Kuchlanishning o'rtacha to'g'rilangan qiymatini o'zgartgich. O'rtacha to'g'rilangan qiymatni o'zgartgich — bu o'zgarmas kuchlanishni o'lchanayotgan kuchlanishning o'rtacha to'g'rilangan qiymatiga proporsional tokka o'zgartgichdir. Ko'pincha, bunday o'zgartgich magnitoelektrik asbob bilan biriktirilgan ikki yarim davrli to'g'rilagich bo'Iib, u bir vaqtda ikki vazifani bajaradi — o'lchanayotgan kattalikni ko'rsatishlarga o'zgartiradi va o'rtacha to’g'riiangan kuchlanish ta'rifi
ga muvofiq ravishda o'rtachalash operatsiyasini bajaradi. Ko'prikli sxema eng ko'p tarqalgan (2.12-rasm). Kirishdagi o'zgaruvchan kuchlanishning musbat yarirn davrida tok D1 , diod orqali, ko'prikning rezistor va magnitoelektrik tizimli strelkali asbobni o'z ichiga olgan diagonali orqali, keyin D3 diod orqali oqadi. Manfiy yarimto'lqinda D1 va D2, diodlar yopiladi va tok pastki kirish qisqichidan diod D4 , ko'prik diagonali (o'sha yo'na- lishda), diod D2 yuqori kirish qisqichi orqali oqadi. Shunday qilib, o'zgaruvchan kuchlanishni o'zgarmas pulslanuvchi kuchlanishga o'zgartirish amal- ga oshiriladi. O'rtalashtirish ope- ratsiyasi magnitoelektrik tizimli asbobning inersion xossalari hisobiga amalga oshiriladi, bu asbobning uning ramkasi orqali oqayotgaa okning o'rtacha qiymatini pavqashi ко'rib o'tilgan edi.
2.13-rasmda kirishga garmonik signal berilganida to'g'rilangan kuchlanish va uning o'rtacha to'g'rilangan qiymati ko'rsatilgan.
Shuni qayd etish kcrakki, mikroampermetr shkalasining og'ishi o'zgartgichga kcladigan kuchlanishning o'rtacha to'g'rilangan qiymatiga, faqat diodlar xarakteristikasining chiziqli uchastkalaridan foydalanilgandagina proporsionaldir. 2.10- va 2.11-rasmlarcla tasvirlangan grafiklar ideallashtirilgandir. Aslida esa diod volt-amper xarakteristikasiningtikasining boshlang'ich uchastkasi chiziqli emas va birinchi yaqinlashishda parabola bilan aproksimatsiyalanishi mumkin. Biroq kirish kuchlanishi yetarlicha katta bo'lganida (ayniqsa, agar krem- niyli dioddan foydalanilayotgan bo'lsa), boshlang'ich uchastka egriligini hisobga olmaslik va voltamper xarakteristikani siniq to'g'ri chiziq bilan approksimatsiyalash mumkin. Bu aylilgan fikrlardan kelib chiqadigan xulosa shuki, agar voltmetr kichik signallarni o'lchash uchun loyihalanayotgan bo'lsa, u holda o'zgartgich oldida albatta kuchaytirgich turishi shart. Bu shart bajarilganida kirish kuchlanishi va o'rtacha to'g'rilangan qiymat orasidagi chiziqli bog'lanish o'zgarmas kuchlanish har qanday shaklda bo'lganida ham o'rinli bo'ladi.
O'rtacha to'g'rilangan qiymatni o'zgartgichli voltmetrlarga misol sifatida B3-10A, B3-28,B3-44 asboblarini va ГЗ-ЗЗ past chastotali generatorli voltmetrni va boshqalarni ko'rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |