Quritish jarayonlari, uskunalari va ularni xisoblash reja: Umumiy tushuncha. Quritish protsessining muvozanati



Download 2,63 Mb.
bet33/42
Sana13.05.2022
Hajmi2,63 Mb.
#602950
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
Jarayon va apparatlar 2-14 maruzalar

Nasoslarning turlari
Nasoslar asosan ikki turga: dinamik va hajmiy nasoslarga bo’linadi.
Dinamik nasoslarda suyuqlik tashqi kuch ta’sirida harakatga keltiriladi. Nasos ichidagi suyuqlik nasosga kirish va undan chiqish quvurlari bilan uzluksiz bog’langan bo’ladi. Suyuqlikka ta’sir qiladigan kuchning turiga ko’ra, dinamik nasoslar parrakli va ishqalanish kuchi yordamida ishlaydigan nasoslarga bo’linadi.
Parrakli nasoslar o’z navbatida markazdan qochma va o’qli (propellerli) nasoslarga bo’linadi. Markazdan qochma nasoslarda suyuqlik ish g’ildiraklarning markazidan uning chetiga qarab harakat qilsa, o’qli (propellerli) nasoslarda suyuqlik g’ildirakning o’qi yo’nalishida harakat qiladi.
Ishqalanish kuchiga asoslangan nasoslar ikki xil (uyurmaviy va oqimli) bo’ladi. Uyurmaviy va oqimli nasoslarda suyuqlik asosan ishqalanish kuchi ta’sirida harakatga keladi.
Hajmiy nasoslarning ishlash printsipi suyuqlikning ma’lum bir hajmini yopiq kameradan itarib chiqarishga asoslangan. Hajmiy nasoslar jumlasiga porshenli, plunjerli, diafragmali, shesternyali, plastinali va vintsimon nasoslar kiradi.
Yuqorida aytib o’tilgandek xajmiy nasoslarda suyuqlik so’rish quvuri orqali berilgan xajmga so’rib olinadi, bu vaqtda klapin xaydash quvurini berkitadi yoki so’rish quvuriga suyuqlik kirmaydi, qo’shilgan xajm suyuqlikka to’lgandan so’ng so’rish quvuridagi klapin bilan, xaydash quvuridagi klapin yopiladi va suyuqlik xaydash quvuriga uzatib bo’lingandan so’ng jarayon qaytadan boshlanadi, ya’ni so’rish quvuridagi klapin bilan suyuqlik xajmga so’rib olinadi va x.z. bunday jarayon asosan porshinli va plunjerli nasoslarda kuzatiladi va SI birlik tizimida m3/s da o’lchanadi.


Nasosning asosiy parametrlari
Nasoslarning asosiy parametrlari ish unumdorligi, bosim va quvvat kabi kattaliklar bilan belgilanadi.
Nasosning vaqt birligi ichida uzatib beradigan suyuqlik miqdori ish unumdorligi (yoki sarfi) deyiladi va SI birliklar tizimida sarf m3/s - da o’lchanadi. (Q, m3/s).
Nasosning massa birligiga ega bo’lgan suyuqlikka bergan solishtirma energiyasi bosim deb yuritiladi va u SI birliklari tizimida n/m2 yoki metr suv ustunida o’lchanadi.(N, n/m2 yoki metr suv ustuni). Nasosning bosimi oqimning nasosga kirish va chiqishdagi solishtirma energiyalari ayirmasiga teng.
Suyuqlikka energiya berish uchun sarflangan nasosning foydali quvvati Nf suyuqlik sarfi miqdori γ · Q ning solishtirma energiyaga ko’paytirilganiga teng:
; (6.1)

Nasosning o’qidagi quvvati foydali quvvatdan kattaroq bo’ladi, chunki nasosda energiyaning bir qismi yo’qoladi. Energiyaning yo’qolishi nasosning foydali ish koeffitsienti (FIK) ηn bilan belgilanadi. Demak, nasosning o’qidagi quvvat quyidagi tenglama bilan topiladi:




; (6.2)

Foydali ish koeffitsienti ηn nasosdagi quvvatning nisbiy yo’qolishini, nasosning mukammalligini va uni ishlatishning arzonligini ifodalaydi hamda quyidagi ko’paytma orqali topiladi:




; (6.3)

bu yerda ηv – hajmiy FIK; ηr – gidravlik FIK; ηm – mexanik FIK.


Hajmiy FIK nasosning xaqiqiy ish unumdorligining nazariy ish unumdorligiga nisbatiga teng bo’lib, nasos konstruktsiyasining zich bo’lmagan joylaridan sizib chiqqan suyuqlikning miqdorini belgilaydi.
Gidravlik FIK suyuqlikning nasosdan o’tishida gidravlik va mahalliy qarshiliklarni yengish uchun sarf bo’lgan bosimning yo’qolishini ifodalaydi.
Mexanik FIK nasos mexanizmlaridagi ishqalanishni yengishga sarflangan quvvatning yo’qolishini belgilaydi.
Dvigatelь iste’mol qiladigan quvvat (yoki dvigatelning nominal quvvati) nasos o’qidagi quvvatdan ortiqroq bo’ladi, chunki quvvatning bir qismi elektr dvigatelning o’qida va elektr dvigateldan mexanik energiya nasosga berilayotganda sarf bo’ladi, ya’ni:


; (6.4)

Ko’paytma ηn ηu ηDV nasos qurilmasining to’la FIK deb yuritiladi va η bilan belgilanadi.


Nasos qurilmalarini o’rganish uchun zarur bo’lgan quvvat quyidagiga teng:
; (6.4a)

bu yerda β – quvvatning zahira koeffitsienti, bu koeffitsientning qiymati dvigatelning nominal quvvatiga qarab belgilanadi. Uning qiymati 4.1. jadvalda keltirilgan.


4.1-jadval

Ngv kVt

1 dan kam

1-5

5-50

50 dan ko’p

β

2-1,5

1,5-1,2

1,2-1,15

1,1


Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish