Quritish murakkab issiqlik massa almashinish jarayoni hisoblanib, u o‘simlik mahsulotlari xom-ashyosidan tayyorlangan mahsulotlarni samarali saqlash imkonini beruvchi qayta ishlash usullaridan biri hisoblanadi


Mevalarning energetik qimmati, 100 g yeyiladigan qismi uchun kJ hisobida



Download 174,44 Kb.
bet25/58
Sana18.07.2022
Hajmi174,44 Kb.
#819303
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
Ma\'ruzalar kursi Quritish(tayyor)

Mevalarning energetik qimmati, 100 g yeyiladigan qismi uchun kJ hisobida.(A.A. Kudryasheva ma‘lumoti)

Mevalar

Energetik qimmati

Mevalar

Energetik qimmati

Mevalar

Energetik qimmagi

Olma

192

Uzum

289

Limon

130

Nok

176

Smorodina




Mandarin

159

Behi

159

qora

167

Anor

218

Urik

192

Oq

163

Anjir

234

Shaftoli

184

qizil

159

Yapon xurmosi

259

Olcha

205

Qulupnay

172

Ananas

201

Gilos

218

Malina

172

Banan

381

Olxuri

180

Apelsin

159







Oshlovchi moddalarning oqsillar bilan birikib, suvda erimaydigan cho’kma hosil qilish xossasi vino va meva sharbatlari tayyorlashda foydalaniladi.
Meva va uzumlarning pishib yetilishi bilan oshlovchi moddalarning miqdori kamayadi, bu esa ularning taxirligini kamaytiradi.
Umumiy vaznga nisbatan olmada 0,025–0,270, olchada 0,030–0,360, gilosda 0,025–0,212, shaftolida 0,018–0,290, behida 0,060–0,612, o’rikda 0,020–0,100, nokda 0,015–0,170, olxo’rida 0,036–0,500, uzumda 0,300–1, anorda (po’stida) 28,0% gacha oshlovchi va bo’yoq moddalar borligi ma‘lum.
Meva va uzumlarda azotli moddalar–oqsillar, aminokislotalar, amidlar, ayrim glyukozidlar, ammiak hosilalari va azot kislota tuzlari uchraydi. Azotli birikmalar mevalarning umumiy vazniga ko’ra urug’li mevalarda 0,20–1,20, danakli mevalarda 0,40–1,30 uzumda 0,015–0,90, yong’oq mag’zida 8,68–18,90% bo’ladi.
Mevalar tarkibida glyukozidlar va fermentlar ham uchraydi. Shu bilan birga mevalarda juda oz miqdorda efir moylari bo’ladi. Efir moylar mevalarni bakteriyalar va mog’or zamburug’idan himoya qilib turadi. Mevalarning kimyoviy tarkibiga turli xil bo’yoq moddalar – pigmentlar ham kiradi.
11-jadval
O’zbekistonda yetishtiriladigan meva va uzumlarning tarkibidagi shakariing miqdori. % (A.A. Ribakov ma‘lumoti)

Mevalar turi

Shakarning miqdori

Mevalar turi

Shakarning miqdori

Olma

9,6-14,8

Gilos

12,2-14,5

Nok

10,8-12,7

Olxo’ri

9,5-15,0

Behi

9,7-13,7

Anor (shirasida)

14,0-21,0

O’rik

8,4-19,0

Anjir

9,0-30,0

Shaftoli

7,3-12,0

qoqi qilinganda

73,0-75,0

Olcha

8,1-17,5

Zemlyanika

5,5-8,5

Uzum (so’liganida)

40,0-50,0

Malina

5,6-10.7







Jiyda

62,6-69,9

Meva va uzumlarning almashtirib bo’lmaydigan tarkibi qismi vitaminlar hisoblanadi. Meva va uzumlarda asosan C (askorbin kislota), B1 (vitamin), B2 (riboflavin), PP (nikotin kislota) vitaminlari bo’ladi.
C vitamini ko’p mevalarda uchraydi. Ayniqsa tsitrus mevalar va anor tarkibida ko’p bo’ladi. Bu vitaminning miqdori meva va uzumlarni saqlash davrida kamayib, uzoq saqlanganda esa butunlay parchalanib ketadi.
B1 vitamini yongoq, anjir, mayiz, nok, olxo’ri kabi mevada, tarkibida ko’proq miqdorda bo’ladi.
B2 vitamini esa bodom, yong’oq, nok, o’rik, olxo’ri, anor, uzum kabi mevalarda ko’proq uchraydi.
PP vitamini limon, shaftoli, o’rik, yong’oqda ko’p bo’ladi.
Meva va uzumda A provitamini (karotin) ham bor. U o’rik, shaftoli, olcha kabi mevalarda ko’p miqdorda bo’ladi. Bundan tashqari, meva va uzumlarda bir qator boshqa vitaminlar ham uchraydi.
Mevalar va uzumda bir qator mineral moddalar–fosfor, sulfat, borat, silikat kislota va bir qator organik kislotalarning tuzlari shaklida bo’ladi. Umuman olganda mevalarning tarkibida 60 dan ziyod mineral modda borligi ma‘lum.
Urug’li mevalarda 0,33–0,78, danakli mevalarda 0,44–1,16% uzumda esa 0,30–0,50% mineral tuzlar mavjud.
12-jadval
Shaftolining pishish davrida shakar va kislota miqdorining o’zgarishi, % (V. Arasimovich ma‘lumoti)

Aniqlangan kun

Shakar

Kislota

Shakar-kisloga koeffitsienti

11 iyun

5,57

0,61

9,1

24 iyun

7,54

0,58

13,0

10 avgust

8,43

0,51

16,5

Mevalar va uzum tarkibida pishish mobaynida bir qator o’zgarishlar ro’y beradi. Ayniqsa ularning tarkibida shakar miqdori ko’payib, kislota miqdori esa kamaya boradi. Lekin bu o’zgarishlar hamma mevalarda bir xil kechmaydi. Ayrim mevalarda olcha, gilos va tog’olchada kislota miqdori aksincha, ko’payib ketadi. Mevalar pishganda ular tarkibidagi pektin va oshlovchi moddalar kamayadi. Vitaminlar pishish davrida ko’payadi.
Mevalar pishishi bilan ularning urug’lari tarkibida ham o’zgarish bo’ladi. Pishgan mevalarning urug’lari tarkibida suv kamayadi va po’sti qalinlashib, qo’ng’ir yoki jigarrang tusga kiradi.
Meva pishganda kimyoviy tarkibining o’zgarishi uning morfologik va anotomik belgilarining ham o’zgarishiga olib keladi. Janubiy rayonlarda mevalar tarkibida shakar miqdori birmuncha ko’p, organik kislotalar esa kamroq bo’ladi.
13-jadval
Turli zonalarda o’stirilgan o’rik tarkibida shakar va kislota miqdori, %
(V. Arasimovich ma‘lumoti)

Meva yetishtirilgan zona

Shakar

Kislota

O’rta Osiyo

6,8-28,9

0,22-9,50

O’zbekiston

6,8-16,9

0,32-2,63

Armaniston

12,2

0,06

Qrim

4,7

0,17-2,07

Meva va uzumning sifati asosan degustatsiya (tatib ko’rish) yo’li bilan aniqlanadi. Bunda ularning tashqi ko’rinishi, katta-kichikligi, rangi, hidi, etining konsistentsiyasi, kislotaliligi shakar miqdori va mazasi kabi sifat ko’rsatkichlari ham albatta hisobga olinishi lozim.
Sabzavot va poliz mahsulotlarining kimyoviy tarkibi. Sabzavot mahsulotlari tarkibining ko’p qismini suv tashkil qiladi. Shu bilan birga inson uchun zarur bo’lgan vitaminlar, organik kislotalar, mineral tuzlar, xushbo’y moddalar, qisman oqsil va uglevodlar uchraydi.
Turli xil sabzavot va poliz mahsulotlari kimyoviy tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. Shu bilan birga pishib yetilish darajasiga, naviga, yetishtiriladigan zonasiga qarab ularning kimyoviy tarkibi turli xil bo’lishi mumkin.
Uglevodlar. Sabzavot va poliz mahsulotlari quruq moddasining asosiy qismini uglevodlar, kraxmal, shakar, kletchatka hamda pektinli moddalar tashkil qiladi. Ularning ta‘mi, mazasi, yumshoq-qattiqlik darajasi va boshqa bir qator xususiyatlari tarkibidagi uglevodlarning miqdoriga va o’zgarishiga bog’liq. Kraxmal zapas oziq modda bo’lib, kartoshkada eng ko’p, dukkakli sabzavotlarda, sabzi, kechki nav qovunlarda va boshqa o’simlik mahsulotlarida uchraydi. Ko’p sabzavotlar pishishi davrida tarkibidagi kraxmal miqdori kamayib boradi.
Kechki qovun navlari va ba‘zi sabzavot turlari saqlab qo’yilganda shirasi ortib qolishining sababi ular tarkibidagi kraxmalning shakarga aylanishidadir. Kraxmal pishgan qovun tarkibida deyarli uchramaydi. Qovoq tarkibida kraxmal juda ko’p to’planadi.
Lavlagi, qovun, piyoz va sabzi tarkibida saxaroza, tarvuz, bodring, karam va qovoqda glyukoza miqdori ko’p bo’ladi. Karam, pomidor va baqlajonda fruktoza ko’p bo’ladi.
Poliz mahsulotlari farkibidagi moddalarning asosiy qismi uglevodlarga to’g’ri keladi. Uglevodlardan glyukoza, fruktoza va saxaroza kabi eruvchan qand moddasi ko’p uchraydi. Qovun tarkibidagi qand moddasining yarmi saxarozaga to’g’ri keladi.
Z. Koreysha ma‘lumotiga ko’ra qovunning qishki navlarida uzoq vaqt davomida qand moddasi kamaymaydi, ammo monosaxaridlar bilan disaxaridlar o’rtasidagi o’zaro nisbat o’zgarib, saxarozaga ortib ketadi. Ma‘lum vaqtdan keyin esa saqlanayotgan qovunlar tarkibidagi qandning umumiy miqdori sezilarli darajada kamayadi.
Tarvuz to’rt oy saqlanganida undagi qand moddasi 7,6% dan 5,6% gacha kamayganligi kuzatiladi. Poliz mahsulotlarini saqlash mobaynida nafas olish intensivligi yuqori bo’lganligi uchun eruvchan uglevodlar parchalanadi, shu sababli ularning miqdori kamayib ketadi. 14-jadval



Download 174,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish