VI. Faoliyatni yakunlash
1) Uyga vazifa berish: “j” harfini qizil rangga bo’yash.
2) Faoliyatga xulosa qilish: Bugun biz sizlar bilan “j” tovushini to’g’ri talaffuz qilishni o’rgandik hamda “j” harfi bilan tanishdik.
3) Baholash va rag’batlantirish.
Sana__________________
Ta’limiy faoliyat : Nutqni rivojlantirish
Mavzu: “ Z z” tovushi va xarfi bilan tanishtirish va to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish.
Ta’limiy maqsad: “Z” tovushini to’g’ri talaffuzini shakllantirish, mazkur tovushni hosil qilish mexanizmi va uning akustik hususiyatlari bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad: Bolani mashg’ulot davomida intizom saqlash, ko’rsatmalarni to’g’ri bajarish ko’nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash. O’z nutqini nazorat qilishni tarbiyalash.
Korreksion maqsad:Artikulyasion apparat va barmoqlar motorikasini rivojlantirish. To’g’ri nutqiy nafas, kinestetik sezgilarni shakllantirish. Fonematik idrok, so’zlarni tovush-harf analizini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |