahsulotlar birligiga ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada baholar darajasining o‘sishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish hajmi ko‘payishi yoki kamayishi bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillar hisobiga ham ro‘y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizig‘ini o‘ng yoki chap tomonga siljitishi mumkin. Bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillarnig xususiyati shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta’sir qiladi va shu orqali yalpi taklif egri chizig‘ining siljishiga sabab bo‘ladi.
Bu omillarga texnologiyalardagi o‘zgarishlar, ishlab chiqarish omillari mihdorining o‘zgarishi, resurslar baholarining o‘zgarishi, firmalarni soliqqa tortishdagi o‘zgarishlar boshqalar kiradi. AD va AS egri chiziqlarining kesishish nuqtasi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi va baholarning muvozanatli darajasini belgilaydi.
Baholarning muvozanatli darajasi deganda baholarning shunday darajasi tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif bir-biriga mos kelishi yoki teng bo‘lishi kerak. Modelda makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oraliq kesmada ko‘rib chiqamiz Dastlab muvozanat e nuqtasida o‘rnatilgan.
Baholarning muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining muvozanatli hajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Pe narxlarning muvozanatli darajasini va Ye esa yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmiini bildirishini ko‘rsatishimiz uchun baholarning muvozanatli darajasi Pe emas, balki P1 deb hisoblaymiz.
Baholar darajasi P1 bo‘lgan vaziyatda ishlab chiqaruvchilar yalpi ishlab chiqarish hajmini Y1 miqdoridan oshirmaydi.
Iste’molchilar baholar darajasi P1 bo‘lganda mahsulotlarni Y2 darajada sotib olishga tayyor turadi. AD>AS bo‘lganligi tufayli iste’molchilar o‘rtasidagi raqobat baholar darajasini Pe gacha suradi. Baholar darajasining P1 dan Pe gacha ko‘tarilishi ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Y e gacha oshirishga va iste’molchilar talabini Y2 dan Ye gacha kamayishga olib keladi. Natijada AD va AS egri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Demak, aynan Pe baho baholarning muvozanatli darajasi va e muvozanat nuqtasidir.rasmda yalpi talab egri chizig‘i yalpi taklif egri chizig‘ini bilan keyns kesmasi kesishadigan vaziyat tasvirlangan. Bunday vaziyatda makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi baholar darajasi bir xil turganda ham o‘zgaradi. Buni tushunish uchun avvalo yalpi ishlab chiqarishning muvazanatli hajmini Ye va muvozanatli baholar darajasini Pe bilan belgilaymiz.
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Ye ekanligini isbotlash uchun bu hajmni Y1 deb hisoblaymiz. U holda AD
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig‘ining keyns kesmasida yalpi talabning o‘zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki kamayishiga olib keladi, baholar darajasi esa o‘zgarmaydi.
Yalpi talab egri chizig‘ini AS egri chizig‘ining vertikal kesmasida o‘zgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatmaydi va faqat baholar darajasi o‘zgaradi, xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o‘zgarishi faqat baholar darajasi o‘zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to‘liq bandlik sharoitida o‘zgarmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |