Quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari


LCD proektorlarining asosiy ko’rsatkichlari



Download 41,18 Kb.
bet2/9
Sana23.08.2021
Hajmi41,18 Kb.
#154531
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu

LCD proektorlarining asosiy ko’rsatkichlari.

  • Android plotformasi arxitekturasi.

    1. LCD proektorlarining asosiy ko’rsatkichlari

    LCD proektorlarining kerakli modelini to’g’ri tanlash uchun uning asosiy ko’rsatkichlarini bilish kerak. Proektorlarning asosiy texnik ko’rsatkichlari uning yorqinligi va ta`minlanadigan tasvir zichligi hisoblanadi. Kontrastligi va hajmi ham muhim ko’rsatkichlari hisoblanadi. Demak, tartib bilan. Zamonaviy proektorlarning yorqinligi 600 dan to 7700 ANSI — lyumen atrofida bo’ladi. Ba`zi bir ishlab chiqaruvchilar ikkta proektorlar yorug’lik oqimini birlashtirib 14000 ANSI-lyumenyorkinlikka erishadilar. Yorug’lik oqimi 600 ANSI-lyumen bo’lgan proektorlardan ekrani 100” diagonalli (kengligi 200 sm, balandligi 150 sm) qorong’u xonalarda foydalaniladi. Proektorlardan qorong’u bo’lmagan xonalarda foydalanish uchun ekran kattaligiga qarab yorqinligini hisoblash formulasi mavjud: agarda proektorning yorug’lik oqimi yaxshi ekranning yuzasidan 500 marta oshikrok bo’lsa, unda uning yorkinligi katta rangli televizor yorqinligiga teng bo’ladi. Masalan, 150×200 sm o’lchamli ekran uchun, ya`ni, 3 kvadratmetr, 1500 ANSI-lyumen yorug’likka ega proektor juda mos keladi. Lekin shunday bo’lsa ham ekranga to’g’ri yorug’lik tushishi, ayniqsa quyosh nuri tushmasligi kerak. Odatda ekranni korong’iroq joyga yoki yorug’ tushmaydigan burchakka o’rnatish to’g’ri bo’ladi, xonaning boshqa joylari esa yoritilgan bo’lishi mumkin. Hamma zamonaviy proektorlar varioob`ektivlar bilan jiҳozlangan, ular proektorni ekranga nisbatan ma`lum darajada joyini o’zgartiriga, diagonal bo’yicha minimal va maksimal o’lchovlarini o’zgartirishga imkon beradi. Odatda 600-1000 ANSI lyumen yorqinlikka ega proektorlar diagonali 200* (kengligi 406 sm, balandligi 305 sm) o’lchamdagi tasvirni ko’rsatishi mumkin. 1200-2500 yorqinlikka ega bo’lgani diagonali bo’yicha 300*(kengligi 600 sm, balandligi 457 sm), eng yorqin proektorlar 2600 ANSI-lyumen va yuqorilari diagonali 400” gacha tasvirni ko’rsatiladi (kengligi 812 sm, balandligi 610 sm). birlashtirilgan proektorlar yorqinligi 5200 ANSI-lyumenni tashkil etganda esa tasvirning maksimal o’lchami 600” dyuym yoki 15 metrdan kuproqni tashkil etadi! Proektorlardan ekrangacha bo’lgan masofa odatda eng kichigi 1,4 mert tasvir o’lchami diagonal bo’yicha 30-40” dan oshmaydi, maksimal masofa esa 15 metrgacha bo’ladi. Ekrangacha bo’lgan masofa katta bo’la olmaydigan hollarda qo’shimcha qisqa fokusli ob`ektiv 200t qo’llaniladi (misol uchun muzokaralar xonasida), bu proektsiya o’lchamini kattalashtirishga imkon beradi. Аgarda ekranga masofa 15 metrdan katta bo’lsa qo’shimcha uzun fokusli ob`ektiv 200t qo’llaniladi (masalan katta konferents zali), bu tasvirni ekranda kattalashtiradi. Videoproektorning ikkinchi muhim ko’rsatkichi uning tasvir zichligi hisoblanadi. Bu ko’rsatkich bo’yicha hamma proektorlar SVGA, XGA UXGA –proektorlarga tasvir zichligi mos ravishda 800×600, 1024×768, 1280×24 bo’ladi. Аlbatta tushunarli tasvirni yuzaga keltirishda qanchalik ko’p piksellar ishtirok etsa, tasvir shunchalik tabiiy bo’lib chiqadi. Bundan tashqari tasvir maksimal o’lchamda bulganida piksel1x1,5 sm ga etishi mumkin buladi. Аynan ana shuning uchun agarda ekranga juda yaqin borilsa, tasvirni «pikselizatsiyalashishini» ko’rish mumkin.

    Ekrandagi tasvir alohida piksellarni ko’ra olish chegarasi ekran kengligiga 1,5 barobar masofada bo’ladi deb hisoblanadi. Masalan ekranning kengligi 2 metr bo’lsa, tomoshabinlar ekrandan uch metrdan yaqin masofadan ko’rish tavsiya etilmaydi. Bugungi kunda LCD proektorlarida 0,7-0,9 va 1,3 dyuymli LCD panellardan foydalaniladi. XGA matritsalarida piksellar o’lchamlari 18×13 mkmgacha kichiklashtirilgan. Аna shunday kichik bo’lishiga qaramay, pikselning tiniq bo’lmagan qismlarini hisobga olib, uning foydali yuzasi katta ahamiyatga ega, ya`ni o’tayotgan yorug’lik oqimini modulyatsiya qilishda haqiqatdan ishtirok etayotgan qismi ahamiyatlidir. Piksellar samaradorligini oshirish mikrolinzali rastlardan foydalanish bilan hal etilmokda, u o’tayotgan yoruglik oqimini har bir piksellar markazida shunday fokuslashtiriladiki, yorug’lik oqimi tiniq bo’lmagan (aylanib), chetlab o’tadi va 40% dan ko’proqqa etadi. Ba`zi bir mashhur ishlab chiqaruvchilar bugungi kunda mikrolinzali rastlari texnologiyasidan xatto proektorlarning kichik modelidan boshlab foydalanmoqdalar (misol uchun Sanyo). Proektor uchun kontrastlik ko’rsatkichi oq va qora maydonlarni namoyish etganda yoritilganlik nisbatlari ham muhim hisoblanadi. Ko’pchilik ishlab chiqaruvchilar bu ko’rsatkichni 400:1 dan to 800:1 va xatto yuqoriroq deb berilgan. Аslida bu ko’rsatkich juda va juda sub`ektivdir. Ma`lumotlarni vositalari laboratoriyasida o’tkazilgan test sinovlari (Moskva, RS Magazine RE # jurnalida 2002/12 e`lon qilingan) shuni ko’rsatadiki zavod qurilmalarida o’lchangan kontrastlik ozmi ko’pmi (yoki xatto yuqoriroq) ishlab chiqaruvchilar ko’rsatganiga mos keladi. Аmmo o’rnatilgan kul rang klin bilan ulchangan kontrastlik (aynan ana shu ko’rsatkich qabul qilish chuqurligiga va tasvir ranglari tiniqligiga ta`sir ko’rsatadi, chunki bu test klinning butun kulrang gradientini aks ettirilishini ta`minlaydi) berilgan ko’rsatkichning yomon tomonga yarmigacha farq qilishini mumkin (ba`zi bir proektorlarda bundan ham ko’p. Shu bilan birga shunday modellar ham borki ana shu testdan o’tkazilganda kontrastlik ishlab chiqaruvchi ko’rsatgandan ham yuqori bo’ladi). Ishlab chiqaruvchi yozganidan va haqiqiy yorug’lik oqimi bilan o’lchangan yorqinlik bo’yicha ham farq bor. Ko’pchilik ishlab chiqaruvchilar ko’rsatgan va o’lchangan yorug’lik oqimidagi farq 15% dan 20%gacha, ba`zilarida esa deyarli 50% gacha kamroq chiqadi, ya`ni 1000 ANSI-lyumen deb ko’rsatilgan yorqinlikka ega proektorni sotib olsangiz u haqiqatda 850 va xatto 550 ANSI-lyumen yorkinlikka ega bulib chikadi, dalillar shuni ko’rsatmokda. Va nihoyat proektorning oxirgi muhim ko’rsatkichi – og’irligi va hajmi. LCD proektorlarining og’irligi 2,5 kgdan (hajmi 298x84x215 mm) to 17 kg gacha (hajmi 439x277x604mm) oralikda bo’ladi. O’rtacha proektorning o’rtacha og’irligi esa 3 kgdan 5 kg gacha buladi va uni bemalol notbuk sumkasiga joylashtirish mumkin (xatto shnurlari bilan birga). 3 kggacha bo’lgan portativ proektorni noutbuk bilan bir sumkada olib yurish juda qulay, uch oyoqli (olib yuriladigan) ko’chma ekran bor bo’lsa, hech bir alohida tayyorgarliksiz, deyarli har bir joyda taqsimot o’tkazishni yoki lektsiya tashkil etishga imkon beradi. Аncha kattaroq proektorlardan odatda shipga mahkamlangan moslamalarga o’rnatib statsionatr foydalaniladi. Proektorni zal o’rtasiga o’rnatilishi mumkin bo’lmaganda (fokus masofasi 15 metrni yoki maxsus ob`ektiv bilan bir oz ko’prog’ini tashkil etadi) hamda shipga o’rnatib bo’lmasa (masalan yozgi maydonlarda) proektorni maxsus yorug’lik o’tkazuvchi ekranning orqa tomoniga qo’yish mumkin. Tasvirlarni ana shunday hamma o’zgartirish turlarini proektorning qo’shimcha imkoniyatlari bajarishga imkon beradi (asosan raqamli manbalar bilan).


    Download 41,18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish