IV. Jismoniy daqiqa. She’rga mos harakat qilinadi.
O’ng qo’limda besh barmoq
Chap qo’limda besh barmoq
Ikkalasi o’n barmoq
Ikkalasi do’st barmoq
V. Mavzuni mustahkamlash
1) Fonematik idrokni rivojlantirish:
- Hozir men senga turli tovushlarni aytaman, sen esa faqatgina “Z” tovushini eshitganingda chapak chalasan: u, z, n, g, z, sh, z, p, s, j, z, u, z, ch, x, b.
- Endi men turli hil bo’g’inlar aytaman, sen esa “Z” tovushi ishtirokidagi bo’ginlarni eshitganingda chapak chalasan: zo, no, zu, su, ro, la, za, sa, zu, zi,qa, nu, zo’, ku, si,za.
(bolani “Z” tovushini talaffuzidagi lab va tilini holatiga hamda unli tovushlar talaffuzida ularni o’zgarishiga e’tibor beriladi)
Do'stlaringiz bilan baham: |