Bolalar uchun amaliy ish.
1-topshiriq. Defektolog bolalarga oldilaridagi qutichadan paxta shaklini olib, o‘ng qo‘l tomonga qo‘yishlarini aytadi. Bug‘doy shaklini olib chap qo‘l tomonga qo‘yishlarini aytadi. Bolalar ishini kuzatib, «Sen o‘ng tomonga nimani qo‘yding?», «CHap tomonga nimani qo‘yding?», — deb savol beradi.
2-topshiriq. Defektolog bolalarga bittadan qog‘oz, teng miqdorda meva, sabzavot rasmlari va elim beradi. Bolalar qog‘ozning chap tomoniga meva rasmlarini, o‘ng tomoniga sabzavot rasmlarini yopishtirib chiqishlari kerak bo‘ladi. Bolalar ishni yakunlaganidan so‘ng, tarbiyachi bolalarning ishlarini tekshirib chiqadi va chap, o‘ng tushunchalarini mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |