Monopol firmalar xatti-harakatining tahlili Takomillashgan raqobat sharoitidagi ishlab chiqaruvchi barcha mahsulotlarini bir xil bahoda sotadi. Shuning uchun uning pirovard daromadi (MR) shu tovar bahosiga teng. Mahsulotni sotishdan kelgan pirovard daromad - (MR) bo'yalgan to'rtburchak A da ko'rsatilgan.
Monopol firmaning mahsuloti to'g'risida gap yuritiladigan bo'lsa, bozorda sotish bahosini kamaytirish talab etiladi. Chunki shu tarmoqda bitta firma mahsulot ishlab chiqaradi va bu yerda foydalilikka kamayib borish qonuni amal qiladi. Agar ishlab chiqaruvchi 4 birlik mahsulotini sotmoqchi bo'lsa, uning narxini, masalan, 5 dollardan 4 dollargacha tushirishi lozim. Endi faqat shu oxirgi mahsulot emas, awalgilari ham shu bahoda sotiladi.
Natijada monopol firmaning pirovard daromadi — MR har bir darajadagi mahsulot hajmidagi bozor bahosidan past bo'ladi. Chizmada pirovard daromad egri chiziqqa nisbatan (D) ancha tik egilgan. Monopolist oldida takomillashgan sof raqobat bozorida bo'lmagan quyidagi vazifalar ko'ndalang turadi:
1. Baho darajasini tanlash va uni saqlab qolish.
2. Baho strategiyasini ishlab
chiqish va amalga oshirish. Birin ch i v a d fa n i hal etishda monopolist maksimal foydaga erishishni mo‘jallaydi. Lekin,
о 1 2 3 4 5 Q bunday maksimal foydaga eri- ~ . w . . shish uchun (takomillashgan 66-chizma. Monopoliva sharoitidagi , , . \ ° pirovard daromad. raqobatchiga о xshash) monopolistning pirovard xarajatlari pirovard daromadiga teng bo'lishi zarur. Demak, talab qilingan mahsulot hajmi (Qm) shunday hajmdagi mahsulotki, bunda MR =MC (M nuqta) bo'ladi.
Ik k in c h i vazifa — bahoni aniqlash, baho darajasini topish. Bundaybaho bo'lib berilgan mahsulot hajmi (Qm) dagi talab bahosiga mos keladigan manopol baho (Pm) xizmat qiladi. 67-chizmadan ko'rinib turibdiki, monopol baho (Pm) pirovard xarajatlardan va pirovard daromaddan ko'p (Pm>MR=MC). Boshqacha talqini: monopol baho shunday bahoki, u monopol firma uchun ortiqcha foyda keltiradi. Bunday ortiqcha foydaga erishish — shu monopolistning yutug'i. Ortiqcha olingan foyda takomillashgan raqobatchida vaqtinchalik bo'lsa, monopolistda - doimiy. Doimiylik qachongacha davom etadi?
1. Tarmoqqa kiruvchilami cheklashga erishilguncha.
2. Talab sezilarli o‘zgarmaguncha davom etadi (agar talab kamaysa, ortiqcha foyda ham tushib ketadi). 67-chizma asosida sof monopoliyaning xususiyatlari jamiyat nuqtai nazaridan qaqab chiqilsa, monopoliyalashgan tarmoq takomillashgan raqobatchilikka qaraganda (Q ) kamroq mahsulot ishlab chiqaradi (Qm). Lekin tovar birligining bahosi dan P gacha oshib ketadi. Monopoliya sharoitida ishlab chiqarish resurslari (omillari) ham raqobatdagi firmalarga nisbatan ishlab chiqarishga kam jalb etiladi. Albatta mahsulotni ko‘proq ishlab chiqarish ko'proq resurslarni talab etadi. Monopoliya sharoitida jamiyat resurslardan to'liq foydalanmaydi va bundan zarar ko'radi. Bu yo'qotishlar 67-chizmada MMR uchburchagida ko'rsatilgan: harakatsiz yotgan yukdir. Tovarni sotish bahosi o'sishi hisobiga PE, iste’molchining ortiqcha talabi kamayadi (ya’ni yuqori bahoda xaridorlar ortiqcha mahsulot xarid qilmaydilar; uchburchak Pm AM1), lekin ishlab chiqarishdagi ortiqchalik ko'payadi (Baho bilan chiziq orasidagi shakl Pm M1, mahsulot hajmi MM1; MC egri chizig'i va ordinata o'qi). Monopolist bozor muvozanatini o‘matishga aralashadi, iste’molchilar manfaatini moslashishiga xalal beradi. Monopol hokimlik tufayli boylik o'z manfaatiga ko'ra qayta taqsimlanadi, natijada jamiyat farovonligi pasayadi. Shuning uchun O'zbekisto da monopoliyaga qarshi - siyosat olib boruvchi maxsus organ — bu Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi va Davlat qonunlari. Undan tashqari, monopolist raqobatdan ajralgani uchun texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulot sifatini yaxshilashga rag'bati yo'q. Bunday holat ham jamiyat uchun zarar keltiradi. Lekin bu xulosalami mutlaq deb tushinish kerak emas. Gap shundaki, takomillashgan raqobatdagi firmalar uzoq davrda nol (0) darajada foydaga erishadi, ya’ni normal foyda oladi. Bu ■'oyda uning xarajatlarini qoplashga ketadi. Rivojlanish uchun mablag' yo'q. Normal foydadan yuqori foydani faqat monopol firmalar oladi.
TasdiqlayMAN”
o` quv ishlari bo`yicha
direktor o`rinbosari:
_______R. Masharipov
Guruhlar
|
|
|
|
|
Dars o`tiladigan sana
|
|
|
|
|
Talabalar soni
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |