Ossillografik metodni chiziqli, sinusoidal va doiraviy yoyish usullari bilan amalga oshirish mumkin. Birinchi ikki usul eng ko'p tarqalganligi sababli, ularni ko'rib chiqish bilan chegaralanamiz.
C hiziqli yoyish usuli ikki nurli yoki ikki kanalli ossillograf tomonidan amalga oshirilib, uning vertikal og'dirish kanaliga u1 = U1 sin(ωt + φ1) kuchlanish, gorizontal og'dirish kanaliga esa u2 = U2 sin(ωt + φ2) kuchlanish beriladi.
Ossillografning yoyish generatori ulangan bo'ladi. Ikkala kuchlanish tenglashliritganidan so'ng ossillogramma 1.1-rasmda ko'rsatilgan ko'rinishga ega bo'ladi. Fazaviy siljishni (1) formula bo'yieha T va ∆T1 ga mos kesmalarning o'lchangan uzunliklari l va∆ l ni qo'yib hisoblanadi.
Sinusoidal yoyish usuli bir nurli ossillograf bilan amalga oshiriladi. Vertikal og'dirish kanaliga uy = Uy sin(ωt + φ) va kuchlanish, gorizontal og'dirish kanaliga ux = Uxsinωt kuchlanish beriladi; yoyish generatori uzib qo'yilgan. Ossillograf ekranida ellips shaklidagi ossillogramma (1.2 rasm) paydo bo'ladi, uning tenglamasi
ko'rinishga ega, bu yerda A va В — mos ravishda vertikal va gorizontal bo'yieha maksimal og'ishlar, x = 0 deb olsak, vertikal kesma y0= Bsinφ ni, y = 0 deb olsak, gorizontal kesma x0 = Asinφ ni hosil qilamiz. Bu yerdan sinφ = ±y0/B = ±x0/A. O'lchashlar oldidan vertikal va gorizontal bo'yieha og'ishlarni tenglab olinsa, quiay bo'ladi: A = B, u holda y0=x0 . Fazaviy siljishni hisoblash uchun ossillogramma bo'yieha koordinata o'qlarida kesiladigan 2x0 yoki 2y0 kesmani ellipsga ichki chizilgan to'g'ri to'rtbur- chakning tomoni 2A yoki 2В ni o'lehab olinadi:
у - ±arcsin(2y0 /2B) = ±arcsin(2x0/2yA). (3)
Sinusoidal yoyish usuli fazaviy siljishni bir qiymatli aniqlash imkonini bermaydi. Ellips o'qlari koordinata o'qlari bilan ustma- ust tushganida φ fazaviy siljish 90° yoki 270° ga teng bo'ladi. Agar ellipsning katta o'qi birinchi va uchinchi kvadrantlarda joylashgan bo'lsa, u holda fazaviy siljish 0° < φ < 90° yoki 270" < φ < 360°, agar ikkinchi va to'rtinchi kvadrantlarda joylashgan bo'lsa, 90° < φ < 180° yoki 180° < φ < 270° bo'ladi. Bir qiymatli emaslikni bartaraf etish uchun qo'shimcha 90° li siljishni kiritish lozim va ossillogramma ko'rinishining o'zgarishi bo'yieha haqiqiy fazaviysiljishni oson aniqlash mumkin. Masalan, 30 yoki 330° ga teng cp ni hosil qilgan boiaylik. Qo'shimcha +90° ni kiritaylik. Agar ossillogramma o'sha kvadrantlar ichida qolsa, φ = 330°, agar ikkinchi va to'rtinchi kvandrantlarga ko'chsa, u holda φ = 30°.
Ossillografik metodda hech qanday qo'shimcha asboblar talab etilmaydi va g'oyasi ham sodda. Biroq u bilvosita metod boiib, chiziqli o'lchashlami va hisoblashlarni talab etadi, bu esa ancha katta xatoliklaiga olib keladi. Umumiy xatolik ushbu tasodifiy xatoliklar: kesmalarning uzunliklarini o'lchash; nur izini masshtab to'ri bilan va ossillograf ekranidagi yorug' dog' diametrining oxirgi qiymatini ustma-ust tushirish hamda sistematik xatoliklar: asbo- biy va metodik xatoliklardan qo'shilib hosil bo'ladi. Metodik xatolik tadqiq qilinayotgan kuchlanishlarda garmonikalaming mavjudligi bilan bog'liqdir.
Kesmalarni o'lchash xatoligini nurni kichik yorqinlikda puxta fokuslash va masshtab to'ri ekranining ichki sirtiga chizilgan ENT li ossillografdan foydalanib kamaytirish mumkin. Bitta kuchlanishning o'zini ossillografning ikkala kirishiga berib, ossillograf kanallarida fazaviy siljishni oson topish mumkin. Fazaviy siljish yo'q bo'lganida ekranda to'g'ri chiziq paydo bo'ladi. Agar ellips paydo bo'lsa, u holda fazaviy siljish qiymatini (3) formula bo'yicha o'lchash va o'lchash natijasiga tegishli tuzatmani kiritish lozim. Agar tuzatmani aniq topishning iloji bo'lmasa, u holda xatolikni kompensatsiyalash usuli bilan yo'qotish mumkin. Buning uchun quyidagi ikki o'lchashni o'tkazish lozim:
birinchi o'lchash odatdagicha bajariladi, ikkinchi o'lchashni esa o'lchanayotgan kuchlanishlarni ossillograflarni qarama- qarshi kirishlariga berib o'tkaziladi. Birinchi o'lchash natijasida φ1 = φ2 + ∆φ ni hosil qilamiz, bu yerda ∆φ — ossillograf kanallaridagi noma'lum fazaviy siljish. Ikkinchi o'lchash natijasida φ2 = (360° — φ) + ∆φ ni olamiz. φ2 — φ1 = 360° — 2φ dan izlanayotgan fazaviy siljish
φ = 180° — [(φ2 - φ1)/2]
ni hosil qilamiz.
Ossillografik indikatsiyalashli kompensatsion metod bir nurli ossillograf, namunali φn va yordamchi φyo fazaaylantirgichlardan iborat o'lchash qurilmasi (1.3-rasm) orqali amalga oshiriladi Dastlab qurilmadagi xususiy fazaviy siljishni bartaraf etiladi. Buning uchun kalit K ni yopiladi va u1 kuchlanishni ossillografning ikkala kirishiga beriladi. Namunali fazaaylantirgich shkalasining ko'rsatkichi nolga keltiriladi, yordamchi fazaaylantirgich esa ossillograf ekranida to'g'ri chiziq hosil bo'lguniga qadar rostlanadi.
Bunda yordamchi fazaaylantirgich tomonidan o'lchash qurilmasining xususiy fazaviy siljishi kompensatsiyalanadi. Yaxshi kompensatsiyalash uchun ossillograf ikkala kanalining kuchaytirilishi maksimum qilib o'matiladi. Bunda ossillogramma ekran tashqarisiga chiqadi, biroq bu muhim emas. So'ngra kalit uziladi va u1 kuchlanishni Y kanalga, u2 kuchlanishni esa X kanalga beriladi, ekranda ellips yoki uning markaziy qismi ikki parallel chiziq ko'rinishida paydo bo'ladi. Fazaaylantirgichni rostlash bilan bu chiziqlarning bitta to'g'ri chiziq bo'lib qo*shilib ketishiga, ya'ni umumiy nol fazaviy siljishga erishiladi.
u1 va u2 kuchlanishlar orasidagi fazaviy siljishning qiymati namunaviy fazaaylantirgich shkalasining ko'rsatishi bo'yieha quyidagicha aniqlanadi. Agar u1 kuchlanish faza bo'yicha u2 kuchlanishdan ilgari ketsa, u holda fazaaylantirgich shkalasi ko'rsatishi fazaviy siljishga teng: φ = φn . Agar u1 kuchlanish orqada qoladigan bo'lsa, u holda φ = 360° — φn.
O'lchash xatoligi asosan namunali fazaaylantirgich shkalasining darajalanishi xatoligi bo'yieha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |