Kerakli jihozlar:Artikulya-sion ginnastika uchun didaktik material, Paxta, Logopedik zond, gugurt cho’pi, spirt va paxta,“P” harfi chizilgan kartochka, Ekran,Harflar chizilgan kartochka-lar, Rasmli kartochka-lar,“P” harfi chizilgan raskraska ,Yulduzcha.
I. Tashkiliy qism
- Salomlashish;
- Ob-havo, hafta kuni va yil fasli haqida suhbat;
- Bolani diqqatini mashg’ulotga qaratish.
II. Artikulyasion gimnastika
1) Massaj: Yuzimizni massaj qilishdan boshlaymiz, meni orqamdan takrorla! Qo’llarimizni isitib olamiz, barmoqlarimizni uqalaymiz, peshonamizni silaymiz(2-3marta), peshonamizdan pastga tomon burun qanotchalariga va quloqlarimizgacha silaymiz(2-3marta), labimizni ustini(2-3marta), daxanimizni(2-3marta) silaymiz.
2) Artikulyasion mashqlar:
- Lab mashqlari: Kulgu-Trubochka-Bochka-Baliqcha holatini bir necha bor takrorlash;o-a-u-i-e tovushlarini “ kuylash.”
- Til mashqlari: “Quymoq”,“Ninacha”, “Ariqcha”, “Kosacha”, “Qo’ziqorin”, “Arg’imchoq”, “Soatcha”, “Mushukcha”.
- Ovoz va nafas mashqlari: lunjlarni bir vaqtda va galma-gal ishirish, lablarni trubochka holatiga keltirib uzun va bir tekis nafas chiqarish, labni kemacha holatiga keltirib nafas chiqarish, “Fokus”mashqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |